O’zbekistonda Islom moliyaviy instrumentlaridan foydalanish orqali korporativ sektorni rivojlantirish istiqbollari
Download 273.56 Kb. Pdf ko'rish
|
o-zbekistonda-islom-moliyaviy-instrumentlaridan-foydalanish-orqali-korporativ-sektorni-rivojlantirish-istiqbollari
6
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020 yil 29 dekabr. "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF) January 2023 / Volume 4 Issue 1 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 1015 maqsadga muvofiq. Kengashning ishchi organi sifatida quyidagi asosiy vazifalari bilan shug‘ullanuvchi nodavlat tashkilot shaklidagi Islom bank-moliya tizimini rivojlantirish fondi tashkil etish: – O‘zbekistonda islom bank-moliya infratuzilmasini shakllantirish va rivojlantirish istiqbollarini o‘rganish va shu masala yuzasidan Kengashga takliflar taqdim etish va kerakli tashkiliy ishlarni amalga oshirish; – islom moliya tizimini shakllantirish va rivojlantirish uchun turli manbalardan (jumladan xususiy tarmoqdan) moliyaviy mablag‘lar jalb qilish (bunda moliya mablag‘larini faqat shaffoflik siyosati talablariga javob beradigan manbalardangina jalb qilish asosiy mezon bo‘lishi shart); – kelajakda O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritadigan barcha turdagi islom moliya muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish (Markaziy bank yoki boshqa davlat idora va tashkilotlarining vakolat va vazifalarini takrorlamagan holda); – muntazam ravishda islom bank-moliya tizimi buyicha tijorat banklari xodimlari uchun xorijdan sohaning yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilgan holda maxsus o‘quv kurslari tashkil etish; – islom bank-moliya tizimi yaxshi rivojlangan chet davlatlarida (masalan Malayziya va Buyuk Britaniyada) maxsus trening va seminarlar tashkil qilish; – O‘zbekiston tijorat banklari, lizing va investitsion kompaniyalari xodimlari uchun dunyoning yetakchi islom banklari, lizing va investitsion kompaniyalarida amaliyotlar (internship) tashkil qilish; – xalqaro nufuzga ega olim va mutaxassislarning kitoblarini o‘zbek va rus tillariga o‘girish, ular asosida islom bank-moliya tizimi bo‘yicha qo‘llanmalar tayyorlash va chop etish; – aholining moliyaviy savodxonligini, shu jumladan islom moliya tizimi sohasidagi tushuncha va bilimlarini shakllantirish va oshirish borasida amaliy ishlar olib borish, jumladan ilmiy-ommabop maqola va kitoblar tayyorlash va chop etish, radio, televideniye va internetda shu mavzuda maxsus eshittirish va ko‘rsatuvlar tashkil qilish, ijtimoiy tarmoqlar orqali turli tanlovlar o‘tkazish va h.k.z. Xulosa O‘zbekistonda xalqaro islom tashkilotlari, ilmiy hamjamiyat, ta’lim muassasalari, islom bank-moliya muassasa va guruhlari o‘zlarining tor milliy doirasidan tashqariga chiqishi va islom moliyasini muvaffaqiyatli joriy qilgan davlatlar tajribasini aholi va milliy muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar, moliya bozori ishtirokchilari va amaldorlar orasida keng targ‘ib qilishi va shu orqali islom moliyasi mohiyatini qabul qilish va tushunib yetish darajasini oshirishi zarur. Islom moliyasi xizmatlari joriy etilgan davlatlarda samarali va mutadil ishlab kelmoqda. Islom bankchiligini tashkil etish orqali ko‘pchilik qismi musulmon bo‘lgan davlatda, samarali faoliyat yuritish va davlat "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF) January 2023 / Volume 4 Issue 1 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 1016 iqtisodiyotiga sezilarli darajada ta’sir etishi mumkin. O‘zbekistonda islom moliyasini tashkil etish bo‘yicha quyidagilar yechim bo‘lishi mumkin: – avvalo mamlakatimizda alohida markaziy islom bankini tashkil etish; – mukammal bo‘lgan huquqiy-asosiy bazani yaratish bo‘yicha ommaviy muhokamaga quyish; – islom banklarida shar’iy kengashlarni va turli xalqaro muvofiqlashtiruvchi markazlar (idoralar) tashkil qilish; – islom bank-moliya tizimini joriy etgan va islom moliyasi rivojlanishi uchun mustahkam asos yaratgan mamlakatlarning muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar bilan keng ko‘lamdagi sherikchilik aloqalarini bog‘lash. Har bir yaratilayotgan yangilikni nazorat qilish orqali uni muvofiqlashtirib turiladi. Ya’ni O‘zbekistonda markaziy islom bankini tashkil etish orqali uni tartibga solish, muvofiqlashtirish va samarali faoliyat yuritishda ko‘makchi bo‘lib turmog‘i darkor. Mazkaziy tashkilotda nafaqat ichki balki, tashqi aloqa qilish orqali sohada yuzaga kelayotgan muammolarga yechim topilishi va yangiliklarni joriy etilishi orqali soha rivojida muhim qadam bo‘lishi mumkin. Shar’iyat kengashini tashkil etish orqali halol va to‘g‘ri bitimlar bo‘layotgani, yangi sheriklar bilan tushuntirish ishlarini olib borish samarali yechim bo‘ladi. Muammolarni anglab yetish va tan olish samarali yechimlar topish yo‘lida boshlang‘ich nuqta hisoblanadi. Bu esa tizimning o‘zi va uning barcha “tarkibiy qismlarini” sog‘lomlashtiradi. Agar yuqorida aytib o‘tilgan muammolarning hech hal qilishsa, bu - tizimning rivojlanishi va yuksalishida ulkan qadam tashlangan bo‘ladi. Download 273.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling