O`zbekistonda kartografiya va uni rivojlantirish istiqbollari


Download 56.66 Kb.
bet2/10
Sana16.06.2023
Hajmi56.66 Kb.
#1511940
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kkk

Kirish


So’zimiz avvalida shuni aytamizki kartografiya so’zi ya’ni Karta termini yunoncha, xartes so’zodan olingan bo’lib papirus qog’oz degan manoni bildiradi Kartadan qaramasdan turib, uni mushohada qilmasdan istalgan holatda hududlarning qisqacha obzorini olish mumkin emas. Karta geovazoviy ma’lumotlar, ya’ni obyektlar yoki hodisalarning bir-biriga nisbatan to’g’ri nisbatdagi Yerda joylashgan o’rni haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Kartani tasvirlangan hududga nisbatan ko’plab savollarga (punktlar orasidagi masofa, punktlarning bir-biriga nisbatan o’rni, zonalar yoki tabiiy tizimlarning tarqalishi kabilar) javob beruvchi geovazoviy axborot tizimi sifatida qarash mumkin. Ularga javoblar klaviatura yoki ayrim fayllarni yuklashga ehtiyojsiz, ko’p vaqtsiz bevosita karta tasviridan o’qib olinishi mumkin.1 Karta – Yer yuzasini, boshqa osmon jismlarini yoki kosmik fazoni matematik aniq belgilangan, kichraytirilgan, umumlashtirilgan tasviri bo‘lib, u qabul qilingan shartli belgilar sistemasida ularda joylashgan obyektlarni ko‘rsatadi. Geografik karta - Yerni yoki uni biror qismini Yerning egriligini hisobga olib, ma‘lum matematik qoidalar asosida biroz o‘zgartirib, kichraytirib, umumlashtirib qog‘ozga (tekislikka) tushirilgan tasviri (proektsiyasi) bo‘lib, u qabul qilingan shartli belgilar sistemasida unda joylashgan obyektlarni geografik o‘rnini, joylanishini, holatini, vaqt mobaynida o‘zgarishini, shuningdek ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ko‘rsatadi (1-rasm). Geografik karta tuzish va undan to‘la foydalanish uchun uning xususiyatlarini bilish zarur. Shuning uchun ham karta tuzishda va undan foydalanishda tahliliy yo‘ldan foydalaniladi. Kartaning har bir elementini alohida o‘rganilishida elementlarning vazifasi, ahamiyati va ular orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni bilish kerak. Kartografik tasvir geografik kartaning negizidir, unda tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy voqea va hodisalar to‘g‘risida yetarli darajada ma‘lumot berilib, ularning tarqalishi, holati, o‘zaro aloqasi va rivojlanishi tasvirlanadi. Bu ma‘lumotlar geografik kartaning asosini tashkil qiladi. Kartaning mazmuni bir qancha geografik elementlardan tashkil topgan.


Download 56.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling