O’zbekistonda kimyoning rivojlanishi


Shuning uchun moddalarning kimyoviy va fizikaviy xossalarini o‘rganish kimyo fanining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi


Download 52.16 Kb.
bet2/4
Sana24.06.2023
Hajmi52.16 Kb.
#1652937
1   2   3   4
Bog'liq
O\'zbekistonda kimyo rivojlanishi

Shuning uchun moddalarning kimyoviy va fizikaviy xossalarini o‘rganish kimyo fanining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Siz kelajakda biror soha mutaxassisi bo‘lib yetishishingiz uchun albatta dastlabki kimyoviy bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashingiz zarur. Chunki, iqtisodchi-tadbirkor, san’atkor, dehqon-fermer, ishchi yoki olim, shifokor va huquqshunos, quruvchi va muhandis, umuman, barcha kasb egalari o‘z faoliyatlari davomida moddalar va ulardan tayyorlangan turli xildagi mahsulotlar hamda kimyoviy jarayonlar bilan bevosita muloqotda bo‘ladilar.
Kimyoviy moddalar va ulardagi o‘zgarishlardan insoniyat o‘z ehtiyojlari uchun qadimdan foydalanib kelgan. Хitoyda, Misrda, Markaziy Osiyoda qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda, turli xil bo‘yoqlar ishlab chiqarishda, me’moriy obidalarni barpo etishda, kiyim-kechaklar tayyorlashda kimyoviy moddalar va hodisalardan keng foydalanganlar.
Jahonga tanilgan buyuk ajdodlarimiz Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo ar-Roziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino VIII-X asrlardayoq o‘zlarining ilmiy asarlarida kimyoviy moddalardan turmush ehtiyojlarida va turli xil xastaliklarni davolashda foydalanish yo‘llari haqida dastlabki qimmatli ma’lumotlarni keltirganlar.
Abu Ali ibn Sino dorivor moddalarni ma’lum tarkibda bo‘lishini ta’riflash orqali tarkibning doimiylik qonuniga, ularni sodda va murakkab dorilarga toifalash orqali atom-molekulyar ta’limotning dastlabki tushunchalarini shakllanishiga asos solganligi yurtimizda kimyoviy bilimlar bilan shug‘ullanish tarixi chuqur ildizlarga ega ekanligidan dalolat beradi.
O‘rta asrlarga kelib, Yevropadagi rivojlanish kimyo sohasida ham o‘z aksini topdi. XVII asrda nemis olimi G.Shtal flogiston nazariyasini, XVIII asrda rus olimi M.Lomonosov moddalar haqidagi element va korpuskulalar to‘g‘risidagi fikrlarini bayon qilish orqali, atom-molekulyar ta’limot to‘g‘risidagi tushunchalarni rivojlantirdi. Fransuz olimi A.Lavuze yonish va oksidlanish jarayonlari haqida ilmiy nazariyalarni yaratgan. Ingliz olimi J.Dalton o‘z tajribalariga asoslanib, atomistik nazariya asoslarini bayon etgan bo‘lsa, 1869-yilda rus olimi D.Mendeleyev tomonidan o‘sha davrgacha ma’lum bo‘lgan kimyoviy elementlarni sinflash muvaffaqiyatli amalga oshirilib, elementlar Davriy jadvali yaratildi. Shu davrda rus olimi A.Butlerov organik moddalarning tuzilish nazariyasi asoslarini bayon etdi. Kimyo fani rivojiga G.Devi, N.Bor, M.Svet, Franklend, A.Kekule, Markovnikov, M.Faradey, Vyurs, Gey-Lyussak, S.Arrenius, E.Rezerford, M.Skladovskaya-Kyuri, P.Kyuri, Zelinskiy, Zinin, Kucherov, Favorskiy, Shorigin, N.Semyonov, A.N.Nesmeyanov, N.S.Kochetkova, V.A.Sergeev, I.A.Azerbayev, O.S.Sodiqov, S.Yu.Yunusov, H.U.Usmonov, M.N.Nabiyev, Х.N.Oripov va boshqa jahonga tanilgan olimlar o‘z xissalarini qo‘shdilar.

Download 52.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling