O'zbekistonda korrupsiyaga oid qonunlar va qarorlar tasnifi korrupsiyaga qarshi kurashning ahamiyati reja
IV. Komissiya ishini tashkil etish
Download 218.5 Kb.
|
O\'ZBEKISTONDA KORRUPSIYAGA OID QONUNLAR VA QARORLAR TASNIFI KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHNING AHAMIYATI
IV. Komissiya ishini tashkil etish
7. Komissiyaning shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. 8. Komissiya faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi va o‘z majlislarini zaruratga qarab, ammo chorakda kamida bir marta o‘tkazadi. Komissiyaning qarorlari majlisda qatnashgan komissiya a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lganda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Komissiya qarorlari majlisda ishtirok etgan Komissiya a’zolari tomonidan imzolanadigan, Komissiya raisi yoki uning o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Protokolni imzolashda Komissiya a’zolari alohida fikr bildirish huquqiga ega. 9. Komissiya majlislariga davlat organlari, boshqa tashkilotlar vakillari, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyalar rahbarlari taklif etilishi mumkin. 10. Komissiyaning ishchi organi funksiyasini O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bajaradi. Ishchi organ quyidagilarni amalga oshiradi: Komissiya faoliyatini moddiy-texnika jihatidan ta’minlash; Komissiya ish rejasini ishlab chiqish, uning ijrosini nazorat qilish, shuningdek Komissiyaning kundalik faoliyatini tasdiqlangan rejaga muvofiq tashkil etish; vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda Komissiyaning qabul qilingan qarorlari ijrosini nazorat va monitoring qilish, Komissiya raisiga tegishli axborot va takliflarni kiritish; kelib tushayotgan xat va hujjatlarni ko‘rib chiqish va Komissiya vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan qarorlar tayyorlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasiga korrupsiyaga qarshi kurashishga imkon beradigan chora-tadbirlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlanishini va kiritilishini tashkil etish. Ishchi organ qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin. (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 5-son, 62-modda, 27-son, 608-modda, 37-son, 982-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son) Korrupsiyaga qarshi kurashish – barchamizning ishimiz Insonni qiyin ahvolga tushiradigan, ruhan ezadigan holatlar ichida eng og‘iri adolatsizlik hisoblanadi, deyish mumkin. Uning bir ildizi korrupsiya bilan bog‘liq bo‘lib, bu shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishida ifodalanadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev xalqimiz azaldan yuksak qadrlab keladigan, hamma narsadan ustun qo‘yadigan adolat tuyg‘usini hayotimizda yanada keng qaror toptirish birinchi darajali vazifa ekaniga alohida e’tibor qaratmoqda. Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlanmoqda. 2017-yil 4-yanvardan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni kuchga kirgani korrupsiyaga barham berish uchun barcha asoslarni yaratib berdi. Mazkur qonun ijrosi to‘liq va samarali ta’minlanishi uchun 2017-yil 2-fevralda davlatimiz rahbarining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi. Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat qaror toptirish o‘ta dolzarb masala bo‘lib, garchi uni bajarish doirasida mas’ul idoralar belgilangan bo‘lsa-da, uning to‘laqonli ro‘yobga chiqishi uchun har bir fuqaro o‘zida mas’uliyat his etsa, qo‘yilgan maqsad va muddaolar yechimi paydo bo‘ladi. Har birimiz qayerda, qanday muammoga duch kelsak, uning hal etilishida mas’ul shaxslarning mas’uliyatsizligi yoki ta’magirligiga guvoh bo‘lganda sharoitga bo‘ysunish, indamay ketaverish yoxud chidash o‘rniga bong urishimiz kerak. Mas’uliyatsizlikka, adolatsizlikka nisbatan murosasizlikni o‘zimizdan boshlashimiz darkor. Shunda mudrayotgan mansabdor uyg‘onadi, zimmasida qanday mas’uliyat borligini his etadi. "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi qonunda bizning bu boradagi huquqlarimiz kafolatlangan. Qonunga ko‘ra, jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiyaga oid huquqbuzarlik faktlariga doir murojaatlari to‘liq, xolisona va o‘z vaqtida ko‘rib chiqiladi. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot bergan shaxslarning himoya qilinishi ta’minlanadi. Davlatimiz rahbarining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori asosida "2017-2018-yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturi" tasdiqlandi. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tuzildi. Mazkur komissiya korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarining va boshqa dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etadi. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi va hamkorligini ta’minlaydi. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir choratadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etadi. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga, ularni aniqlashga, ularga chek qo‘yishga, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar samaradorligi oshirilishini ta’minlaydi. Komissiya korrupsiyaning holati va tendensiyalari to‘g‘risidagi axborotni yig‘adi va tahlil etadi. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi. Ushbu sohadagi mavjud tashkiliy-amaliy va huquqiy mexanizmlarning samaradorligini baholash, korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va ushbu sohadagi ishlarni yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlaydi. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshiradi. Bu vazifalar tegishli idoralar va mas’ul shaxslar tomonidan izchil ta’minlanadi. Zero, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qarorlari barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan ijro etilishi majburiydir. Xalqimizning tom ma’nodagi adolat qaror topgan jamiyatda yashashi uchun nafaqat mas’ul shaxslar, balki har bir fuqaro o‘z hissasini qo‘shishi zarur. Bu fuqarolarimizda korrupsiyaga, aniqroq aytganda, har qanday qonunbuzarlikka nisbatan murosasizlik kayfiyati, madaniyati shakllanishiga ham bog‘liq. Chunki har qanday qonunbuzarliklar sodir etilishiga, ko‘payishiga ko‘p hollarda o‘zimizning befarqligimiz, loqaydligimiz sabab bo‘lib kelmoqda. Barchaning yakdilligi, yurt taqdiriga daxldorligi kuchayishi har qanday illatning batamom barham topishiga xizmat qiladi. Korrupsiyaga qarshi kurashishda qanday kamchiliklar bor? Korrupsiya – shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishidir. O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunida ko‘rsatilgan bunday xatti-harakatning sodir etilishi qonuniy asoslarga qurilgan jamiyat muhiti buzilishi, taraqqiyotga to‘siq qo‘yishi bilan xavflidir. Shuning uchun ham korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb ahamiyatga ega. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo, albatta, muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi majlisida shu haqda so‘z yuritildi. Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Toshkent shahar idoralararo komissiyasi rahbarining “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2017-2018-yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi”ning Toshkent shahridagi ijrosi yuzasidan axboroti eshitildi. Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi B.Matmurodov va boshqalar mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganini ta’kidladi. Korrupsiya bilan bog‘liq holatlarning oldini olish, unga yo‘l qo‘ymaslik hamda bunday salbiy illatga qarshi samarali kurash olib borish alohida e’tiborda. Bu boradagi ishlarni tizimli tashkil etish va ijrosini ta’minlashda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi izchil faoliyat yuritmoqda. Bosh prokuraturaning uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i Bahrom Qobilovning aytishicha, aholida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni qaror toptirishga oid targ‘ibot ishlari kuchaytirilgan. Mavzu bo‘yicha tayyorlangan videoroliklar muntazam namoyish qilinayotir. Idora va tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ishlar tanqidiy tahlil qilib borilmoqda. To‘lov intizomini yaxshilash bo‘yicha ko‘rilgan choralar natijasida elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha yuzaga kelgan 7,2 trillion so‘m qarzdorlik undirilgan. – Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish maqsadida huquqiy targ‘ibot tadbirlari muntazam o‘tkazilmoqda, – deydi Toshkent shahar prokurori, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Toshkent shahar idoralararo komissiyasi raisi Sherzod Obloqulov. – “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni”da mahallalarda “Ma’naviyat soatlari” tashkil etilmoqda. Bundan tashqari, adliya, statistika, moliya, soliq, bojxona boshqarmalari va ularning tuman bo‘linmalarida davlat xizmatchilarning odob-axloq qoidalari mazmun-mohiyati keng tushuntirib borilmoqda. Joriy yilning o‘tgan 9 oyida korrupsiya bilan bog‘liq 319 murojaat tushgan bo‘lsa, ularning barchasi qonun doirasida hal etildi. Toshkent shahar prokuraturasi organlari tomonidan uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida ijobiy natijalarga erishilmoqda. Xususan, 2017-yilning 9 oyi davomida qo‘zg‘atilgan va sudga oshirilgan jinoyat ishlari soni o‘tgan yilga nisbatan 26 foizga, javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslar soni esa qariyb 40 foizga kamaydi. Tergov qilingan jinoyat ishlari yakuni bo‘yicha har bir qonunbuzarlik holati yuzasidan tegishli idoralarga taqdimnomalar kiritilib, aniqlangan qonunbuzarlik holatlarini bartaraf qilish choralari ko‘rilmoqda. Majlisda senatorlar qator mutasaddi idora va tashkilotlar tomonidan korrupsiyaga oid Davlat dasturi ijrosini ta’minlash borasida sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotganini qayd etdi. Jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikka to‘laqonli ahamiyat berilmagan. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ijtimoiy so‘rov va tadqiqotlar kamdan-kam o‘tkazilgan. Senat a’zolari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Toshkent shahar prokuraturasining mas’ul xodimlari, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika va Toshkent shahar idoralararo komissiyalarining a’zolari va respublika komissiyasining ekspert guruhi a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashgan majlis yakunida bildirilgan takliflar asosida qo‘mita qarori qabul qilindi. Download 218.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling