O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan transport turlari orasida yetakchi va muhim o‘rinni temir yo‘l transporti egallaydi


Download 16.83 Kb.
Sana15.05.2020
Hajmi16.83 Kb.
#106251
Bog'liq
Кириш


Kirish

O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan transport turlari orasida yetakchi va muhim o‘rinni temir yo‘l transporti egallaydi. Mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalarida, ayniqsa eksport va import munosabatlarida ushbu transport turining ahamiyati beqiyosdir. Temir yo‘l transportining boshqa transport turlariga nisbatan yana bir afzalligi shundan iboratki, bu transport atrof-muhitga kam zarar yetkazadi, uning yuk va yo‘lovchilar tashish qobiliyati juda yuqori bo‘lib, ob-havo injiqliklari bilan bog‘liq emas va muntazam ravishda harakatda bo‘ladi.

Mamlakatimiz temir yo‘l tizimi mustaqil davlatimiz bilan birgalikda katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. O‘tgan chorak asr davomida puxta o‘ylangan, uzoq muddatga mo‘ljallangan strategiya asosida tarmoqni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tashkil etilgan kundan buyon yuk tashish hajmi 2,1 marta, yo‘lovchi tashish hajmi 2 barobar ko‘paygani, temir yo‘llar orqali 1,5 milliard tonna yuk tashilib, 370 million nafar yo‘lovchi o‘z manziliga yetkazildi.

Bugungi kunda 2017—2021-yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan Harakatlar strategiyasi doirasida barcha soha va tarmoqlar singari, temir yo‘l tizimida ham tub islohotlar olib borilmoqda.

Hozirgi vaqtda mamlakatimiz bo‘yicha yuklarning 60 foizdan ziyodi, yo‘lovchilarning esa 75 foizdan ortig‘i temir yo‘l transporti orqali manzillariga yetkazilayotganini inobatga oladigan bo‘lsak, ushbu soha iqtisodiyotimiz rivojida qanday muhim va katta mavqeni egallab turganini yanada chuqurroq his qilamiz.

Tizimdagi sanoat korxonalari davr talabiga mos texnologiyalar bilan jihozlanib, ularda zamonaviy yo‘lovchi va yuk vagonlari ishlab chiqarilmoqda. Bu esa mamlakatimizda tobora rivojlanib borayotgan transport mashinasozligi sohasida ham temiryo‘lchilarimiz o‘zining munosib o‘rnini topganidan dalolat beradi.

Jumladan, birgina “Quyuv-mexanika zavodi” korxonasida harakatlanadigan tarkibni ta’mirlash bazasini rivojlantirish, vagonsozlikni tashkil etish va quyuv korxonasini rekonstruksiya qilishga qaratilgan katta ko‘lamdagi loyihaning amalga oshirilishi natijasida yangi yuk vagonlari, ko‘p tonnali konteynerlar ishlab chiqarilishini kengaytirish va yuk vagonlarini kapital ta’mirlash va qayta tiklash ishlarini yanada jadallashtirish imkoniyati yaratilmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekiston temir yo‘llari transmintaqaviy transport koridorlarining eng muhim bo‘g‘ini sifatida xalqaro temir yo‘llar tashuvi tizimida munosib o‘rin egalladi. Bu borada amalga oshirilgan katta ko‘lamdagi ishlarning barchasi iqtisodiyotimizda yuksak natijalarni qo‘lga kiritishga asos bo‘lmoqda. Temiryo‘lchilarimiz tomonidan istiqlol yillarida 1500 kilometrdan ortiq yangi temir yo‘llarning barpo etilgani, 1800 kilometrlik temir yo‘l liniyalarining elektrlashtirilgani mamlakatimizni modernizatsiya qilishda ulkan qadam bo‘ldi. Eng asosiysi, bu o‘zgarishlar xalqimiz hayotida o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatmoqda.

E’tiborli jihati shundaki, bunday ishlarimiz bugungi kunda ham izchillik bilan davom ettirilmoqda. Jumladan, hozirgi vaqtda Toshkent metropolitenining “Sergeli – Olmazor”, “Do‘stlik – Rohat – Qo‘yliq bozori” yo‘nalishlarida Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan yer usti halqa metro liniyalarini qurish ishlari jadal sur’atlar bilan olib borilayotganidan jamoatchiligimiz yaxshi xabardor.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining ko‘p millatli jamoasi temir yo‘l transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish, takomillashtirish va rekonstruksiya qilish, temir yo‘l orqali yuk va yo‘lovchi tashish xavfsizligini ta’minlash borasida ham salmoqli ishlarni amalga oshirmoqda.

Bu borada yangi temir yo‘llarning foydalanishga topshirilishi mamlakatimiz hududlarining iqtisodiy salohiyatini yanada rivojlantirish, mineral resurslar, neft va gaz, rangli metallar, qurilish materiallari va boshqa xomashyoga boy konlarni kompleks o‘zlashtirish, eng muhimi, ming-minglab yurtdoshlarimizni ish bilan ta’minlash imkonini berayotganini alohida ta’kidlash lozim.

Ispaniyaning “Talgo” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori tezlikda harakatlanadigan “Afrosiyob” elektropoyezdlari poytaxtimizdan Samarqand, Buxoro, Qarshi kabi tarixiy shaharlarimizga qatnamoqda. Bu elektropoyezdlar qisqa muddatda xalqimiz va xorijiy mehmonlarning e’tibori va ishonchini qozondi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan transport sohasidagi xizmat ko‘rsatish darajasi va sifatini oshirish maqsadida harakatlanadigan tarkibni zamonaviy, yuqori samarali lokomotiv va qulay vagonlar bilan ta’minlash va modernizatsiya qilish ishlariga alohida e’tibor berilmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimizda jahon standartlari talablariga javob beradigan 16 ta yangi temir yo‘l vokzali qurildi, 10 ta vokzal qayta qurildi va deyarli barcha stansiyalar xalqaro sifat standartlari talablari darajasidagi yuqori texnologiyalar bilan jihozlandi.

Temir yo‘l transporti kommunikatsiyalari va infratuzilmani rivojlantirish uchun 8 milliard dollardan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi, shundan 2,6 milliard dollari xorijiy investitsiyalardir.

Temiryo‘lchilarimiz yana bir yo‘nalish - ko‘mir sanoatini texnik jihatdan qayta jihozlash, modernizatsiya qilish, kon ishlarining samaradorligini oshirish, resurslarni tejaydigan yangi, progressiv texnologiyalarni joriy etish, aholiga ko‘mir mahsulotlarini yetkazib berish ishlarida ham o‘zlarining yuqori salohiyatini namoyon etmoqdalar.

Temir yo’l transporti mavjud bo’lgandan beri va faoliyati davomida O'zbekiston iqtisodiyotining boshqa tarmoqlari bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Uning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyot ehtiyojlarini qondirish uchun o'z vaqtida yuk va yo'lovchi tashishni ta'minlash hisoblanadi. Bu boradagi ishlar turli ko’rinishlarda amalga oshirilmoqda va O'zbekiston Respublikasi temir yo'l tarmog'ini o'tkazish va tashish imkoniyatlarini maksimal xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan.



Yuk va yo'lovchi tashish shakllantirish, temir yo'ldan foydalanish xarajatlarni optimallashtirish, poezd harakatining xavfsizligini ta’minlash xalqaro shartnomalar doirasida xorijiy sheriklar bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

«OTY» AJ muassasalari ixtiyoriga kelib tushayotgan byudjetdan tashqari mablaglari ularning moliyaviy resurslarini sezilarli darajada kopaytirmoqda. Bu mablag’lar belgilangan tartibda ma’lum maqsadlarga: moddiy bazani rivojlantirishni moliyalashtirishga, ishchilarni ragbatlantirishga, yuqori organlar tomonidan o’rnatilgan boshqa maqsadlarga va o’rnatilgan miqdorlarda ishlatiladi. Ammo, qonun chiqaruvchi organ tomonidan byudjetdan tashqari mablag’lardan foydalanish yo’nalishlari ustidan nazoratni olib borish, ma’lum darajada chsgaralanmagan va bu ularni rivojlanishiga imkoniyat yaratadi va ularni samarali foydalanishga salbiy ta’sir ko’rsatmaydi.

Moliyaviy resurslarni chegaralanganligi sharoitida bor saloxiyatni samarali ishlashiga aloxida e’tibor qaratish va tashqi investitsiyalarni jalb etish uchun imkoniyatlarni yaratish kerak.

.
Download 16.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling