O‘zbekistonda meva-sabzavotlikni rivojlantirish tendensiyalari va istiqbollari


Meva-sabzavot mahsulotlarining eksporti


Download 0.85 Mb.
bet5/6
Sana14.05.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1461512
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O‘zbekistonda meva-sabzavotlikni rivojlantirish tendensiyalari va istiqbollari

Meva-sabzavot mahsulotlarining eksporti
Eksport qilingan ayrim turdagi mahsulotlar to‘g‘risida Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumoti:

Mahsulot nomi

mln. AQSh dollari

2018 yilga nisbatan, %

meva va rezavorlar

658,1

116,1

sabzavotlar

542,4

170,1

qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari

47,9

156,0

Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya va Turkiya davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yil yakunida respublika bo‘yicha ishlab chiqarilgan 19,2 million tonnadan ortiq meva-sabzavot mahsulotlarining 132 turi sof yoki qayta ishlangan holda 69 ta chet mamlakatlariga (1,4 mln. tonnadan ziyod 1,2 mlrd. dollar qiymatiga yaqin) eksport qilinishini hisobga olinsa, masalaning naqadar muhimligi namoyon bo‘ladi. Meva-sabzavotchilik mahsulotlari eksport hajmining oshishiga barra va qayta ishlangan sabzavotlarning 2018 yilga nisbatan mos ravishda 1,8 va 1,6 barobarga oshgani hamda jami meva-sabzavot tarkibida 46,5 % ni tashkil etishi bilan sezilarli ta’sir o‘tkazgan. Mamlakatimizda aprel-may oylarida ko‘kat, pomidor, bodring, gilos va o‘rik mahsulotlari eksportining 60 foizidan ortig‘i ushbu mahsulotlarga to‘g‘ri keladi.
Ta’kidlash joizki, 2019 yil umumiy eksportdagi meva va sabzavotlarning ulushi 6,7% ni tashkil etdi. Meva-sabzavot eksporti qiymatda eng ko‘p Qirg‘iziston Respublikasi hissasiga (jami meva-sabzavot eksportidan 26,7%), natura ko‘rinishida esa Qozog‘istonga eksport hajmi 556,5 ming tonnani tashkil etib Qirg‘iziston Respublikasiga nisbatan 4,4 barobar ko‘pni tashkil etdi (3).

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling