O‘zbekistonda monolit betonni tutgan o‘rni
Download 0.86 Mb.
|
O‘ZBEKISTONDA MONOLIT BETONNI TUTGAN O‘RNI
Afzalliklari nimada?
Ishonchlilik va sifat – monolit uylar uchun deyarli sinonim bo‘lib ulgurgan so‘zlar. Qator afzalliklarga ega bo‘lganligi tufayli, ular sifatli va ishonchli deb ta’riflashga loyiq. Bunday uylarning afzalliklari chindan ham ko‘p, ular orasida quyidagilar ayniqsa ajralib turadi: Mustahkamlik. Shu usulda qurilgan binolar o‘ta bardoshli deb hisoblanadi. Monolit tarzda qurilgan bino nam va shamolni o‘tkazmaydi hamda zilzilalarga bardoshli bo‘ladi. Turli xil dizayn. Qurilishning mazkur turi arxitektorga bo‘lg‘usi binoning shakli va qavatiga nisbatan bor tasavvurini ishga solish imkonini beradi. Masalan, monolit har bir qavatni individual dizayn va turli shakllarda qurishga imkoniyat yaratadi. Panel yoki g‘isht uylarni qurganda, buning iloji yo‘q. Qayta rejalashtirish imkoni. “Monolit uylardagi xonadonlar ichida, xonalar orasida devor bo‘lmaydi, faqat cheklangan miqdorda tayanch ustunlar quriladi. Tabiiyki, bu rejalashtirish yechimlarini ishlab chiqishda ko‘proq erkinlik beradi”, – deydi FDG kompaniyasining qurilish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Mirsalimov Said. Parkent Plaza 3 TJMda, masalan, garderob xonalari va keng zallar qurilishi nazarda tutilgan. Ishlab chiquvchining ta’kidlashicha, majmuadagi xonadonlarda uzun, foydasiz yo‘laklar va ishlatilmaydigan joylar bo‘lmaydi. Parkent Plaza’ning uchinchi bosqichida xonadonlarning maydoni 38,68 dan 126,8 kvadrat metrgacha bo‘ladi. Cho‘kish darajasi past. Bunday qurilishning afzalliklaridan yana bittasi shuki, uylar juda kam cho‘kadi. Bari binoning yaxlitligi tufayli bo‘lib, barcha turdagi qurilishlar orasida monolit uylar cho‘kishga nisbatan eng bardoshli hisoblanadi. Binoning yaxlitligi hisobidan uy bir tekisda cho‘kadi, bunda devorlardagi yoriqlar minimal miqdorda bo‘ladi. Monolit konstruksiya binoning yaxlitligi hisobiga, suv bosishi va qo‘shni xonaga suv o‘tishidan yaxshi himoya qiladi. Qurilish tezligi. Monolit karkasli (sinchli) texnologiya bo‘yicha qurilgan uylar tez qurib bitkaziladi: atigi 18—24 oy va sizning uyingiz kirib yashashga tayyor! Buning sababi shundaki, ko‘pchilik jarayonlar avtomatlashtirilgan va qo‘l mehnatini talab qilmaydi. Bu esa jarayonni tezlashtiradi. Shuning uchun qurilish bosqichida xonadon xarid qilar ekansiz, uzoq vaqt kutishga to‘g‘ri kelishi haqida xavotirlanmasangiz ham bo‘ladi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling