O‘zbekistonda nemis tilini o‘rganuvchi o‘quvchilar o‘rtasida ifodali o‘qish bo‘yicha tanlov


Download 7.86 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.11.2017
Hajmi7.86 Kb.
#20365
background image
2016/ 06-sonli Press-reliz

Тoshkent, 2016 yil 8 noyabr



O‘zbekistonda nemis tilini o‘rganuvchi o‘quvchilar o‘rtasida

ifodali o‘qish bo‘yicha tanlov

Germaniya Federativ Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi 2016  yil  7  noyabr kuni 

Jahon  iqtisodiyoti  va  diplomatiya  universiteti qoshidagi  „Shayxontohur“  akademik  litseyi 

binosida O‘zbekistonda nemis tilini o‘rganuvchi o‘quvchilar o‘rtasida ifodali o‘qish bo‘yicha 

o‘zining 9-tanlovini o‘tkazdi. 

Tanlovda   Germaniyaning   16   nafar   hamkor   maktabi   o‘quvchilari   bilan   birgalikda 

O‘zbekistonning turli shahar va tumanlaridan tanlab olingan qo‘shimcha 13 nafar maktab 

va akademik litseylarning ichki saralash bosqichida aniqlab  olingan o‘quvchilari ishtirok 

etishdi. 

Til   bilish   darajasi   bo‘yicha   uch   xil   guruhga   taqsimlangan   o‘quvchilarning   nemis   tilidagi 

matnni   tushunishi   va   uni  ifodali   o‘qish   bo‘yicha   qobiliyatlari   Gyote   instituti,   Xorijdagi 

maktablar   bo’yicha   Germaniya   markaziy  boshqarmasi   (ZfA)   va   Germaniya   elchixonasi 

vakillaridan iborat uchta hay‘at guruhi tomonidan baholandi. 

„A“   guruhida   Toshkent   shahridagi   60-sonli   maktabning   9-sinf   o‘quvchisi  Aziz   Imamov 

g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 2-o'rinni O‘zDJTU qoshidagi 2-sonli akademik litseyning 1-bosqich 

o‘quvchisi Renata Baybekova, 3-o‘rinni esa Samarqand shahridagi 51-sonli maktabning 9-

sinf o‘quvchisi Daler Saidov egallashdi.  

„B“   guruhida   Urganch   shahridagi   19-sonli   maktabning   9-sinf   o‘quvchisi   Azizbek 

Jonibekzoda 1-o‘rinni egalladi. 2-o'rinni Urganch shahridagi 2-sonli akademik litseyning 1-

bosqich o‘quvchisi Shahnoza Satibayeva, 3-o‘rinni esa Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi 

48-sonli maktabning 9-sinf o‘quvchisi Iroda Akbarova qo‘lga kiritishdi.  

„C“ guruhida Samarqand shahridagi 2-sonli axborot texnologiyalari akademik litseyining 1-

bosqich o‘quvchisi Kamola Xojiyeva 1-o‘rinni egalladi. 2-o'rinni Buxoro shahridagi 4-sonli 

akademik litseyning 1-bosqich o‘quvchisi Firuza Gafurova, 3-o‘rinni esa Farg‘ona viloyati 

Bag‘dod tumanidagi 5-sonli maktabning 9-sinf o‘quvchisi Oydin Aliyeva qo‘lga kiritishdi.  

Tanlov yakunida ishtirokchilar shamdon yasash, qo‘shiq kuylash yoki sahna ko‘rinishini 

namoyish etish borasida o‘z iqtidorlarini o‘zaro ko‘rsatish imkoniyatiga ham ega bo‘lishdi.

O‘ziga xos an‘anaga aylangan ushbu tanlov  o‘quvchilarni o‘zaro raqobat orqali qo‘llab-



quvvatlaydi va nemis tilini o‘rganishda ularga zavq ulashadi. 

Download 7.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling