O‘zbekistonda paxta ishi va uning
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
009 O\'zbekiston tarixi O‘zbekistonda paxta ishi va uning oqibatlari 25mavzu 1kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- T.X.Gdlyan va N.V.Ivanov
“paxta ishi” deb atalgan siyosiy
qatag‘onlar boshlandi. Keyinchalik bu qatag‘on hatto O‘zbekiston SSRning o‘sha paytdagi sobiq va birinchi rahbarlarini ham chetlab o‘tmadi SSSR Bosh prokurori huzurida alohida muhim ishlar bo‘yicha maxsus tergovchilar guruhi tuzildi “Paxta ishi” sud majlisi • maxsus tergov guruhlarining asosiylaridan biri T.X.Gdlyan va N.V.Ivanov rahbarligida 1983-yil aprelda tuzilgan edi. Ular keyinchalik Markazdan respublikaga kelgan “desantchilar”ga tayanib, O‘zbekistonda navbatdagi qatag‘onni amalga oshirdi. • 1983 – 1987-yillarda Moskva, Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) va RSFSRning boshqa shaharlaridan 1000 nafarga yaqin “desantchi” O‘zbeki- stonning partiya, sovet, ma’muriy-xo‘jalik organlariga yuqori rahbarlik la- vozimlariga ishga yuborilgan edi. O‘sha paytda “desantchilar” va 3000 na- fardan ortiq tergovchilarga mahalliy rahbarlar va respublika huquq-tartibot organlarining ko‘plab xodimlari katta yordam bergan. • 1985 – 1990-yillarda O‘zbekistonda “paxta ishi” degan uydirma bo‘yicha jami 40 000 kishi tergov qilindi, ularning aksariyati tergov izolyatorlarida prokuror sanksiyasisiz o‘tirdi, 5000 nafar kishi esa soxta ayblar bilan jinoiy javobgarlikka tortildi. Paxta ishining o‘zbeklar ishiga aylantirilishi va mohiyati • Markaziy matbuotda e’lon qilingan maqolalarda o‘zbek xalqi badnom etilib, paxta ishi- ga ataylab siyosiy tus berildi va u “o‘zbeklar ishi”ga aylantirildi. Bu siyosiy kompaniyani O‘zbekistonning o‘sha paytdagi rahbarlari qo‘llab-quvvatlashdi. • Markazdan yuborilgan kommunistik amalparastlar O‘zbekistonning par- tiya va hokimiyat tizimida asosiy o‘rinlarni egallab, o‘zbek xalqiga qarshi qatag‘onni avj oldirdilar. Qatag‘on qilichi eng avvalo O‘zbekistonning sobiq rahbari, marhum Sharof Rashidov xotirasiga qarshi ko‘tarildi. “Sharof Rashi- dovchilik” degan sun’iy ibora o‘ylab topilib, undan Sh.Rashidovni o‘limidan so‘ng badnom qilish va shuhratini yerga urishda foydalanildi. • Xullas, sovet rejimining paxta ishi oqibatida O‘zbekistonda minglab kishilar nohaq ravishda jazolandi. Xalq xo‘jaligi sohalarida qo‘shib yozish, poraxo‘rlik va korrupsiyaga aloqador jinoyatlar SSSRning deyarli barcha hududlarida yuz bergan bo‘lsa ham “tajriba maydoni” sifatida O‘zbekiston tanlandi ham- da jinoiy ishga aloqador kishilardan tashqari ko‘plab odamlar aybsiz jazoga tortildi. Kommunistik mafkuraning qatag‘on qilichi bu bilan cheklanmasdan paxta ishini o‘zbeklar ishiga aylantirishga urindi. Qatag‘on siyosatini amalga oshirishda Markaz rahbariyati va vakillaridan tashqari O‘zbekistonning o‘sha paytdagi siyosiy rahbariyati, xalqimiz orasidan chiqqan hamda tergovchilar bilan hamkorlik qilgan va ularning g‘arazli ishlariga ko‘maklashgan ayrim qo‘rqoq va xoinlar ham faollik ko‘rsatdi. Bu – tarixning achchiq haqiqati |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling