O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish siyosati hamda quloqlarning surgun qilinishi
10-sinf O’zbekiston tarixi darsligi asosida 11-mavzu
Reja: - O‘zbekistonda yer-suv islohotining ikkinchi bosqichi.
- O‘zbek qishlog‘i fojiasi.
- O‘zbekistonda quloqlashtirish siyosati hamda uning oqibatlari.
O‘zbekistonda yer-suv islohotining ikkinchi bosqichi. O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish o‘tkazilgandan so‘ng 1925 – 1929-yillarda yer-suv islohotining ikkinchi bosqichi amalga oshirildi. O‘zbekiston Kompartiyasining II syezdi (1925-yil noyabr)da tasdiqlandi. Bu bosqich O‘zbekiston SSR MIKning 1925-yil 2-dekabrdagi “Suv va suvni natsionalizatsiya qilish to‘g‘risida” va “yer-suv islohoti to‘g‘risida”gi dekretlari bilan boshlandi. Kollektivlashtirishning majburiy sur’atda amalga oshirilishi hamda kolxoz va sovxozlarning tashkil qilinishi.
Yangi iqtisodiy siyosat tufayli o‘z xo‘jaligini tiklab olgan xo‘jaliklarning quloq qilinishi natijasida 1929-yili sovet jamiyatida bozor munosabatlari muhiti barham topdi.
1931-yilning bahoridan boshlab O‘zbekistonda yalpi jamoalashtiriladigan tumanlar qaytadan tuzildi. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish rasman 1932-yili tugallandi. Yakka dehqon xo‘jaliklarining bir qismi kolxozlardan tashqarida qoldi, lekin ularga iqtisodiy jihatdan tazyiq o‘tkazish yanada kuchaydi. Bunday xo‘jaliklarga solinadigan qishloq xo‘jalik soliqlari oshirildi, davlatga majburan topshiriladigan mahsulot hajmi ham kolxozlarga nisbatan 50 foizga ko‘paytirildi. O‘zbek qishlog‘i fojiasi. O‘zbek qishlog‘i bu paytda ulkan fojiani boshdan kechirdi. Ko‘pgina odamlar o‘z xo‘jaliklarini qarovsiz tashlab qochib ketdilar, chorva mollarini so‘ydilar va sotib yubordilar. O‘zbekistonda quloqlashtirish siyosati hamda uning oqibatlari. Mustabid sovet rejimi 1929 – 1935-yillarda badavlat va o‘rta hol dehqonlarni qishloq burjuaziyasi sifatida tugatish siyosatini olib borgan. Quloq xo‘jaliklarini tugatish kompaniyasi O‘zbekistonda 1930-yil fevraldan boshlab avj oldi. O‘zbekistonda quloqlar sifatida ro‘yxatga olingan o‘ziga to‘q xo‘jaliklarning mol-mulki to‘liq musodara qilinib, ularning oilalari o‘zga yurtlar (Ukraina, Shimoliy Kavkaz, Sibir, Qozog‘iston, Uzoq Sharq va b.)ga surgun qilingan. Faqat Qashqadaryo okrugida 1930-yil boshlarida dehqonlarning 14 ta norozilik chiqishlari yuz berib, ularda 3700 kishi ishtirok etgan. 1930-yil mart oyida O‘zSSRda 240 ta, SSSRda 2000 dan ortiq qurolli chiqishlar qayd etilgan. Quloqlarga qarshi kurash O‘zSSRda kun sayin kengayib borgan. 1931yil avgustda 3828 ta quloq xo‘jaliklari tugatilgan,
3871 xo‘jalik “quloq oilasi” sifatida Ukraina, Sibir va Shimoliy Kavkazga surgun qilingan. Rasmiy ma’lumotlarda ko‘rsatilishicha, 1933-yili O‘zbekistonda surgun qilingan quloq xo‘jaliklari soni 5500 tagacha yetgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |