O’zbekistonda sertifikatlashtirish tizimi va sertifikatlashtirish tartibi Reja


O’zbekiston Respublikasida mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi


Download 21.6 Kb.
bet2/3
Sana20.12.2022
Hajmi21.6 Kb.
#1040528
1   2   3
Bog'liq
Standartdan mustaqil ish

O’zbekiston Respublikasida mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi
O’zbekiston Respublikasida mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi Vazirlar Mahkamasining 06.07.2004 y. №318-sonli «Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Qaroriga binoan "O’zstandart"agentligi, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda quyidagi ishlarni amalga oshirishadi: chetdan keltirilayotgan mahsulotlardan akkreditatsiya qilingan idoralar va laboratoriyalar tomonidan sinov o’tkazish uchun namuna olishning cheklangan normalarini belgilash; akkreditatsiya qilingan idoralar va laboratoriyalar o’rtasida sinovlarning takrorlanishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida sinovlar turlarini belgilash; o’zlariga qarashli akkreditatsiya qilingan laboratoriyalarda mahsulotlarni sinovdan o’tkazish xizmatlariga tariflarni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida (uning hududiy bo’linmalarida) oldindan deklaratsiya qilish. Muvofiqlik sertifikatlari mavjudligini tekshirish faqat majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulotlarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. "O’zstandart" agentligida "Standartlashtirish to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasining Qonunida belgilangan standartlashtirish bo’yicha me’yoriy hujjatlar toifalarini tayyorlash va ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’g’risidagi Nizomning hamda Majburiy tartibda sertifikatlanadigan bir turdagi mahsulotlarning har bir turini ularda sertifikatlashtirishning tegishli me’yoriy hujjatlarda belgilangan xavfsizlik ko’rsatkichlari ko’rsatilgan Qoidalarining O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro’yxatdan o’tkazadi va majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulotlarning nomenklatura ro’yxati, ularning sifatini va xavfsizligini belgilovchi me’yoriy hujjatlarni ko’rsatgan holda, nashr etilishini hamda bojxona, soliq va akkreditatsiya qilingan idoralarga jo’natadi. Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartiboti : 1. Ariza beruvchi zarur hollarda gigienik xulosa olish uchun hududiy sanitariya nazorati organiga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda ariza beradi. Hududiy davlat sanitariya nazorati organi belgilangan tartibda joyiga borgan holda laboratoriya sinovlari o’tkazish uchun mahsulotlardan namuna oladi va ob’ektni tekshiradi. 1a. CHorva mahsulotlari uchun hududiy sanitariya nazorati organi ariza beruvchidan hujjatlar olingan kundan keyingi kundan kechikmasdan tuman (shahar) veterinariya xizmati organiga buyurtmanoma jo’natadi. 1b. Veterinariya xizmati organi uch kun muddatda hududiy sanitariya nazorati organiga veterinariya xulosasini yoki xulosa berishni rad etishga sabab bo’lgan aniq qonun hujjatlari normalarini ko’rsatgan holda yozma javob yuboradi. Veterinariya xizmati organi 20 kungacha izolyatsiyalash-cheklash (karantin) choralarini belgilash huquqiga ega. Bunda veterinariya xulosasini berish tartiboti karantin muddati tugagunga qadar to’xtatib turiladi. 1v. O’simlik mahsulotlari uchun hududiy sanitariya organi ariza beruvchidan hujjatlar olingan kundan keyingi kundan kechikmasdan tuman (shahar) o’simliklar karantini davlat xizmati organiga buyurtmanoma jo’natadi. 1g. O’simliklar karantini davlat xizmati organi ikki kun muddatda fitosanitariya xulosasi yoki salbiy xulosa beradi. 2. Laboratoriya sinovlari, shuningdek veterinariya hamda fitosanitariya xulosalaridan ijobiy natija olinganda, hududiy sanitariya nazorati organi ariza beruvchiga gigienik xulosa beradi. 3,4. Ariza beruvchi o’z xohishiga ko’ra, tashkilot va ishlab chiqaradigan mahsuloti shtrixli kodda foydalaniladigan tovar kodini olish uchun "EAN Uzbekistan" ga murojaat qilishi mumkin. 5. Ariza beruvchi muvofiqlik sertifikati olish uchun sertifikatlash bo’yicha akkreditatsiya qilingan organga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi. (Ariza gigienik xulosa olish uchun beriladigan ariza bilan bir vaqtda berilishi mumkin). 6. Sertifikatlash bo’yicha akkreditatsiya qilingan organ 15 ish kunidan ortiq bo’lmagan muddatda muvofiqlik sertifikati yoki aniq qonun hujjatlari normalarini ko’rsatgan holda yozma rad javobini beradi.

Download 21.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling