O’zbekistonda sertifikatlashtirish tizimi va sertifikatlashtirish tartibi Reja
Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi umumiy qoidalari
Download 21.6 Kb.
|
Standartdan mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
- Internet saytlari
Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi umumiy qoidalari
Yuqoridagi Qarorda mahsulotlarni sertifikatlashtirishning umumiy tartibi belgilangan. Ushbu Qaror asosida ishlab chiqilgan sertifikatlashtirish tartibi, muddatlari va ketma-ketligi belgilangan xolda «Uzstandart» Agentligi tomonidan «Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalari» ishlab chikilib 18.03.2005 y. Adliya Vazirligida N 1458-sonli hujjat sifatida kuchga kiritilgan. Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi «O’zstandart» Agentligi tomonidan ishlab chiqilib, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida sertifikatlashtirishning tegishli qoidalari sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan. «Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalari»da ko’rsatilganidek sertifikatlashtirigan mahsulotlarga qo’shimchalar yoki o’zgartirishlar kiritilishi davomida ilgari tekshirilgan xavfsizlik bo’yicha mahsulot tavsifiga salbiy ta’sir etmaydigan bo’lsa, yangi chiqarilayotgan mahsulotga qo’shimcha sertifikatlashtirish o’tkazilishi talab etilmaydi. Mahsulot sertifikatlashtirilishi uchun talab etiladigan xavfsizlik majburiy tavsiflari standartlashtirish bo’yicha tegishli me’yoriy hujjatlarda belgilanadi. Ushbu qoidadagi talablar mahsulot yoki xizmatlarni majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirishga davomida tatbiq etilishi mumkin. Yuqorida keltirilgan qaror va qoidaga asosan majburiy sertifikatlashtiriladigan mahsulotlar ro’yxatidan ma’lum qismi ularning tegishli talablarga muvofiqligini deklaratsiyalash yo’li bilan tasdiqlanishi mumkin bo’ladi. Sertifikatlashtirishni amalga oshirish qoidaga asosan ikki bosqichda o’tkaziladi. Birinchi bosqich - bir vaqtning o’zida, zaruriyatga ko’ra, veterinariya va fitosanitariya xulosalari tegishli ravishda davlat veterinariya nazorati va o’simliklar karantini bo’yicha davlat xizmati organlarida rasmiylashtirilgan holda "O’zstandart" agentligi tomonidan akkreditatsiya qilingan davlat sanitariya nazorati organlarida gigienik sertifikat rasmiylashtirilishini o’z ichiga oladi. Bunda tadbirkorlik faoliyati sub’ekti: - gigienik sertifikatni rasmiylashtirish uchun ariza bilan birgalikda belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan sertifikat-lashtirish organlariga (keyingi o’rinlarda sertifikatlashtirish organlari deb ataladi) muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish yuzasidan ariza berishga; - zarurat bo’lganda tegishli xulosalar olish uchun veterinariya va fitosanitariya nazorati organlariga mustaqil ravishda murojaat qilishga haqlidir. Ikkinchi bosqich - sertifikatlashtirish organlari tomonidan muvofiqlik sertifikati berishdagi faoliyat. Bunda akreditatsiyadan o’tgan Idoralar sertifikatlashtirish faoliyatiga qo’shimcha ravishda, tadbirkorlik sub’ektlarining yozma arizasiga muvofiq davlat sanitariya nazorati organlarida, davlat veterinariya nazorati va o’simliklar karantini bo’yicha davlat xizmati organlarida, shuningdek tabiatni muhofaza qilish davlat organlarida sertifikatlashtirishni o’tkazish va barcha zarur xulosalarni olish yuzasidan agentlik xizmatlari ko’rsatishga haqlidir. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.07.2004 y. №318-sonli «Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soda-lashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Qarorigacha oldingi xatboshida keltirib o’tilgan talab yo’q edi, buning oqibatida sertifikatlashtirish ishlari asossiz ravishda cho’zilib, tadbirkorlarning noroziligiga sabab bo’lar edi. Foydalanilgan adabiyotlar 1.Poksinska B. The state of ISO 9000 certification: a study of Swedish organizations // The TQM Magazine Vol.14. №5. 2002. pp. 456. 2. Xojiahmedov G., Yaxyaeva I. Sifat menejmenti.Darslik.TDIU. : 2012.-200 b. 3. Baсовский Л.Э, Протaсьев B.B. Упрaвление кaчеством. Учебник. – М.: ИНФРA-М, 2010. – 212 с. Internet saytlari 1.www.ser.uz 2. www.uza.uz Download 21.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling