O‘zbekistonda "Soliq" mobil ilovasi ishlab chiqildi


Download 15.49 Kb.
Sana27.09.2019
Hajmi15.49 Kb.

O‘zbekistonda “Soliq” mobil ilovasi ishlab chiqildi

Endilikda yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatida o‘tkaziladigan rejali va rejadan tashqari tekshirishlar to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining “Soliq.uz” rasmiy saytidagi “Tekshirish reja-jadvalidan ko‘chirmalar” interaktiv xizmatidan olish mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati xabar beradi.

Ushbu ma’lumot nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining “Tekshirishlar.uz” rasmiy saytida ham joylashtirilgan. Mazkur saytda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshiruvchi barcha nazorat qiluvchi organlar, tekshiruvchilar ro‘yxati va tekshirishlarni tayinlash to‘g‘risidagi buyruqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirilgan.

Mobil vositalar (smartfon yoki planshet) orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar samaradorligi, qulayligi va mobilligini yanada oshirish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan ushbu xizmatlar ko‘rsatishning yangicha shakli — “Soliq” mobil ilovasi ishlab chiqildi.

Mazkur ilovadagi xizmatlar orasida “Tekshirishlar reja-jadvali”ni ham ko‘rish mumkin. Kerakli ma’lumotga ega bo‘lish uchun subyektning STIRini kiritish kifoya. Bu amalga oshirilganidan so‘ng tekshirish rejalashtirilmaganligi yoki ushbu subyekt tanlangan yilning tekshirishlar reja-jadvaliga kiritilgan bo‘lsa, nazorat qiluvchi organlarning ro‘yxati va tekshirish muddatlari to‘g‘risidagi xabarnoma qisqa vaqt ichida taqdim etiladi.

“Soliq” mobil ilovasini o‘rnatish oson. Mazkur ilova AppStore va GooglePlay’da joylashtirilgan bo‘lib, uni yuklab olish uchun Davlat soliq qo‘mitasining “Soliq.uz” rasmiy saytidagi havoladan foydalanish mumkin. Mobil ilova o‘zbek va rus tillarida ishlab chiqilgan.

Soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilg‘or avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish, soliq to‘lovchilarga, eng avvalo, tadbirkorlik sub’yektlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotsiz elektron xizmat ko‘rsatilishiga erishish davlat soliq xizmati organlari faoliyatining ustuvor vazifalari sirasidandir.

Bugungi kunda Davlat soliq qo‘mitasining «Elektron davlat xizmatlari — my.soliq.uz» portali orqali 35 turdagi elektron davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Elektron davlat xizmatlaridan 15 tasi — axborot davlat xizmatlari, 20 tasi — interaktiv davlat xizmatlari tarkibiga kiradi. Portalda yuridik, jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun soliq to‘lovchining «shaxsiy kabinet»lari joriy etilgan.

Soliq tizimidagi interaktiv xizmatlar orqali soliq to‘lovchining «shaxsiy kabineti» yordamida murojaatlarni yo‘llash, soliq organlarida hisobga turish, nazorat-kassa mashinalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, ortiqcha soliq to‘lovlarini qaytarish to‘g‘risida arizalarni jo‘natish, soliq hisobotlari va deklaratsiyalarni elektron ko‘rinishda yuborish, soliq qarzi mavjud emasligi, soliq organlarida hisobda turganligi (STIR), O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lganligi to‘g‘risida va boshqa ma’lumotnomalarni olish mumkin.

Shu bilan birga, soliq to‘lovchiga hisoblangan, u tomonidan to‘langan summalar, soliq qarzi, ortiqcha to‘lov, penyalar hamda budjet va budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar bilan hisob-kitoblar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham Davlat soliq qo‘mitasining axborot resurslaridan bevosita olish imkoniyati yaratilgan. Bu esa soliq organi xodimi va soliq to‘lovchilar o‘rtasidagi munosabatlarni zamonaviy vositalar yordamida rivojlantirishga, soliq organlariga ortiqcha kelib-ketishlarni kamaytirishga xizmat qilmoqda.

Soliq to‘lovchilar tomonidan davlat soliq xizmati organlari xodimlari bilan muloqotsiz ko‘rinishda 2018-yil boshidan my.soliq.uz portalidagi soliq to‘lovchilarning «shaxsiy kabinet»lariga jami 600 mingdan ortiq foydalanuvchilar tomonidan 11 mln. dan ortiq murojaatlar bo‘lgan. «Shaxsiy kabinet»lar orqali tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan 6,5 trln. so‘m miqdoridagi soliqlar elektron shaklda to‘landi.

Endilikda soliq to‘lovchilar va soliq xizmati organlari o‘rtasidagi elektron shaklda amalga oshirilmayotgan jarayonlarni elektron ko‘rinishga o‘tkazish yuzasidan ham amaliy ishlar olib borilmoqda.

Bu yo‘lda:


  • Hozirda Chirchiq shahri, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida elektron hisobvaraq-fakturalarni majburiy tarzda rasmiylashtirishni joriy etish bo‘yicha eksperiment o‘tkazilayotgan bo‘lib, uning natijalari bo‘yicha mazkur mexanizmni butun mamlakat bo‘ylab tizimli ravishda amalga oshirish;

  • Jismoniy shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari, soliq solish ob’yekti vujudga kelganda davlat soliq xizmati organiga hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi arizani taqdim etish;

  • Respublikamiz soliq to‘lovchilarining yagona reyestriga kiritilgan yuridik va jismoniy shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari hisobga qo‘yilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga hisob ma’lumotlaridagi har qanday o‘zgarishlar haqida ma’lum qilish;

  • davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘tkazilayotgan kameral nazorat jarayonida soliq hisobotini to‘ldirishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilganligi yoki taqdim etilgan soliq hisoboti va davlat soliq xizmati organlari ma’lumotlari o‘rtasida aniqlangan ziddiyatlar bo‘yicha tegishli tuzatishlar kiritish bo‘yicha xabardor qilish;

  • ortiqcha to‘langan soliq summasini mazkur soliq turi bo‘yicha penya va jarimalarni uzish asosida hisobga olinganda, soliq to‘lovchiga bu haqda xabarnoma berish;

  • soliq to‘lovchiga soliq qarzini uzish bo‘yicha talabnoma berish;

  • undiruvni soliq to‘lovchining mol-mulkiga qaratish to‘g‘risidagi da’vo arizalarni yuborish;

  • soliq qarzini debitor hisobidan undirilishi yuzasidan qarzdorning debitorlari «shaxsiy kabineti»ga elektron bildirishnomalar yuborishni va boshqa muloqotlarni elektron shaklga o‘tkazish va soliq to‘lovchining «shaxsiy kabineti» orqali amalga oshirilgan.

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan yaratilgan ushbu imkoniyatlar, soliq to‘lovchilar, ayniqsa, tadbirkorlik sub’yektlarining soliq organlariga tashriflarini kamaytirishga, vaqt va sarf-xarajatlarini tejashga, tadbirkorlik faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

2018-yil 26-28 sentyabr kunlari Toshkentda “ICT Expo-2018” axborot texnologiyalari milliy ko’rgazmasi bo’lib o’tmoqda. Ko’rgazma o’tkazishdan asosiy maqsad axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari milliy sohasining yutuqlarini namoyish qilish, ekspertlar jamoasining professional platformasini shakllantirish, milliy bozor sub’yektlarining raqobatbardosh ustunliklarini rivojlantirishdan iborat. Ko’rgazmaning uch kunida 35 mingga yaqin mehmon, 100 dan ortiq eksponent kompaniyalar ishtirok etdi.

Koʻrgazmada mahalliy va xorijiy tashkilot hamda kompaniyalar oʻzining AKT sohasidagi eng ilgʻor loyihalari bilan ishtirok etmoqda. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi ham sohaga doir dasturiy mahsulotlari taqdimoti bilan qatnashmoqda.

Soliq toʻlovchilar tomonidan oʻz faoliyatlarida muvaffaqiyatli foydalanilayotgan “SOLIQ” mobil ilovasi, www.soliq.uz rasmiy veb sayti, my.soliq.uz veb-portali, Soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti, Maʼlumotlarni qayta ishlash markazi, Maʼlumotlarni uzatish korporativ tarmogʻi, Elektron soliq hisobotlarini taqdim etish tizimi, SOLIQ kompleks axborot tizimi, Onlayn nazorat-kassa mashinalari kabi dasturlar shular jumlasidandir. Mazkur dasturlarning aksariyati oldinroq davlat idoralarida AKTni joriy etish boʻyicha eng yaxshi loyihalar sifatida eʼtirof etilgan.



Koʻrgazmada Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 2018 yilda joriy etilgan qator loyihalar taqdimotiga ham alohida eʼtibor qaratilgan.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling