O’zbekistonda sport musobaqalarini yaratilishining o’ziga xos xususiyatlari
Download 487.78 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbekistonda sport musobaqalarini yaratilishining oziga xos xususiyatlari
Ikkinchi usul. Bu usul awalgi usuldan ham oddiy: u musobaqa o'tkazish
jarayonida maydonning almashinishi hech qanday ahamiyatga ega bo'lmagan taqdirda (musobaqalar bir joyda o'tkazilganda) qo'llaniladi. Ikkinchi usulga binoan o'yinlar kalendari bevosita turlar bo'yicha tuziladi. Musobaqada qatnashuvchi jamoalar soniga mos bo'lgan raqamlar (jamoalar soni juft bo'lganda) birinchi raqamdan boshlab ikki ustuncha qilib yoziladi (bunda 1- raqam chap ustunchaning tepasidan boshlanadi). Shundan keyin, ikkinchi raqamdan boshlab (bu raqam, ya'ni 2-raqam ikkinchi ustun-chaga, birinchi raqamning qarshisiga yoziladi), ketma-ket tartibda soat strelkasi bo'ylab qolgan raqamlar qo'yilib chiqiladi (2-jad-val). Keyingi tur o'yinlarini tuzish uchun raqamlar soat strelkasiga qarshi yozib chiqiladi, birinchi raqam o'z o'rnida qoldi- riladi.
31
8 jamoa uchun turlar bo'yicha o'yinlarning taqsimlanishi 1-tur 2-tur 3-tur 4-tur 5-tur 6-tur 7-tur
1-2 1-3 1-4 1-5
1-6 1-7
1-
8-3 2-4 3-5
4-6 5-7
6-8 7-2
7-4 8-5 2-6
3-7 4-8
5-2 6-3
6-5 7-6 8-7
2-8 3-2
4-3 5-
Agar musobaqada qatnashuvchi jamoalar soni toq bo'lsa, keyingi juft son o'rniga 0 raqami qo'yiladi, qolganlari esa o'zgarishsiz qoldiriladi. Kalendar bo'yicha «nol» raqami bilan o'ynashi kerak bo'lgan jamoa mazkur turda o'ynamaydi (3-jadval). 7 jamoa bo'lganda o'yinlarning turlar bo'yicha taqsimlanishi
l-tur 2-tur 3-tur 4-tur 5-tur 6-tur 7-
1-2 1-3
1-4 1-5
1-6 1-7
1-0 0-3
2-4 3-5
4-6 5-7
6-0 7-2
7-4 0-5
2-6 3-7
4-0 5-2
6-3 6-5
7-6 0-7
2-0 3-2
4-3 5-4
Davrali sistema bo'yicha bir davrali musobaqalar o'tkazishda kerak bo'lgan vaqtni aniqlash uchun o'yinlarning umumiy sonini bilish kerak. Bu quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi: / =(J(J - 1)) : 2. bunda: /— o'yinlar soni; /— musobaqada ishtirok etuvchi jamoalar soni. Masalan: J = 16 I = (16(16 - 1)) : 2 = 120 32
Turlar o'rtasidagi o'yinlar jadvalini tuzishda jamoalarning o'quv-mashg'ulot ishlarini imkon beradigan darajada tanaffus bo'lishini nazarda tutish kerak. Mag 'lubiyatdan keyin o 'yindan chiqib ketish bilan o ynaladigan musobaqa sistemasi O'yindan chiqib ketish bilan o'ynaladigan musobaqa sistemasi, odatda, o'yinlar qisqa muddatda o'tkazilishi kerak bo'lganda va musobaqada qatnashuvchi jamoalar soni ko'p bo'lgan taqdirda qo'llaniladi. Respublika va shahar kubogi o'yinlari odatda shu sistema bo'yicha o'tkaziladi. Mag'lubiyatga uchragan jamoa musobaqalardan chiqib ketadi. Bu sistema bo'yicha o'tkaziladigan o'yinlar tartibini aniqlashda awalo musobaqada qatnashuvchi jamoalar soniga mos setka tuzish zarur, shundan keyin qur'a tashlanadi. Jamoa o'zi tortib olgan raqamga muvofiq tuzilgan setkaga yoziladi. Shunday qilib, bir-biri bilan o'ynaydigan jamoalar qur'a tashlash bilan aniqlanadi. Setka jamoalar soniga qarab tuziladi. Agar jamoalar soni 2 sonining darajasiga teng bo'lsa (2 2 = 4; 2
3 = 8
va hokazo), hamma jamoalar o'yinni birinchi davradan boshlaydilar. Agar musobaqada qatnashuvchi jamoalar soni 2" ga teng bo'lmasa, u holda setka ikkinchi davraga kelib 2 n ga teng miqdor-dagi jamoa qoladigan qilib tuzilishi kerak. Binobarin, jamoalarning bir qismi o'yinlarni ikkinchi davradan, bir qismi esa birinchi davradan boshlaydi. O'yinni birinchi turdan boshlaydigan jamoalar sonini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi: Download 487.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling