O’zbekistonda sport musobaqalarini yaratilishining o’ziga xos xususiyatlari
Download 487.78 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbekistonda sport musobaqalarini yaratilishining oziga xos xususiyatlari
Marra - sportchining natijasi tanasining bosh bo`yin, qo`l va oyoqlaridan
tashqari biror qismi bilan tasavvur qilingan marra tekisligiga tekkan lahzada hisobga olinadi.
Butun tanasi bilan va tashqaridan yordam olmay marra tekisligini kesib o`tgan ishtirokchi masofani yakunlagan hisoblanadi. Agar ishtirokchi marra tekisligiga tanasi bilan tekkanidan so`ng chiziq ustiga yiqilib tushsa, uning ko`rsatgan vaqti va marraga kelish tartibi saqlanadi, ammo buning uchun u mustaqil ravishda marra tekisligini kesib o`tishi kerak. 70
Masofani tugatish navbati, tartibi hamda ishtirokchilarning ko`rsatgan vaqtlari marradagi va vaqt o`lchovchi hakamlar (qo`l sekundomelari bilan) tomonidan yoki fotomarra yoxud video marra tizimida aniqlanadi. Mazkur aparatura yordamida hisobga olingan natijalar, agar menejer muovini (referi) biror sababga ko`ra ularni noto`g’ri degan hulosaga kelmasa, rasmiy deb hisoblanadi. Agar har xil poyga ishtirokchilari bir xil natija ko`rsatsa va u natijalar musobaqalarning keyingi davrasiga chiqishiga ta`sir qilsa, keyingi davra musobaqalariga shu ishtirokchilarning barchasini qo`yish uchun ruxsat beriladi. Bunday imkonyat bo`lmasa, avvalo, avvalgi davra poygasidagi eng kuchli ishtirokchiga (jamoaga) ustunlik bnriladi yoki g’oliblikka davogarlar orasida qayta musobaqa yoki qur`a tashlash o`tkaziladi. Finalda 4000 m va undan qisqa masofalarga yugurishda birishchi o`ringa davogarlik qilayotgan ikki yoki bir necha ishtirokchi yugurishni bir vaqtda tugatsa, menejer ular orasida qayta musobaqa o`tkazish haqidagi masalani hal qilishga yoki natijani tasdiqlab, bu ishtirokchilarning barchasini g’olib deb topishga haqli. Keyingi o`rinlarni (natijalar teng bo`lgan hollarda) aniqlash maqsadida qayta musobaqa o`tkazilmaydi, sportchilarga esa bir xil – eng yuqori o`rin beriladi. Shaxsiy o`rinni aniqlash uchun o`tkaziladigan qayta musobaqa musobaqalarning davomi hisoblanib, uning o`tkazilishi bayonnomasida aks etishi, ko`rsatilgan natijalar esa rekordlar sifatida tasdiqlanishi, shuningdek, toifa me`yorlarini bajarish uchun hisobga o`tishi lozim. Qo`l sekundomerlaridan foydalaniladigan musobaqalarda barcha masofalarda vaqt 0,1 sekund aniqlik bilan o`lchanadi. Yugurish yoki yurish bo`yicha masofani tugatgan har bir ishtirokchining vaqti alohida sekundomer bilan o`lchanadi, birinchi bo`lib kelgan ishtirokchi ko`rsatgan vaqt uchta vaqt o`lchovi tomonidan hisobga olinadi. Ularning sekundomerlari turlicha bo`lsa, bir xil vaqtni ko`rsatgan ikkita sekundomer bergan ma`lumot qabul qilinadi yoki uchala sekundomerning ko`rsatmalari turlicha bo`lgan hollarda “o`rtacha” vaqt 71
hisobga olinadi. Agar vaqtni faqat ikkita sekundomer o`lchagan bo`lsa (uchunchisi to`xtab qolgan), pastroq ko`rsatma qabul qilinadi. Agar sekundomer mili ikkita bo`linma orasida to`xtagan bo`lsa, yuqoriroq ko`rsatma olinadi. Agar sekundomerning yuzdan bir bo`lagini ham hisoblaydigan qurilma yoki raqamli indeksatsiyasi bo`lgan elektron qo`l sekundomeri qo`llanilayotgan bo`lsa, unda sekundomer ko`rsatmalari vaqtni kattalashtirib, ya`ni o`lchami jixatidan kattaroq bo`lgan sekundning keyingi undan bir bo`lagigacha yaxlitlanadi. Ikkinchi va uchunchi darajali musobaqalarda o`rta va uzoq masofalarga yugurirish hamda yurish musobaqalarida sekundomerni faqat g’olib uchun to`xtatib vaqt o`lchashga ruxsat beriladi, qolgan ishtirokchilarning vaqtini yo`l – yo`lakay sekundomerni to`xtatmay o`lchash mumkin. Ommaviy krosslar va poygalarda masofaning uzunligi hamda ishtirokchilarning soniga qarab ularni vaqtiga ko`ra kattaroq oraliqlarda, masalan: sport toifalari (razryadlari) chegaralarida qabul qilib olishga ruxsat etiladi. 1000 m undan qisqa masofalarga avtomatlashtirilgan elektron o`lchash aparatlaridan foydalanilganda natija 0,01 sekund aniqlik bilan o`lchanib hisobga olinadi. 1000 m dan ortiq masofalarda 0,01 sekund aniqlik bilan o`lchangan vaqt 0,1 sekundgacha yaxlitlanadi. Masalan 20000 m uchun 59,26,32 natija 59,26,4 ko`rinishida yaxlitlanib yozilishi kerak.
To`la yoki qisman stadiondan tashqarida o`tkazilayotgan 5000 m va undan ortiq masofalarda vaqt keyingi butun sekundgacha yaxlitlanadi. Masalan: marafon yugurishida 2:09, 44,32 natija 2:09, 45 ko`rinishida yaxlitlanib yozilishi lozim.
Download 487.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling