O’zbekistonda sport musobaqalarini yaratilishining o’ziga xos xususiyatlari


Download 487.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/31
Sana02.01.2022
Hajmi487.78 Kb.
#200175
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
ozbekistonda sport musobaqalarini yaratilishining oziga xos xususiyatlari

XULOSA  

 

Mustaqillikka qadar O`zbekiston xalqaro sport jamoatchiligi uchun qariyb 

yopiq edi. Futbol va tennis bo`yicha o`smirlar o`rtasida sobiq sosialistik davlatlar 

sportchilari ishtirokida utkazilgan turnirlarni hisobga olmaganda, mamlakatimizda 

boshqa xalqaro musobaqalar deyarli o`gkazilmadi. 

Mustabid siyosat jismoniy sport sohasida ham o`z asoratlarini qoldirib, bular 

ayniqsa qo`yidagilarda namoyon bo`ldi.     

1 O`zbekistonda jismoniy tarbiya va sport ishlari markaziy respublikalarga 

nibatan past darajada yo`lga qo`yildi, sport harakatiga yerli aholi ommaviy 

ravishda jalb qilinmadi, ular orasidan yuqori malakali sportchilarni tayyorlash 

borasida esa, aniq va maqsadli ishlar olib borilmadi, oqibatda aksariyat 

yoshlarning jismonan sog’lomligi talab darajasida bo`lmay, ular orasidan katta 

sportga sanoqli sportchilar chiqa oldilar

2. Sport tarmoqlarini rivojlantirish, sport inshootlarini qurish, umuman 

sportning moddiy-tehnikaviy bazasini kenaytirish va moliyalashtirish ishlari faqat 

markaz roziligi bilan, cheklangan tarzda amalga oshirildi; 

3. Soha uchun oliy va o`rta ma`lumotli kadrlar tayyorlash yo`lga qo`yilgan 

bo`lsada, musobaqalarda milliy sportchi kadrlar turli suniy to`siq va saralashdardan 

o`tishga majbur edi. Milliy kadrlarni tayyorlash va mahalliy sportchilar iqtidorini 

ro`yobga chiqarishdagi bunday noxolis siyosat asorati mustaqillikning birinchi 

yillarida ko`pchilik sportchi va murabbiylarning boshqa joylarga ketib qolishida 

o`z aksini topdi; 

4. O`zbekiston sportiga adolatiz munosabat tufayli juda ko`p sportchilarimiz 

Yevropa, Jahon va Olimpiya musobaqalarida ishtirok etish imkoniyatidan mahrum 

yetildi; 

5. O`zbekiston sportchilarini jahon miqyosiga mustaqil chiqa olmaganligi 

mazkur sohaning zamon talablariga mos ravishda rivojlanib borishiga ham katta 

to`sqinlik qildi. 

O`zbekistonda mavjud muammolarni bartaraf qilish maqsadida 

mustaqillikning birinchi kunlaridanoq mamlakat rahbarining tashabbusi bilan 




 

86 


jismoniy tarbiya va sport sohasini    rivojlantirishga    qaratilgan   tegishli    

qonunlar, prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bosqichma-

bosqich qabul qilinib, ular joriy etildi.  

Qisqa muddatda: 

- jismoniy 

tarbiya 


va 

sportni boshqarishning tashkiliy 

asoslari 

takomillashtirildi; 

- O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi,  sport turlari bo`yicha  federasiyalar 

tashkil qilindi; 

-  jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish, ommaviy sport ishlari va sportning 

milliy turlari rivojlantirildi; jismoniy tarbiya va sport sohasini mablag’ bilan 

taminlash tizimi takomillashtirildi, nodavlat sektor rivojlantirildi; 

Jismoniy tarbiya va sportning moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi; milliy 

ta`lim dasturiga binoan jismoniy tarbiya va sport sohasiga kadrlarni tayyorlash va 

qayta o`qitish ishlari amalga opshrilmoqda. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


 

87 



Download 487.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling