1.4. MUSOBAQAGA TAYYORGARLIK VA UNI O'TKAZISH
Zamonaviy sport o'yinlari — bu yuqori faol o'yin harakatlari, o'yinchidan
funksional imkoniyatlari, tezlik, kuch sifatlarini safarbar etishni talab qilishi bilan
ifodalanadigan atletik o'yin.
Jismoniy tayyorgarlikning asosiy maqsadi — sportchini har tomonlama
rivojlantirish, uning funksional imkoniyatlarini oshirish va salomatligini
mustahkamlashdir. O'yinchilarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantiruvchi
boiimlar quyidagi vazifalarni yechishga qaratilgan:
—organizmning funksional tayyorgarlik darajasini oshirish va
uning imkoniyatlarini kengaytirish (funksional tayyorgarlik);
—o'yin faoliyati samaradorligini ta'minlab beradigan jismoniy
sifatlar: kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, egiluvchanlik
bilan bevosita bog'langan kompleks jismoniy qobiliyatlar —
sakrovchanlik, start tezkorligi va irg'ituvchanlik harakatining
quwati, o'yin chaqqonligi, o'yin chidamliligi darajasini oshiradi.
Kuchni tarbiyalash
Kuch insonning jismoniy imkoniyatlarini tavsiflovchi ko'r-satkich — bu
mushaklar kuchlanishi oqibatida tashqi qarshilikni yengish yoki unga qarshilik
ko'rsatish qobiliyatidir.
Kuch o'z xarakteriga ko'ra: absolut kuch, nisbiy kuch, «portlovchi» va «startga
oid» bo'lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |