O’zbekistonda sport musobaqalarini yaratilishining o’ziga xos xususiyatlari
Download 487.78 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbekistonda sport musobaqalarini yaratilishining oziga xos xususiyatlari
Estafetali yugurish.
Estafetali yugurish o`tkazilgan barcha hollarda ishtirokchilar estafeta tayoqchasini qo`llarida tutib borishlari va bosqich almashayotgan vaqtda uni belgilangan joyda qo`ldan – qo`lga berishlari zarur. Tayoqchani dumalatib yuborishyoki otish mumkin emas. Estafeta topshirilayotgan vaqtda jamoaning bir ishtirokchisi tomonidan boshqaishtirokchiga har qanday yordam berilishi, masalan, itarib yuborish taqiqlanadi. 75
So`ngi bosqichda yugurayotgan ishtirokchilar marra tekasligini estafeta tayoqchasi bilan kesib o`tishlari kerak. Jamoaning har bir a`zosi faqat bitta bosqichni yugurib o`tishga xaqlidir. Bitta bosqichda ishtirokchi yo`qligi tufayli masofani tugata olmagan jamoa startga kelmaganlikka tenglashtiriladi. Estafetani topshirgan ishtirokchi yo`lkani boshqa jamoalarning ishtirokchilariga halaqit bermaydigan ravishda tark etishi kerak. Bosqichlari 200 m dan bo`lgan estafeta(dan)li yugurishda har bir jamoa butun masofani alohida yo`lkalar bo`ylab yugurib o`tadi. 4 x 200, 4 x 400 m va 400-300-200-100 m estafetali yugurish o`tkazilganda, har bir jamoa alohida yo`lkalar bo`ylab dastlabchi uch burilishini yugurib o`tadi, keyin yugurishni umumiy yo`lkada davom ettiradi. Birinchi darajali musobaqalarda 4 x 200 m estafetali yushurishda jamoalar har to`rt bosqichni alohida yo`lkalar bo`ylab yugurib o`tadilar. Ayrim 4 x 400 m yoki 400-300-200-100 m estafetali yugurishda, agar poygada uchtadan ortiq jamoa qatnashmayotgan bo`lsi menejerning varori bilan alohida yo`lkalar bo`ylab birinchi burilishning ohirigacha yugurib borishga ro`xsat etiladi. Bunda har bir yo`lkaning start chiziqlari tegishli ravishda, ayrim hollarda esa umuiy yo`lka bo`ylab, (umumiy startdan) belgilangan bo`lishi lozim. Bosqichlari uzunroq bo`lgan estafetalani yugurishda, butun masofa umumiy yo`lka bo`ylab o`tkaziladi, ammo burilishdagi startda alohida yo`lkalar bo`ylab birinchi burilishning oxirigacha yugurib borish tavsiya etiladi. Estafeta tayoqchasi 20 m li uzatish zonasida topshirilishi kerak. Estafetani vabul qilib olayotgan ishtirokchi yugurishni (start olishni) uzatish zonasi chegarasida boshlashi lozim, tayoqcha uni qabul qilib olayotgan sportchi(da)ning qo`liga o`tgan lahzada uzatish nihoyasiga yetgan hisoblanadi. 200 m li va undan qisqa bosqichlarda alohida yo`lkalar bo`ylab yuguriganda, estafetani qabul qilib oluvchilarga uzatish zonasidan 10 m beridan yugura boshlashga (start olishga) ro`xsat etiladi.
76
Alohida yo`lkalar bo`ylab o`tkaziladigan estafetali yugurishda ishtirokchilar o`z yo`lkalariga belgi qo`yishlari mumkin. Buning uchun yopishqoq tasmadan foydalanishga ro`xsat beriladi. Bir yoki bo`yoq qo`llash ta`qiqlanadi. Estafetali yugurishning qolganqolgan turlarida ishtirokchilar hech qanday belgi qo`yishi mumkin emas. 4 x 400 m estafetada estafetani qabul qiluvchi yuguruvchilar III va IV – bosqichlarida hakam rahbarligida dastlabki holatni egallab joylashishlari, 200 m ga yugurish starti oldidagi yo`lka belgisidan yugurib o`ta turib qanday tartibda joylashgan bo`lsalar, o`sha tartibda turishlari hamda to estafeta qabul qilish boshlanguncha o`z holatlarini o`zgartirmasliklari kerak.
Estafeta tayoqchasi yerga, jumladan, alohida yo`lkalar bo`ylab yugurganda, qo`shni yo`lkaga tushib ketgan hollarda, tushirib yuborgan ishtirokchi uni boshqa jamoa a`zolariga halaqit bermay ko`tarib olishi va tayoqchani olgan joydan yugurishni davom ettirishi lozim (uzatish paytida uni uzatuvchi ko`tarib oladi). Estafetali yugurig bo`yicha musobaqalar uchun jamoa tarkibidan toshqari yana ko`pi bilan ikkita zaxiradagisportchi talabnomma berishi mumkin musobaqalarning alohida davrasidava istalgan bosqichda talabnoma bergan ishtirokchilardan har biri qatnashishga haqli. Jamoaning aniq tarkibi hamda ishtirokchiining bosqichlardagi joylashuvi tartibi start oldidan rasmiy ravishda e`lon qilishi kerak. Avvalgi davrada startga qatnashayotgan ishtirokchi almashtirilgan bo`lsa, u jamoa tarkibiga fayta olinmayd. Download 487.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling