O’zbekistonda sport musobaqalarini yaratilishining o’ziga xos xususiyatlari
O’zekistonda ommaviy musobaqalarni o'tkazish
Download 487.78 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbekistonda sport musobaqalarini yaratilishining oziga xos xususiyatlari
2.4. O’zekistonda ommaviy musobaqalarni o'tkazish Ommaviy musobaqalarga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazishda ularda ko'p sportchilarni qatnashishini hisobga olish muhim, chunki maktablarda ommaviy musobaqalarni uyushtirishga boshqacha yondashish zarurligini ko'rsatmoqda. Maktab o'quv-chilari orasida gimnastikadan ommaviy musobaqalar o'tkazish keng tarqalgan. Ularni birdaniga 3—4 to'da va undan ko'proq to'dada o'tkazish mumkin. Erkin mashqlarni, ertalabki gigiyenik gimnastika shaklidagi mashqlarni bajarish uchun birdaniga butun jamoani (har bir ishtirokchi uchun alohida belgilar bo'lsa, yaxshi bo'ladi) maydonchada joylashtirish kerak. Mashqlarning sifatini baholay- digan hakamlar guruhi sportchilarni mashq bajarishi yaxshi ko'ri-nadigan joyda o'tirishadi. Jamoa sportchilari musobaqa dasturidagi mashqlar bajarilishini yakunlab, «erkin» holatida bo'ladi va hakamlar ko'rsatkichlar orqali ularni baholarini ko'rsatadilar, kotiblar esa bu baholarni umumiy qaydnomaga ko'chiradi. Musobaqa shunday tashkil qilinganda jamoa mashq bajarish uchun 3—5 minut vaqt sarflaydi, xolos.
Jamoalarni bir turdan ikkinchi turga o'tish tartibini bayonno-malarda ko'rsatish maqsadga muvofiqdir. Bu turlarni almashtirishdagi noaniqlikni bartaraf etadi va unga sarflanadigan vaqtni qisqartiradi. Zal, giinnastika maydonchasi, o'yingoh kotibi. maktab hovii-sining hajmiga va hokazolarga qarab, u yoki bu to'da uchun musobaqa dasturining turlari (jihozlar)ni sektorlar bo'yicha yoki doira bo'ylab joylashtirishi mumkin. Ommaviy musobaqalarni boshqarish uchun bong bo'lishi kerak, bong urilganda barcha jamoalar joy almashtirish uchun tayyorlanadilar, harakat musiqa jo'rligida amalga oshiriladi, bunda ishtirokchilar jadvalga muvofiq navbatdagi
82
turga o'tadi. Ommaviy musobaqalar shu tarzda uyushtirilganda har bir jamoa sardorini va kuzatuvchi o'qituvchilarga katta mas'uliyat yuklanadi. Ular ishti- rokchilarni uyushtirishlari va o'z vaqtida musobaqaning bir turidan ikkinchisiga almashishlarini ta'minlaydi. Gimnastika bo'yicha ommaviy musobaqalar tashkilotlar, o'quv maskanlari va boshqa jamoalarda (semestr, yarim yillik va h.k. o'quv musobaqalari), shuningdek, «Alpomish va Barchinoy» sog'lomlash-tirish testining gimnastika talablariga binoan o'tkazilishi mumkin. Musobaqa oxirida kotibiyat (har bir jamoa) har bir qat-nashchi va butun jamoaning erishgan natijalarini (ommaviy musobaqa nizomiga muvofiq) hisoblab chiqadi va bosh hakamlar hay'ati (ko'pincha bosh hakam) aniqlangan ballar yig'indisiga ko'ra qatnashchilarni mukofotlaydi. Undan tashqari, musobaqa oxirida eng kuchli jamoalar va ishtirokchilar (shaxsiy) aniqlanadi, ular muayyan musobaqaning g'oliblari sifatida mukofotlanishadi. Download 487.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling