O’zbekistonda sport musobaqalarini yaratilishining o’ziga xos xususiyatlari
Download 487.78 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbekistonda sport musobaqalarini yaratilishining oziga xos xususiyatlari
Gimnastikada hakamlik qilish
Gimnastikada hakamlik qilish, har bir hakamdan shu soha bo'yicha yaxshi bilim, malaka va yetarli darajada amaliy tajribani talab qiluvchi murakkab jarayondir. Hatto past toifali gimnastlar ishtirok etayotgan kichik (kollej, litsey, tuman va h.k.) tashkilotlarda «Alpomish va Barchinoy» sog'liq darajasini aniqlaydigan testlar mezonlarini topshirish osonlashtirilgan o'quv dasturlari bo'yicha o'tkaziladigan musobaqalarda hakamlik qilish uchun ham muayyan malakaga ega bo'lishi zarur. Adolatli baholash mas'uliyati (hakamlik qilish) uchun o'tkazilishi aniq musobaqaga oldindan tayyorgarlik ko'rish zarur. Shu maqsadda hakamlar guruhlari uchun maxsus seminarlar uyush-tiriladi. Sinash uchun hakamlik qilib ko'riladi (guruhlar bilan). Hakam nimani baholaydi? U mashq (majburiy dastur) mazmu- niiii. sportchini mashqlarni bajansh mahoratini va bosh hakamning qo'shimcha ko'rsatmalarini yaxshi bilishi shart.
83
Qoida esa ishtirokchilar bajaradigan mashqlar yozilganiga mos kelishini, mashqlarni xatosiz, elementlarning tuzilishini buzmas-dan, qomatni to'g'ri tutib, katta ko'lamdagi harakatlar bilan aniq, ishonchli hamda nafis bajarilishini talab qiladi va uni oqilona baholaydi. Mayda (ahamiyatsiz) xato uchun 0,90 ball; o'rtacha xato uchun (muhimroq xato uchun) 1,10 ball, qo'pol xato (buzib bajarish) uchun esa 1,20 ball kamaytiriladi. Hakam gimnastlar yo'l qo'ygan hamma xatolarni ko'rishi shart. Hakam (ayniqsa, hakamlik faoliyatining boshida) xatolarni mayda, o'rta va qo'pol xatolarga mos keladigan shartli belgilardan foydalanib ifodalashi, agar element birikmasi tushirib qoldirilgani yoki buzib bajarilganini sezib qolganda, uni qaydnomada yozib, belgilab borish kerak. Bularning hammasi butun mashqni yodda yaxshiroq tiklash va uning qaysi qismlarida qanday xatoga yo'l qo'yilganligini aniqlash imkonini beradi, to'g'ri baholash, ayniqsa, hakamlar bergan baholar orasida katta farq yuz berganda muhimdir. Yuqoridagi ma'lumotlarga asoslanib, hakam ballarda yakuniy bahoni qo'yadi va uni ko'rgazma kitobcha yordamida katta hakamga ko'rsatadi. Har bir mashqning bajarilishini baholashda mumkin qadar, obyektiv bahoga erishish uchun amalda quyidagilar qo'llaniladi: • har bir turga 4—6 (6—8) hakamdan iborat guruh tuziladi; • har bir hakam mustaqil baho chiqaradi; • hakamlar guruhi teng huquqlilik asosida tuziladi; • hakamlar orasidagi kelishmovchiliklarni joylardagi katta hakam bartaraf etadi. Hakamlik qilish sifati hakam (nufuzli musobaqalarda) va uning o'rinbosarlari, kuzatuvchi hay'at tomonidan nazorat qilib boriladi. Nazorat qiluvchi hay'at a'zolari o'z ishi jarayonida hakamlik qilish qoidasida kamchiliklar aniqlasa, uni o'z vaqtida bosh hakamning o'rinbosariga ma'lum qiladi. Gimnastika musobaqalar hakami gimnastika mashqlari texnikasini bajarilishini yaxshi bilishi, musobaqa qoidalarining barcha ikir-chikirlarini 84
farqlashi, yetarli darajada tartibli, intizomli, xotirjam bo'lishi va ko'rish xotirasi yaxshi bo'lishi lozim. Hakamlik asoslarini faqat o'qituvchi,murabbiy bilib qolmasdan, har bir gimnast ham bilishi kerak, chunki bu bilimlar uning sport mahoratining oshishiga ko'maklashadi va musobaqada yuqori natijaga erishishiga yordam beradi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling