O‘zbekistonda tibbiyotni rivojlantirish taxlili Kirish I. Bob
Download 27.75 Kb.
|
O‘zbekistonda tibbiyotni rivojlantirish taxlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.Bob 2.1 Kardiologiyaga oid muammolarni o‘rganish. 2.2 Mustaqillik yillari, xususan, oxirgi besh yilda sog’liqni saqlash sohasining o‘rni. Xulosa
O‘zbekistonda tibbiyotni rivojlantirish taxlili Kirish I.Bob 1.1 Tibbiyot — kishilar sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish . 1.2 Kasallikni davolashda ovqatlanish, ya’ni parhezni muhim omillardan deb hisoblaydi. II.Bob 2.1 Kardiologiyaga oid muammolarni o‘rganish. 2.2 Mustaqillik yillari, xususan, oxirgi besh yilda sog’liqni saqlash sohasining o‘rni. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Tibbiyotning taraqqiyotida Rim hakimi Galenning xizmatlari nihoyatda katta. U anatomiya, fiziologiya, umumiy patologiya, terapiya, akusherlik, gigiyena, dorishunoslikka oid ma’lumotlar to‘plagan va tibbiyotni ilmiy tizimga solishga harakat qilgan. IIIdavr. O‘rta asr taraqqiyotida tibbiyot. O‘rta asrlarda G‘arbiy Yevropada tibbiyot ilmiy tomondan deyarli taraqqiy etmadi. Bu davrda jamiyatda nasroniylik cherkovining mavqeyi ortdi. Toat-ibodat dori-darmonlarga qaraganda samaraliroq davolash vositasi deb qaralar, jasadni yorib o‘rganish esa gunohi azim hisoblanar edi. Lekin shunga qaramay, bu davrda ham tibbiyotga oid amaliy tajribalar to‘plana bordi. O‘rta asrlarda tabobat ilmi Sharqda, jumladan, O‘rta Osiyoda rivojlana boshladi. Yunon, sanskrit va boshqa qadimiy sharq tillarida yozilgan tibbiy asarlarni ko‘pchiligi, jumladan, Aristotel, Dios- korid va Galenning dorishunoslikka oid asarlari shu davrda suryoniy va arab tiliga tarjima qilindi. Abu Hanifa ad-Dinavoriy, Abu Mansur Somoniy, Muhammad ibn Yusuf Iloqiy, Muhammad ibn Bahrom Kolonisiy, Ali ibn Umar Najibuddin Samarqandiy kabi mashhur tabib va hakimlar turli kasalliklarning kelib chiqish sabablari, ularning oldini olish va davosiga hamda dorishunoslikka oid ilmiy asarlari va amaliy ishlari bilan Sharqda tibbiyotning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdilar. Sharqning mashhur tabibi, ensiklopedist olimi Abu Bakr ar- Roziy (865—925)ning tabobat sohasidagi asarlari, umuman, jahon tibbiyotining rivojlanish va boyishida g‘oyatda ulkan ahamiyat kasb etdi. Olimning tabobat qobusnomasi hisoblangan 25 jildli «Al-Hoviy» nomi bilan tanilgan katta to‘plam («Al-Jomi’ al-Kabir va qad urifa bi-l Hoviy») kitobi hozirgacha G‘arb va Sharq tibbiyotida mashhurdir. Abu Rayhon Beruniy (973—1048)ning «Tibbiyotda dorishunoslik» («Kitob al-saydana fi-t-tib») asari esa o‘sha davr tabobatining eng katta yutug‘idir. Bu asar O‘rta Osiyo dorishunoslik ilmiga asos bo‘ldi. Download 27.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling