O‘zbekistonda turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlashning huquqiy me’yorlari


Turistik faoliyatdagi xavf-xatarlar va ularni


Download 32.32 Kb.
bet2/8
Sana02.01.2022
Hajmi32.32 Kb.
#192050
1   2   3   4   5   6   7   8
10.2. Turistik faoliyatdagi xavf-xatarlar va ularni

bartaraf qilishning chora-tadbirlari

O‘zbekistonda «Turizm to‘g‘risida»gi qonunda turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlashdagi chora–tadbirlarni ishlab chiqish bir qator moddalarda qayd qilingan. Shunga qaramasdan, qayd qilish lozimki, turist larning hayotiga xavf soluvchi vaziyatlar, holatlar va omillar o‘ta sustkashlik bilan bir tomonlama, umumiy xulosalar tariqasida o‘rganilmoqda. Ayniqsa, turistik muhitda, turistik marshrutlardagi xizmatlarda turistlarning xayotiga xavf soluvchi xavf–xatarlar umuman tadqiq qilinmayapti.

Turizmda xavfsizlik tushunchasi - amaliy fanlardan bo‘lishi lozim va «Butunjaxon turizm tashkiloti»ning ishlab chiqgan ko‘rsatmalari bo‘yicha har bir davlat o‘zidagi turizm soxasi uchun «turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlash» o‘quv dasturini ishlab chiqishi va turizm ta’limi yo‘nalishlarda barcha mutaxassisliklarda o‘qitilishi zarur. Mamlakatimizda turistlar bilan yuz beradigan qandaydir fojeani kutib turmasdan biz milliy turizmda xavfsizlik, turistlarning hayotiga xavf soluvchi vaziyatlar, omillar, bunday xavflarning kelib chiqishi va oldini olish chora–tadbirlarini ishlab chiqishni xozirdan o‘rganishimiz zarur bo‘ladi.

«Turizmdagi xavfsizlik»da turist va ekskursiyachilarga ko‘rsatiladigan xizmatlarda «xavfsizlik» masalalarini tadqiq qilib ularning hayoti xavfsiz liklarini ta’minlashning metodlarini ishlab chiqish va nazorat qilish uchun qo‘yidagi asosiy vazifalarni echish lozim bo‘ladi: «Turizmda havfsizlik»ni turist ekskursiyachilarga ko‘rsatiladigan xizmatlarni tadqiq qilib ularning hayoti xavfsizligini ta’minlashning metodlarini ishlab chiqish va nazorat qilish uchun qo‘yidagi asosiy vazifalarni echishi lozim bo‘ladi:



  • Turda joylashtirish, xarakatlanish, ovqatlanish va boshqa faoliyat larda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy ta’sirlarni aniqlaydi va baxolaydi;

  • Turda yuzaga keladigan salbiy ta’sirlarni yozish, ta’riflash va tav siflashni bir tizimga soladi;

  • Xavfli va zararli omillarning oldini olish va yo‘qotish usullarini, variantlarini ishlab chiqadi;

  • Turda komfort sharoitni yaratadi va xavfsizlik chora–tadbirlarini ishlab chiqadi.

Turistik muhit va turistik xavf haqida tushuncha. Insoniyat jamiyati da rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlarini qamrab olgan «muhit» lar juda ko‘p, masalan: «ishlab chiqarish muhiti», «maishiy muhit», «tabiiy muhit» va h.k.. Bu muhitlarda inson faoliyat ko‘rsatib (mehnat qilib) o‘ziga zarur xom ashyolarni oladi, asbob– anjom tayyorlaydi. Xullas, o‘z ehtiyojlari uchun zaruriy predmetlarni oldindan rejalashtirilgan maqsad va vazifalar bo‘yicha ishlab chiqaradi.

Turizmni rivojlan tirayotgan davlatlarda hozirgi vaqtda yangi–«turistik muhit» tushunchasi ham paydo bo‘ldi4. Qayd qilingan mualliflar bo‘yicha «turistik muhit» turda, turistik paketdagi elementlar va omillarning ta’sirlari yig‘indisidan hosil bo‘lgan muhitdir (3-rasm).



Turistik muhit elementlariga xizmatlar paketi va bu paketga yo‘l– yo‘lakay qo‘shilib boradigan xizmatlar kiradi:

  • turistik marshrutning boshlanishi va tugashidagi transfer jarayonlar;

  • turistik marshrutning tugashi oralig‘idagi vaqtda turistlarning ko‘chib yurishlari; boshlanishi va turda turistning yashash joyi:

  • tur davridagi yashash joyi tipi;

  • yashash joyi konstruksiyasi va qurilishda foydanilgan materiallar;

  • yashash joyining ichki joylashishi; xonalarning maydoni;

  • yorug‘likning tushishi va elektr yorug‘ligi;

  • mikroiqlim va isitish tizimi, havoning tozaligi va shamollatish usullari, joyning sanitariya holati, sanoat ob’ektlariga uzoq yoki yaqinligi.


Download 32.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling