O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish va uning istiqbollari
Turizm faoliyati va uni rivojlantirish sohasidagi ijtimoiy-madaniy oqibatlar
Download 86 Kb.
|
O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish va uning istiqbollari.
5. Turizm faoliyati va uni rivojlantirish sohasidagi ijtimoiy-madaniy oqibatlarTurizm mahalliy aholi va uning madaniy modellariga ijobiy ta’sir ko‘rsatish bilan birga, salbiy ta’sir ham ko‘rsatishi mumkin. Har qanday bosqichda turizmni rivojlantirishni rejalashtirishda ijtimoiy-madaniy ta’sirlarning sabablarini albatta hisobga olish zarur. Zarur darajada rejalashtirilgan, rivojlantirilgan va boshqarilganda turizm quyidagi ijtimoiy-madaniy foydalar keltiradi: mahalliy aholining turmush darajasini oshirish va kommunal ob’ektlar va xizmatlarni yaxshilash uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratilishiga ko‘maklashadi; tegishli turistik rayonning madaniy merosini saqlab qolish, musiqa, raqs, xalq og‘zaki ijodiyoti, san’at va hunarmandchilik, turmush tarzi, iqtisodiy faoliyatning an’anaviy turlari va arxitektura usullari bilan bog‘liq madaniy modellarning rivojlanishiga yordamlashadi; turistik faoloiyat mablag‘lari tomonidan ta’milanadigan, lekin ulardan mahalliy aholi ham foydalanishi mumkin bo‘lgan muzeylar, teatrlar va boshqa madaniyat ob’ektlarining yaratilishi va qo‘llab-quvvatlanishiga xizmat qiladi; turistlar tomonidan yuqori baho berilishi tufayli mahalliy aholining o‘z madaniyati uchun faxr tuyg‘usini kuchaytiradi, ba’zan qayta tiklaydi ham; turistlar va mahalliy aholi o‘rtasida madaniyat sohasidagi almashishlarni ta’minlaydi. Bunga ko‘pincha turizmning bilib olish uchun borish, qishloq turizmi va mahalliy aholining xo‘jaligini borib ko‘rish dasturlari kabi turlari yordamlashadi. Ijobiylari bilan birga ijtimoiy-madaniy tusdagi salbiy ta’sirlar ham yuzaga kelishi mumkin. Masalan, ayniqsa mavsum avjiga chiqqan paytida turistlarning haddan ortiq to‘planishi. Bunday paytlarda diqqatga sazovor joylar, xizmat ko‘rsatish ob’ektlari, restoranlar, magazinlar, transport vositalari turistlar bilan to‘lib-toshgan bo‘ladi va bu mahalliy aholi uchun katta o‘ng‘aysizliklar keltirib chiqaradi. Turistlar oqimining haddan ortiqligi muhim arxeologik va tarixiy yodgorliklar holatining yomonlashuviga olib keladi. Masalan, haddan ortiq tijorat faoliyati mahalliy odatlar, rasm-rusumlar, musiqa, raqslar, hunarmandchilik va boshqa madaniy modellarning o‘ziga xos xususiyati yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. Mahalliy aholida, ayniqsa, yoshlarda bunday vaqtlarda turistlarning xulq-atvori va kiyinishiga taqlid qilishga qiziqish uyg‘onadi. Bundan tashqari, turistlar va mahalliy aholi o‘rtasida ko‘pincha til va xatti-harakat o‘rtasidagi farqlar tufayli tushunmovchiliklar va nizolar kelib chiqishi mumkin; turizm giyohvandlik, alkogolizm, jinoyatchilik va fohishabozlik bilan bog‘liq ijtimoiy muammolarni chuqurlashtirishga xizmat qilishi ham mumkin. Xulosa Turizmning iqtisodiy samaradorligi tahlil etilayotgan vaqt davomida jonli va buyumga aylangan mehnatni eng kam sarf qilgan va atrof-muhitni optimal darajada saqlab qolgan holda mamlakat va xorijiy turistlarning tegishli talabiga mos keladigan mahsulotlar va xizmatlarning eng katta hajmini yaratish va realizatsiya qilish uchun ishlab chiqarish va turistik resurslardan foydalanish darajasi bilan baholanadi. Turizm ob'ektlari mamlakatning faqat bir yoki bir nechta tumanlarida jamlanganda ham iqtisodiy buzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Bunda yuqoriroq ish haqi va yaxshi mehnat sharoitlari hisobiga turizm iqtisodiyotning boshqa sektorlaridan juda ko`p xodimlarni jalb qiladigan bo`lsa, bandlik nuqtai nazaridan salbiy muammolar yuzaga kelishi mumkin. Bundan tashqari, tez rivojlanayotgan turistik zonalarda inflyatsiya va yerga, boshqa mahsulotlar va xizmatlarga narx oshib ketishi mumkin. Shuning uchun bunday salbiy hodisalar turistik faoliyatni rejalashtirish va uning samaradorligini baholashda hisobga olinishi kerak. Download 86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling