O`zbekistonda xozirgi kunda un va un mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasida bir qator texnik talablar tadbiq etilmoqda. Ushbu talablar aholini sifatli un va un mahsulotlari bilan ta’minlashga qaratiladi. Un va un mahsulotlari sifatini yaxshilash, inson uchun foydali qo`shimcha mikroelementlar bilan boyitish doimiy e’tiborda. Xususan, aholi salomatligini ta’minlash, bolalar va ayollarda temir va yod moddasi tanqisligi hamda anemiyaning oldini olish maqsadida tizimdagi korxonalarning tegirmonlarida ishlab chiqarilayotgan birinchi navli un to’liq mineral-vitamin aralashmalari bilan boyitilmoqda. Xozirgi kunda biz yanada samaraliroq usulni yaratdik
Buning uchun korxonalarda 1tonna unga 120-gr vitamin –mineral aralashmalar qo`shiladi. Xozirgi kunga kelib, bu ko`rsatkich 200gr gacha ruxsat etilgan. biz o`z tajribalarimizda 180 gr gacha aralashma qo`shish optimal variant ekanligini tadqiqotlarimizda amaliy jihatdan sinab ko`rdik va bu samarali natija berdi. Buning natijasida biz yanada boy va sifatli mahsulot olishga erishdik. Biz tadqiqotimizda 20% quritilgan olma kukuni, 20% na’matak kukuni, 60% eron xinasining ikkilamchi xom-ashyosini qo`shdik. Aralashmaning tarkibi niatsin, riboflav, tiamin, foliy kislotasi hamda temir, yod, rux vitaminlar va mikroelementlardan tarkib topgan. Bu bug`doyni qayta ishlash davomida yo`qotilgan vitaminlarni to`ldirishga yordam beradi.
Tadqiqotimiz davomida unning organoleptik ko`rsatkichlari va unning inson organizmiga salbiy ta`siri aniqlanmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |