O'zbekistonda yangi demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti 1-Mavzu: «O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti»
Download 176.5 Kb.
|
O'zbekistonda yangi demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amal
O'zbekistonda yangi demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti 1-Mavzu: «O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» kursining predmeti va jamiyatshunoslik fanlari tizimida to'tgan o'rni Reja: 1. Kursning predmeti va muammolar doirasi.
Jamiyatning ko'p asrlik taraqqiyoti jarayonida shakllanib, doimo rivojlanib kelayotgan xar bir fanning o'ziga xos predmeti mavjud. O'zbekistonda yangi demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kursi bundan istisno emas. Mazkur kursning predmetini O'zbekistonda davlat mustaqilligining qo'lga kiritilishi, demokratik, fuqarolik jamiyat asoslarini shakllantirish, bozor munosabatlariga asoslangan ko'p ukladli iqtisodiyotni qaror toptirish, jamiyatimizni ma'naviy qayta tiklash va yuksaltirish, O'zbekistonning teng huquqli xamkorlikka asoslangan tashqi siyosati nazariyasi va amaliyoti tashkil etadi. Bundan yaqqol ko'rinib turibdiki, «O'zbekistonda yangi demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» bir biri bilan o'zaro bog'liq bo'lgan quyidagi besh turkum muammolardan tarkib topgan. 1. O'zbekiston davlat mustaqilligining qo'lga kiritilishi va uning tarixiy ahamiyati bilan bog'liq bo'lgan muammolar. O'zbekiston davlat mustaqilligining qo'lga kiritilishi muhim ijtimoiy-siyosiy, tarixiy va olamshumul voqea hisoblanadi. Bunga biz tasodifiy ravishda yoki bo'lmasa oppa-osongina erishganimiz yo'q. Uni hech kim bizga hadya etgan xam emas. Mustaqillikka Xalqimiz ko'p yillar davom etgan jiddiy va mashaqqatli kurashlar evaziga erishdi. Avlod-ajdodlarimiz tomonidan olib borilgan kurashlar bo'lmaganda biz hech qachon mustaqillikka erishmasdik. O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi – bu jamiyatimizning oldingi taraqqiyoti tomondan tayyorlangan, bosqichma-bosqich jiddiy kurashlar tufayli sodir bo'lgan ob'ektiv va qonuniy jarayondir. Xalqimizning asriy orzusi bo'lgan mustaqillikni qo'lga kiritishda Prezidentimiz Islom Abdug'aniyevich Karimovning xizmatlari katta. Yurtboshimizning o'zbek xalqini ozodlikka chiqarib, siyosiy va iqtisodiy inkroz botkogidan olib chiqish yo'lidagi sa'y-xarakatlari btun dunyo e'tirof etdi. Mustaqillikka erishish tarixini batafsil o'rganmasdan turib mazkur hodisaning mohiyati va ahamiyatini tug'ri anglab olish mumkin emas. 2. O'zbekistonda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyat asoslarining barpo etilishi va xususiyatlari. Respublikamizning mustaqil davlat deb e'lon qilinishi bilan jamiyatimizda siyosiy islohotlar avj olib ketdi. O'zbekistonda demokratik huquqiy davlat qurishning nazariy asoslari va ularni hayotga tatbiq etish yo'llari ishlab chiqildi. Shunga muvofiq, respublikamizda eski ma'muriy-buyrukbozlikka asoslangan xokimiyat tizimidan milliy davlatchilik tizimiga o'tish mexanizmi yaratildi. O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi qabul qilindi. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud xokimiyati barpo etildi. Maxalliy davlat xokimiyati organlari – viloyat, shahar, tuman xokimiyatlari tashkil etilib ularning vakolatlari belgilab berildi. Demokratik institutlari va fuqarolik jamiyatni qaror toptirish siyosati ishlab chiqildi va hayotga joriy etildi. Siyosiy partiyalar, nodavlat jamoa tashkilotlari va boshqa jamoat barlashmalarning O'zbekiston respublikasi hayotidagi o'rni asoslab berildi. Shuningdek, davlat mudofaa qobiliyatini mustaxkamlash, islohotlar huquqiy asoslarini yaratish, inson huquqlarini himoya qilish, huquqiy ongni rivojlantirish bilan bog'liq bo'lgan nazariy va amaliy tadbirlar ishlab chiqildi. Mazkur masalalar «O'zbekistonda yangi demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» kursning asosiy muammolari deb hisoblanadi. 3. Iqtisodiy islohotlar, bozor munosabatlarini shakllantirish bilan bog'liq bo'lgan muammolar. Mazkur muammolar turkumiga O'zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'li, uning asosiy tamoyillari va xususiyatlari, iqtisodiy islohotlar va bozor iqtisodiyotining huquqiy asoslarini yaratish va ularni hayotga tatbiq etish, ko'p ukladli iqtisodiyot va mulkdorlar sinfining shakllanishi, tadbirkorlik, kichik va o'rta biznesni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish, bozor infratuzilmasini shakllantirish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish, aholini ijtimoiy muxofaza qilish kabilar kiradi. Mazkur masalalarni chuqur va atroflicha anglab olish jamiyatimizda sodir bo'layotgan iqtisodiy islohotlarning mohiyatini ongli ravishda idrok etib faoliyat ko'rsatishning muhim omilidir. 4. Jamiyatimizning madaniy-ma'naviy tiklanishi va yuksalishi bilan bog'liq bo'lgan muammolar. Mustaqillikni qo'lga kiritgach, dastlabki kunlardanok ajdodlarimiz tomonidan ko'p asrlar mobaynida yaratib kelingan g'oyat ulkan, bexabo ma'naviy va madaniy merosimiz, milliy qadriyatlarimizni tiklash - davlat siyosatining muhim yo'nalishlariga aylanadi. Natijada Xalqimizning o'z takdirining chinakam egasi, o'z tarixining ijodkori, o'ziga xos milliy qadriyatlarning, madaniyatining sohibiga aylanadi. Davlatimiz tomonidan ma'naviy tiklanishning ijobiy, bunyodkorlik mohiyatini kuchaytirishga qaratilgan, bir-birini to'ldiradigan siyosiy, iqtisodiy va madaniy dasturlar majmuasi ishlab chiqildi. «Ushbu dasturlar, - deydi I.A.Karimov, - birinchi navbatda, qayta tiklanayotgan merosga farqlab yondoshishga, eng muhim, umuminsoniy qadriyatlari boyitadigan hamda jamiyatimizni demokratiyalash va yangilash talablariga javob beradigan, axloq jihatdan ahamiyatli an'analarni, urf-odatlarini tanlab olish zaruriyatiga asoslangan edi». Mazkur dasturning hayotga izchillik bilan tatbiq etish natijasida ma'naviy hayotimizda muhim o'zgarishlar ro'yobga chiqdi. Milliy merosimiz, qadriyatlarimiz, urf-odat va an'analarimiz tiklandi, dinga munosabatimiz o'zgardi, ona tilimizga davlat makomi berildi, milliy iftixori usdi. Ta'lim-tarbiya sohasida, kadrlar tayyorlash tizimida muhim o'zgarishlar bo'layotir. Milliy qadriyatlarimiz mazmunan boyib jahon madaniyatiga qo'shilishda vositachilik rol o'ynab kelmokda. Jamiyatimizning ma'naviy hayotidagi tub sifat o'zgarishlarni sinchiklab anglab olish O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish jarayonini ilmiy asoslab berishda katta ahamiyat kasb etadi. 5. O'zbekistonning milliy manfaatlar ustuvorligi va teng huquqli xamkorlikka asoslangan tashqi siyosati bilan bog'liq bo'lgan muammolar. Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek, O'zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan ko'p tomonlama faol tashqi siyosatni amalga oshirish – davlatimizning mustaqilligini mustaxkamlash, iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etish va Xalq turmushini yaxshilashning zarur sharti va g'oyat muhim vositasidir. Shuni e'tiborga olgan xolda Respublikamiz o'zining Xalqaro obro'-e'tiborini qozonish va mustaxkamlash, Xalqaro huquqning teng huquqli sub'ekti sifatida o'zini qaror toptirishga qaritalgan tashqi siyosati, uni amalga oshirish yo'llarini belgilab oldi. O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy yo'nalishlarini mamlakatimiz milliy xavfsizligini ta'minlash, unga taxdid solib turgan mintaqaviy mojarolar, diniy ekstrimizm va fundamentalizm, buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik, etnik va millatlararo ziddiyatlar, korrupsiya va jinoyatchilik, maxalliychilik va urug-aymokchilik, ekologik muammolarni oldini olish, jamiyatimizda tinchlik, barqarorlikni saqlab qolish, O'zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan o'zaro manfaatli aloqalari, MDG', Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan ko'p tomonlama va ikki tomonlama xamkorligi kabilar tashkil etadi. Mazkur masalalar xam «O'zbekistonda yangi demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» kursi muammolar doirasiga kiradi. Yuqorida ko'rsatib o'tilgan yo'nalishlarga daxlli bo'lgan muammolar bir-biri bilan o'zviy bog'langan, shuning uchun xam ularni birini ikkinchisidan ajratib qarash mumkin emas. Shuni xam aholida eslatib o'tish joizki, «O'zbekistonda yangi demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» kursning predmeti, muammolar doirasi hayotiy extiyojlardan kelib chiqkan xolda mazmunan boyib, o'zgarib turadi. Shu tariqa eski muammolar xal etilgandan keyin uning o'rnini yangi muammolarning qalqib chiqishi tabiiy xoldir. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, mazkur kursni o'zlashtirishda xar bir masalaga ijodiy yondoshish maqsadga muvofiqdir. «O'zbekistonda yangi demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» predmeti doirasiga kiradigan muammolar bilan «Davlat va huquq asoslari», «Iqtisodiyot nazariyasi», «Ma'naviyat asoslari», «Siyosatshunoslik», «Falsafa», «Sotsiologiya» va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlari xam shug'ullanadi. «O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» kursi jamiyatning umumiy tuzilishi, uning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma'naviy, millatlararo va davlatlararo munosabatlarining shakllanishi va taraqqiy etish qonuniyatlari bilan shug'ullanadi. Shu sababli u boshqa jamiyatshunos fanlarga nisbatan kishilarni keng ko'lamli ma'lumotlar bilan qurollantiradi. Mana shu xususiyati bilan «O'zbekistonda yangi demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» kursi jamiyatni falsafiy tushunishga yordam beradi. Lekin u falsafaning o'rnini bosa olmaydi. Chunki Falsafa «O'zbekistonda yangi demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti»ga nisbatan nafaqat jamiyat, balki tabiat, inson tafakkurining eng umumiy aloqadorlik va rivojlanish qonuniyatlarini o'rganadigan fandir. Shuning uchun xam u barcha tabiiy va ijtimoiy fanlarning umumiy metodologik asosini tashkil etadi. Download 176.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling