O’zbekistonda zamonaviy va milliy tasviriy san’atida ayol va ona obrazi yaratilgan rassomlar asarlarini tahlil qilish
Download 261.71 Kb. Pdf ko'rish
|
o-zbekistonda-zamonaviy-va-milliy-tasviriy-san-atida-ayol-va-ona-obrazi-yaratilgan-rassomlar-asarlarini-tahlil-qilish
malakalar hosil qilish;
✓ kuzatuvchanlik, ko’rish xotirasi, chamalash qobiliyati, fazoviy va obrazli tasavvyrlarini, abstrakt va mantiqiy tafakkurni rivojlantirish; ✓ tasviriy, amaliy me’morchilik san’at asarlarini tushungan holda o’qiy olishga o’rga- tish; ✓ san’atga nisbatan qiziqish uyg’otish uni qadrlashga, sevishga o’rgatish. ✓ Tasviriy san’at darslarining qo’shimcha vazifalari: ✓ borliqni, hayotni bilishga ko’maklashish; ✓ milliy g’urur va milliy istiqlol mafkurasini amalga oshirish; ✓ bolalarga axloqiy (vatanparvarlik, baynalminnal); ✓ mehnat, jismoniy tarbiyani amalga oshirish; ✓ talabalarni turli kasb va hunarga yo’llashdan iborat. Talabalarning estetik idroki, didi, mazkur sohaga doir tushunchalari, tasavvur va xotiralarni o’stirishda muhim rol’ o’ynaydi. Borliqni idrok etish mashg’ulotlari odatda mavzuli kompazitsiyalarni bajarishdan oldin o’tkazilib, unda tabiatdagi va tevarak- atrofdagi nafislik va go’zallikni ko’ra bilish, idrok etish natijasida olingan tassurotlardan amaliy, badiiy-ijodiy faoliyatlarida foydalanish nazarda tutiladi. Shuningdek, tabiatga qilingan sahyohat jarayonida, zarur hollarda ayrim ob’ekt va hodisalarni qalam, bo’yoq va boshqa badiiy materiallar yordamida xomaki rasmlari ham ishlanadi. Tabiat va borliqni kuzatish jarayonida bolalarni uni sevishga, asrab- avaylashga o’rgatiladi. Tabiatga qilingan sayohatlarda ularning ayrim jihatlari fasillarga bog’liq bog’liq holda o’zgarib turishligi bolalarga tushintiriladi. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 January 2022 / Volume 3 Issue 1 www.openscience.uz 768 Shuningdek, bunda talabalarni fazoviy tasavvurlari ham o’stiriladi va planlik, chiziqli va havo havo perspektivasiga ham e’tibor beriladi. Borliqni kuzatish bevosita tasviriy ijodiy faoliyat bilan bog’liq ekanligi, borliqni bilmasdan turi sifatli tasviiy ishlarni bajarish mumkin emasligi bolalar ongiga etkaziladi. Borliqni idrok etish mashg’ulotlarini vazifalariga rioya qilgan holda quyidagi mazmunda mashg’ulotlar o’tkazish nazarda tutiladi: 1. Fasllar tabiatni o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish; 2. Tabiat mo’jizalari, bahorgi va kuzgi ishlar bilan tanishish vahokazolar. Yuqorida qayd qilinganidek, bunday mashg’ulotlardan maqsad, borliqni bilishi, undagi narsa va hodisalarni, o’ziga xos xususiyatlarini, ayniqsa, tuzulishi, rangi, o’lchovlari, o’lchov nisbatlari, fazoviy holatlari, ularni yil fasillariga qarab o’zgarishlarini anglab etishlariga erishishdan iboratdir. O’zgarish zarur bo’lgan obyektlarni naturadan kuzatishning imkoni bo’lmagan taqdirda o’qituvchi darsda bolalarni san’at asarlarining reproduksiyalari, slaydlari, foto nusxalarini namoish etish orqali o’z maqsadiga erishadi. Kompazitsion faoliyat o’z mazmuniga ko’ra uch qismga bo’linadi: 1. Rangtasvir kompazitsiyasi. 2. Dekarativ kompazitsiya. 3. Haykalta- roshlik kompazitsiyasi. Kompazitsion faoliyat talabalarda badiiy-ijodiy qobiliyatni, o’z fikr va ta’surotlarni rasmda obrazli qilib tasvirlash hamda badiiy didni o’stirishni, talabalarda vatanparvarlik ruhini shakillantirishni maqsad qilib qo’ydi. Tasviriy san’atda, borliqni aks ettirish o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi. U inson paydo bo’lishi bilan shakllanib taraqqiy eta boshladi. O’rta asrga kelib o’zining eng yuqori cho’qqisini namoyon qildi. Ko’nglida san’atga bo’lgan ishtiyoqi baland kishilardan, hech qachon vatan xoyinlari chiqmaydi. Bunday kishilar, vatan kelajagi uchun uning gullab yashnashi uchun, qo’llaridan kelgan barcha ishlarni qilishga, tayyordirlar. O’z bilim va zakovatlarini, namoyon qila olishlariga ishonchimiz komildir. Davr o’tadi, avlodlar almashadi. Ehtimol, bugungi libos ertaga boshqasiga o’rin bo’shatib berar, lekin bobomeros tuyg’ular hech qachon o’zgarmaydi. Tasviriy san’atning auditoriyasi ana shu ma’naviy asos ruhi, bugungi zamondoshlarimiz qiyofasining asarlarimizda qay tariqa ifoda topishiga bog’liq. - Ijod sirli olam, har qanday yuksak saviyali asar, tabiiyki, o’z qulf-kalitiga ega. Uni oddiy odamlarga albatta sharhlab-tushuntirib berish kerak. San’at yo’nalishlarining o’zaro uyg’unlikda rivojlanishining milliy ma’naviyatimiz yuksalishidagi o’rni va ahamiyati haqida nimalar deya olasiz? - San’atning biror-bir yo’nalishi o’z holicha taraqqiy etolmaydi. Bugun mamlakatimizda san’atning barcha sohalarini rivojlantirishga katta e’tibor "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 January 2022 / Volume 3 Issue 1 www.openscience.uz 769 qaratilmoqda. Ammo ijodkorlarimiz o’rtasida o’zaro ijodiy muloqotlar kam, asarlarga munosabat bildirish hamon sust. Aytaylik, bitta suratni shoir, artist yo haykaltarosh o’ziga xos tushunadi. Bugun, afsuski, shoir asarlari taqdimotida rassomlarni, ko’rgazmalarda esa artist yo yozuvchilarni kam uchratasiz. Shuning uchun ham Badiiy akademiyamizdagi yig’ilishlarga imkon qadar san’atning barcha yo’nalishlari vakillarini qamrab olishga harakat qilyapmiz. Har bir asar - milliy mafkura va tarbiyaning kuchli vositasi. Ma’naviyatning yuksalishi ijodiy sa’y-harakatlarning qay tariqa birlashishiga bog’liq. Bu cho’qqiga erishish uchun, avvalo buyuk va muqaddas Vatanimizda tug’ilish - baxt, ayni paytda juda katta mas’uliyat ekanini anglash lozim. Yaqinda yangi suratlar chizib, ularga “Onaizor” va “Noqobil o’g’il” deb nom qo’ydim. Ikkisida ham bir mazmun - farzandining diydoriga mushtoq ona (Vatan) va volidasi poyida tiz cho’kkan o’g’il tasvirlangan. Inson yo’lga chiqadigan va mangu talpinadigan manzil yagona - ona-Vatan. Ota-bobolarimiz uyi oldidagi quduqning suvi kamaysa, chashmani boshqa yerdan izlamagan. Bil’aks, o’sha buloq ko’zini yanada kengroq ochishga, oilasini har jihatdan mustahkam qo’rg’onga aylantirishga harakat qilgan. Milliy immunitet ajdodlarimizga xos muqaddas yo’lning davom ettirilishi, milliy ruhning sayqallanishi va tafakkurning tanazzul ustidan g’alaba qozonishidir. Bu borada bizga o’zimizdan boshqa hech kim ko’mak berolmaydi. Ota- onani, Vatanni tanlab ham, almashtirib ham bo’lmaydi. Ma’naviyati butun avlodning tadbiri taqdiriga mos keladi. Ma’naviy jasorat ko’rsatib yashashni hayot dasturiga aylantirgan avlodlar o’z o’rnini hamisha anglab, o’zgalarga ham anglatib yashaydi. Bu jarayonda kamolot va saodat manziliga eltajak yo’lni ko’rsatish - san’atning tayanch nuqtasi, ijodkorning mangu vazifasi. Zotan, Prezidentimiz Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” kitobida ta’kidlaganidek, “har kuni har soatda fidoiy bo’lish, o’zini tomchi va tomchi, zarra va zarra buyuk maqsadlar sari charchamay, toliqmay, tinimsiz safarbar etib borish, bu fazilatni doimiy, kundalik faoliyat mezoniga aylantirish - haqiqiy qahramonlik aslida mana shu”. Download 261.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling