O’zbekistondagi ekologik muammolar va uni hal qilish yo’llari (Mustaqillik davri) Annotatsiya
Download 22.64 Kb.
|
1 2
Bog'liqO’zbekistondagi ekologik muammolar va uni hal qilish yo’llari
3 milliondan ortiq kishi band bo’lib, shuning qariyb 1 millionga yaqini zararli sharoitlarda(chang, shovqin, titrash, ultra- va infratovushlar ta’sirida) mehnat qilmoqda. Zararli mehnat sharoitlari hisobiga kasb-patologiya kasalliklar ko’payishi kuzatilmoqda. Jumladan Respublikada so’nggi besh yil davomida bu kasallik (har 10000 ishchiga nisbatan) 1,2 dan to 1,76 gacha ko’paygan, Navoiy tog’-metallurgiya kombinatida bu ko’rsatgich 1,62 dan to 3,2 gacha oshgan. Markaziy Osiyodagi mintaqaviy ekologik muammolardan eng muhimi Orol va Orol bo'yi ekologik muammosidir. Orol dengizi yaqin vaqtlargacha eng yirik dengizlardan biri hisoblangan. U muhim baliqchilik, ovchilik, transport va rekreatsion ahamiatga ega edi. Sug'oriladigan dehqonchilikning rivojlanishi natijasida Amudaryo va Sirdaryoning suv quyishi 1970 yilga kelib 37,8 km kub, 1980 yilda esa 11,1 km kub gacha kamayib ketdi. Suvning sho'rlanish darajasi litriga 9-10 g dan 34-37 g/litr gacha ortdi. Hozirgi kunda dengiz satxining yillik o'rtacha pasayishi 80-110 sm (oldin 53 sm bo’lgan 33 metr ga tushsa orol 2 ga bo'linib qoladi, hech bo'lmaganda 33,5 metr balandlikda saqlab qolish kerak). Orolning qurigan tubi yirik chang to'zon makoniga aylandi. Aholi ichadigan suv pestitsidlar bilan ifloslangan, keyingi 10 yil ichida o'lim 2 marta ortgan. Bolalar o'limi har tug'ilayotgan 1000ta chaqaloqdan 45-90 taga to"g'ri keladi. Ayollarning 80%ida kamqonlik xastaligi uchraydi. Bolalarning 90%ida siydigida tuzlar miqdori ortib ketgan. Orol muammosining hal qilinishining tub mohiyati suv resurslaridan oqilona foydalanishni amalga oshirishga bog’liq. Orolni saqlab qolish uchun Markaziy Osiyo Respulikalari bilan birgalikda qisqa vaqt ichida yiliga 20-21 kub km suv Orolga quyiladigan miqdorda yagona suv xo'jalik siyosatini ishlab chiqish bunda Orolbo'yidagi barcha tabiiy ko'llarni saqlab qolish e'tiborga olinishi lozim. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi respublikada ijtimoiy ekologik holatiga muayyan darajada salbiy ta'sir ko’rsatadi Yurtimizda boshqa sohalar qatori ekologik barqarorlikni ta’minlash, aholining qulay tabiiy muhitga ega bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish, yuzaga kelayotgan ekologik muammolarning oldini olishva ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish masalalariga ham jiddiy e’tibor qaratib kelinmoqda.[7]
Prezidentimizning 2017 yil 12 iyuldagi Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar va O‘zbekiston ekologik harakati vakillari bilan uchrashuvdagi ma’ruzasida hokimiyat vakillik organlari hamda siyosiy partiyalar va Ekologik harakatning o‘tgan davrdagi faoliyati tanqidiy ruhda tahlil etilib, islohotlarni chuqurlashtirish yuzasidan oldimizda turgan muhim vazifalar belgilab berildi. Xususan, Ekologik harakat hamda uning Qonunchilik palatasidagi deputatlik guruhining istiqboldagi vazifalari aniq ko‘rsatib o‘tildi. Avvalo, sohaga oid yangi qonun loyihalari yaratish, mavjudlarini takomillashtirish, nazorat-tahlil faoliyatini bugungi talab darajasida kuchaytirish, uzluksiz ekologik ta’lim konsepsiyasini ishlab chiqish, ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlari tizimini rivojlantirish, aholi ekologik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tizimli ishlarni amalga oshirish, atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi obyektlarni va suv tozalash inshootlarini inventarizatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi qabul qilinib, hayotga izchil tatbiq etilmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni aholining iste’mol, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun suv obyektlaridan foydalanish qismining ijro etilishi yuzasidan Sog‘liqni saqlash hamda Uy-joy kommmunal xizmat ko‘rsatish vazirliklari, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitalari axboroti yuzasidan parlament eshituvlari bo‘lib o‘tdi. Ayni chog‘da “Xavfli chiqindilarni transchegaraviy tashish va ularni yo‘q qilish ustidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi Bazel konvensiyasi bajarilishi holati o‘rganilib, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi eshituvi tashkil etildi. Xulosa Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish, hudud aholisi salomatligini muhofaza qilish, ularning turmush darajasini yanada yaxshilash, hududning ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik barqarorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ham harakat va uning deputatlar guruhi faollik ko‘rsatmoqda. Birgina misol: joriy yil 7-8 iyun kunlari “Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlar: yangicha yondashuvlar, innovatsion yechimlar va investitsiyalar” mavzuida xalqarokonferensiya o‘tkazildi va Toshkent rezolyutsiyasi qabul qilindi, Orolbo‘yi mintaqasining ekologik hamda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatini yaxshilashga yo‘naltirilgan loyihalar to‘plami ma’qullandi. Muxtasar qilib aytganda, ona tabiatga odilona munosabatda bo`lish, flora va fauna olamini asrab-avaylash, kelajak avlodga tabiat boyliklarini bus-butun yetkazish hamda ekologik muammolarni bartaraf etishga hissa qo`shish har birimizning oldimizda turgan muhim vazifa hisoblanadi. Download 22.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling