O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar reja
Download 85.94 Kb.
|
O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar
O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar REJA: Kirish Asosiy qisim 1.O’zbekistondagi ijtimoiy – siyosiy vaziyat.? 2. O’zbekiston Respublikasida davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishi.? 3. O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li.? III. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
1 80 yillar oxiri 90 yillar boshlarida O`zbekistonda jamiyatning turli sohalarida mustaqillikka intilish harakatlari kuchayib bordi. 80 yillarning ikkinchi yarmidan mustaqillikni qo`lga kiritish shart-sharoitlari vujudga keldi. 1989 yil oktyabrda davlat tili to’g`risidagi qonunni qabul qilinishi mustaqillik yo`lida muhim bosqich bo`ldi. 1990 yili bahorida markazning qattiq qarshilishga qaramasdan sobiq Ittifoq Respublikalari orasida birinchi bo`lib O`zbekistonda Prezidentlik lavozimi ta`sis etildi. Bu o`zbek davlatchiligi va mustaqillikning printsipial yangi bosqichi bo`ldi.I.A.Karimov 1990 yil 24 martda O`zbekiston Oliy Kengashida O`zbekistonning birinchi Prezidenti qilib saylandi. 1990 yil 20 iyunda mustaqillik to`g`risidagi deklaratsiyaning qabul qilinishi xalqning davlat mustaqilligiga intilishini huquqiy, iqtisodiy va siyosiy mazmun bilan to`ldirdi va g`oyat katta tarixiy ahamiyatga ega bo`ldi. O`zbekiston jamoat tashkilotlari va harakatlari orasida mustaqillik g`oyasi keng qo’llab-quvvatlandi.1991 yil 31 avgustda O`zbekiston Respublikasi Oliy Soveti XII chaqiriq navbatdan tashqari VI sessiyasi davlat mustaqilligi va mustaqil suveren O`zbekiston Respublikasi davlati tashkil topganligini e`lon qildi. Unda O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi to`g`risida Oliy Kengash Bayonoti va Respublika davlat mustaqilligi asoslari to`g`risida O`zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi hamda 1 sentyabr — Mustaqillik kuni milliy bayram deb belgilandi. Bu asosiy hujjatlar O`zbekiston oldida turgan maqsad va vazifalarni ko`rsatib berdi Mustaqil demokratik respublikasining tashkil topishi jahanshumul tarixiy ahamiyatga ega bo`ldi. Xalqning asrlar davomidagi mustaqillik uchun kurashi ruyobga chiqib, mamlakatda huquqiy, demokratik jamiyat shakllanishiga shart-sharoit yaratildi. O`zbekistonning boy imkoniyatlarini xalq turmushini yaxshilash uchun foydalanishga keng imkoniyatlar ochildi. Eng asosiy natijalardan yana biri — xalqning tarixiy, ma`naviy qadriyatlarini tiklash imkoni yaratildi. O`zbekistonda mustaqillik sharoitida siyosiy va iqtisodiy qayta qurishlar amalga oshirila boshlandi, birinchi navbatda mustaqil davlatning huquqiy asoslari yaratildi.1991 yil 18-noyabrda Respublika Oliy Kengashi VIII sessiyasi 1991 yil 29-dekabrda O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov va mustaqillik g`oyasini butun xalqning muhokamasidan o`tkazish to’g`risida qaror qabul qildi. 29-dekabr kuni muqobillik asosida o`tkazilgan saylovda Islom Abdug`aniyevich Karimov nomzodiga saylov qatnashchilarining 86 foizidan ko`prog`i o`z ovozini berdi. Har bir mustaqillikka erishgan davlat o`z ramzlariga ega bo`lishi kerak. 1991 yil 18 noyabrda Respublika Oliy Kengashining VIII sessiyasida O`zbekiston Dalvat bayrog’i tasdiqlandi. Uning belgilari mamlakatimiz hududidagi qadimda mavjud bo’lgan yirik saltanatlarning tog`laridagi an`analarni davom ettiradi hamda xalqning milliy va madaniy o`ziga xosligini Respublika tabiiy sharoitini aks ettiradi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yildagi X sessiyasida O`zbekiston Respublikasining Dalvat gerbi to`g`risidagi qonun, 1992 yil 10 dekabrdagi XI sessiyasida O`zbekiston Respublikasining madhiyasi to`g`risidagi qonun qabul qilindi. O`zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Konstitutsiya — davlatning asosiy qonuni bo`lib, buyuk kelajakning huquqiy kafolatidir. Yangi Konstitutsiyani tayyorlash g`oyasi 1990 yilning mart oyida ilgari surila boshlandi. Ko`p o`tmay, iyun oyida Oliy Kengashning ikkinchi sessiyasida I.A.Karimov boshchiligida Konstitutsiyaviy komissiya tuzildi. Komissiya mustaqillikning huquqiy asoslarini ishlab chiqish jarayonida xalqaro huquq qoidalariga, Birlashgan Millatlar Tashkiloti hujjatlariga Butunjahon inson huquqlari Deklaratsiyasiga tayandi. Shu bilan birga boy tariximizdagi davlat boshqaruvi va odatli qonunshunoslik an`analari ham chuqur o`rganildi.1992 yil 8 dekabrda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII chaqiriq XI sessiyasida Mustaqillik Konstitutsiyasi qabul qilindi. Uning mohiyati Asosiy qoidalar bo`limida bayon etilgan. Bu qoidalar: davlat suvereniteti: Xalq hokimiyati: Fuqarolar huquq va erkinliklirni ta`minlash: qonuniylik: hokimiyatni ajratish: mahalliy o`z-o`zini boshqarish: sud tizimi va odil sudlovni tashkil qilish va boshqalardan iborat. Konstitutsiya, 6 bo`lim, 26 bob va 128 moddadan iborat. Mustaqil O`zbekiston Konstitutsiyasi fuqorolarning inson huquqlari demokratik partiyasi bo’lib, insonparvar huquqiy davlat shakllantirishning stategik dasturidir. Uning qabul qilinishi g`oyat katta siyosiy, huquqiy va xalqaro ahamiyatga ega bo’ldi. Mustaqilik Konstitutsiyasi barcha qonunlarining va boshqa davlat va jamoat tashkilotlarini huquqiy xujjatlarining asosi bo’lib xizmat qiladi. O`zbekiston o’zining davlat mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng Qoraqalpog`iston mustaqil O`zbekiston tarkibidagi suveren respublika deb e`lon qilindi1990 yilning 14 dekabrida Qoraqalpog`iston respublikasi Oliy Kengashining IV sessiyasida O`zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog`iston Respublikasi Davlat suvereniteti to’g`risida Deklaratsiya qabul qilindi Qoraqalpog`iston Respublikasi Oliy Kengashi o`zining XII sessiyasida 1993 yil 9 aprelda Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi. Qoraqalpog`iston Respublikasi suveren respublikasining barcha davlat ramzlariga egadir. Qoraqalpog`iston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 14 dekabrda bo’lib o’tgan XI sessiyasida Qoraqalpog`iston davlat bayrog`i tasdiqlandi/ 1993 yilning 9 aprelida XIII sessiyada davlat gimni tasdiqlandi. Mustaqillik yillari yangi mustaqil O`zbekistonning milliy davlatchiligi poydevorini yaratish sohasida puxta va izchil ish yuritilgan davr bo`ldi. Faqat mustaqilikni qo`lga kiritgandan so’nggina xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyektiga aylangan mustaqil O`zbekiston yangi davlatni qurishga va rivojlantirishga kirishdi.Bu jarayonda quyidagi ikkita vazifani hal qilish nihotyada zarur edi. Birinchidan eski ma`muriy-buyruqbozlik tizimini unga muvofiq bo’lgan hokimiyat va boshqaruv organlarini tugatish va hokimiyat boshqaruv organlarini qayta qurish Ikkinchidan, yangi davlatchilikning siyosiy-huquqiy, konstitutsiyaviy asoslarini yaratish. Konstitutsiya va qonunlarda ijtimoiy munosabatlarning yangi tizimini, ham markazdagi, ham joylardagi davlat hokimiyati organlarining yangi tizimini mustahkamlab qo’yish. O`zbekiston Respublikasi huquqiy davlat qurilishining kafolati O`zbekiston Konstitutsiyasidir. Davlat hokimiyati tashkil etishning muhim demokratik tamoyillari Konstitutsiyada qayd qilingan bo’lib, unda hokimiyat qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlaridan iborot deb ko’rsatilgan. Bu organlar faoliyati yorqin, bir-biridan mustaqil bo’lib, ayni vaqtda bir-biri bilan chambarchas bog`liqdir. O`zbekiston Respublikasida qonun chiqaruvchi hokimiyat Respublika Oliy Majlisi bo’lib u 1994 yil 24 dekabrda partiyaviylik va muqobillik asosida saylandi. Oliy Majlis tarkibida 250 deputat bo’lib, ulardan 120 kishi viloyatlar deputatlari kengashdan saylangan, qolganlari esa har xil partiyalar vakillaridir. Shuningdek, istiqlol yillarida O`zbekistonda turli jamoat tashkilotlari uchun ham keng imkoniyatlar yaratildi. Bu ijtimoiy uyushmalar orasida eng omaviysi kasaba uyushmalari bo’lib, tarkibida 7,5 mln a`zo bor. Hozirgi kunda mamlakatimizda 2300 jamoat birlashmalari va nodavlat tashkilotlari faoliyat ko’rsatmoqda. Ulardan eng kattalari — O`zbekiston yoshlarining Kamolot jamoatchilik harakati, O`zbekiston Nuroniy jamg`armasi va boshqalardir.O`zbekiston Respublikasi 120 dan ortiq millatlar va elatlarni birlashtirgan ko’p millatli davlat. Respublikada yashovchi har bir fuqaro millati, kelib chiqishi, dini va irqidan qat`i nazar teng huquq va imkoniyatlarga ega. Aynan mana shu tamoyil milliy siyosatimizning asosini tashkil etadi. Respublikada 80 ta milliy madaniy markazlar tashkil etilgan. Bularning faoliyatini 1993 yilning yanvaridan buyon madaniy markaz boshqarib boradi. Respublikamizda millatlararo munosabatlarda barqarorlikka erishilgan. Bu O`zbekistonda demokratik jamiyat qurishning garovidir. 2.Siyosiy tizimdagi o’zgarishlar. Mustaqillikning e’lon qilinishi. O’zbekiston Respublikasining tashkil etilishi. Mustaqillikning ilk davrida davlat suverenitetini mustahkamlash yo’lidagi sa’yharakatlar. Mustaqil O’zbekiston davlatining yuzaga kelishi va mustahkamlanishida I.Karimovning tarixiy xizmatlari. 1980-yillarning o’rtalariga kelib SSSRda tanglik holati keskin kuchaydi, u mamlakat hayotining barcha sohalarini qamrab oldi. Mustabid tuzum sharoitida davlat mulki monopoliyasi va boshqaruvda ma’muriytaqsimlash tizimi hukmronligi tobora kuchayib bordi, natijada ishlab chiqarishning o’sish sur’atlari, yalpi mahsulot hajmi, mehnat unumdorligi shiddat bilan pasayib ketdi, ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalaridan, mehnat samaralari va shu kabilardan begonalashuvi yanada ortib bordi. Xalq xo’jaligini tanazzulga olib kelgan chuqur izdan chiqish jarayonlari, xalq ijtimoiy manfaatlarining nazarpisand qilinmasligi kabi boshqa omillar bilan birgalikda KPSSning ulkan, lekin kutilayotgan natijalarni bermayotgan iqtisodiy siyosati butun ijtimoiysiyosiy tizimning oqsashini oldindan belgilab berdi. CHunki bu vaqgga kelib, xalqning bunyodkorlik g’ayrati partiya davlat tuzilmalarining siyosiy hukmronligi bilan butunlay siqib qo’yilgan edi. Sarf-xarajatlarga to’lib toshgan sovet iqtisodiyotining jiddiy nuqsonlari, boshqaruv tizimining o’ta markazlashganligi va taraqqiyotga to’g’anoq bo’layotganligi markaziy siyosiy rahbariyatni bu yo’nalishda muayyan islohotlar o’tkazishga undadi. Masalan, 1950-yil va 1960-yillarning o’rtalarida sovet jamiyatini bir oz bo’lsa-da demokratlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish jarayonlarini isloh qilishga urinishlar bo’lgan edi. Vaqt jihatidan farq qiluvchi ana shu islohotlar strategiyasida xalq xo’jaligi va siyosiy sohada, shunchaki juz’iy o’zgarishlar qilish bilan cheklanilgan edi. Eskilikka yopishib olgan holda ma’muriy tizim doirasida, iqtisodiyotga partiya rahbarligi va uning haddan tashqari mafkura izmida bo’lishi sharoitida qilingan islohotlar kutilgan natija bermadi, iqtisodiyotning jonlanishiga erishib bo’lmadi. “Aksincha,deb ta’kidlagan edi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov,so’nggi o’n yillar mobaynida soxta obro’ orttirish maqsadida qabul qilingan va mavjud imkoniyatlarni hisobga olmagan ijtimoiy, oziq-ovqat, agrar, energetika, ekologiya va boshqa sohalardagi ko’pgina dasturlar iqtisodiy qaramaqarshiliklarni chuqurlashtirib yubordi. Natijada iqtisodiyotni batamom izdan chiqarib, moddiy va moliyaviy mablag’lar taqchilligining dahshatli tarzda o’sishiga olib keldi”. Xo’jalik organizmiga mustabid tuzum davrida o’rnashib qolgan illatlar O’zbekiston iqtisodiyotiga tag’in ham ko’proq darajada zararyetkazar edi. Yo’l qo’yilgan qo’pol xatolar, nuqsonlar, madaniy xo’jalik yuritish printsiplarining to’g’ridanto’g’ri buzilishi natijasida iqtisodiyot olg’a tomon siljishida eng muhim bo’lgan yo’nalishlar barbod bo’la boshladi. 1980yillarning o’rtalarida asosiy ijtimoiyiqtisodiy ko’rsatkichlar bo’yicha respublika ittifoqda oxirgi o’rinlardan birini egallar edi. Aholi jon boshiga milliy daromad hosil qilish O’zbekistonda o’rtacha ittifoq darajasiga qaraganda ikki baravar kam edi. O’zbekiston aholisining mamlakatdagi boshqa mintaqalarga nisbatan moddiy va ijtimoiy ne’matlar bilan ta’minlanish darajasidagi farq jiddiy ravishda ortib ketgan edi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishning yangi mustamlakachilik rejasiga ko’ra respublika iqtisodiyoti uchun bir tomonlama, faqat “xom ashyo” yo’nalishida bo’lish oldindan belgilab qo’yilgan edi. Natijada, respublikada sanoatning xom ashyoga birlamchi ishlov berish bilan bog’liq tarmoqlari ko’proq rivoj topdi. O’zbekiston sanoat ishlab chiqarishining ko’payishi, asosan paxta tozalash, yoqilg’i sanoati resurs sohalari, qora va rangli metallurgiya tarmoqlari hisobiga ta’min etildi. Qora va rangli metallurgiya tarmoqlarining ulushi 60-65%ga yetdi. Holbuki, mashinasozlik va metallga ishlov berish salmog’i ko’pi bilan 2 band yuqori ko’tarilib 16%dan ko’proqni tashkil etgan edi. O’zbekistondagi iqtisodiy va ekologik keskinlikni yumshatish, milliy o’zlikni anglash, Markaz tomonidan o’tkazilayotgan tazyiqni bo’shashtirishga bo’lgan urinishlarni, respublikaga eng maqbul va xos bo’lgan yo’llarni belgilashga intilishning har qanday ko’rinishi “mahalliychilik”, “millatchilik” deb qaraldi va qattiqqo’llik bilan barham toptirildi (hatto markazlashgan holda ajratiladigan mablag’lar va resurslarni lashgacha borib yetildi). Mustabidchilik merosi va iqtisodiy tanglik oqibatlarini barham toptirish yuzasidan qatьiy chora-tadbirlar ko’rish o’rniga vaqtli matbuotda, radio, televidenie va shu kabi vositalar orqali sovet jamiyatining “muammolardan holiligi”, mutlaqo “tangliksiz” holda rivojlanayotganligi haqidagi, KPSS tanlagan “sotsialistik taraqqiyot yo’lining to’g’riligi” xususidagi ilgaridan hammaga ma’lum bo’lgan aqidalar, safsatalar yangrashda davom qildi. Biroq unitar Sovet davlatining o’z xalqiga, hatto eng oz miqdordagi hayotiy ne’matlarni, madaniy davlatlarda beriladigan ijtimoiy kafolatlar va erkinliklarni ham ta’minlashga qodir emasligi kun sayin yaqqol ma’lum bo’lib bordi. Avvalgi tugallanmagan islohotlardan farqli o’laroq 1985 yilda jamiyatni har tomonlama yangilashga o’tish zarurligi e’tirof qilindi. Qayta qurishning tarkibiy qismlari sifatida jamiyat hayotini demokratlashtirish va tub iqtisodiy islohotlar o’tkazishdir, deb e’lon qilindi. O’sha yillardagi partiya-hukumat hujjatlarida jamiyatni “turg’unlik” illatlaridan tozalashga, uni “inqilobiy yangilash”ga, oddiy inson ehtiyojlariga diqqat-e’tiborni kuchaytirishga chaqiriqlar yangi kuch bilan yangradi. Rahbarlikning eskirib qolgan shakllari va usullari, to’g’anoqlik va tanglik holatlarining mavjudligi, jamiyatda oshkora tanqidning, fikrlar xilmaxilligining, hokimiyat tuzilmalarida va iqtisodiyotni boshqarishda demokratiyaning, Markaz bilan milliy o’lkalar manfaatlarida oqilona nisbatning yo’qligi, inson omilining yetarli darajada hisobga olinmasligi qoralandi. Binobarin, siyosat va ijtimoiy munosabatlar sohasida fikr erkinligiga, rahbar lavozimlarga saylashning muqobilligiga yo’l qo’yish, mahalliy sovet organlari vakolatlari va mas’uliyatining kengaytirilishi nazarda tutildi. Xususan, mahalliy sovet organlari sanoat korxonalarining o’zlariga buysunishidan tashqari ular faoliyatini nazorat qilishlari, joylarda keng iste’mol qilinadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni ko’paytirish imkoniyatlarini qidirib topishlari, ularning sotilishini nazorat qilishlari lozim edi. Davlat tizimini isloh qilishda ustivorlik milliy respublikalarga ko’proq mustaqillik berilishiga qaratilmog’i kerak edi. Ittifoqdagi mavjud yakkapartiyaviylikning siyosiy va mafkuraviy hukmronligini hech bo’lmaganda cheklash, ekvivalentli bo’lmagan iqtisodiy ayirboshlashga, qishloq xo’jalik va mineral xom ashyo ishlab chiqarishga ixtisoslashtirishga, respublikalar, ayniqsa, O’zbekiston uchun zararli bo’lgan ana shunday iqtisodiy yo’nalishga barham berilishi zarur edi. Biroq qayta qurish “kontseptsiyasi” avvalboshdanoq noilmiy bo’lib, u mag’lubiyatga mahkum edi. Qayta qurish borasidagi dastlabki tajribalarning ko’rsatishicha, mamlakat siyosiy rahbariyati birinchi kundanoq “qayta qurish” mafkurasini anglab yetishda nihoyatda soddalashgan nuqtai nazar bilan yondashdi. Qayta qurish “kontseptsiyasi” “qardosh” ittifoqdosh respublikalarning hayotiy manfaatlari va muammolarini chuqur ilmiy tahlil qilishga, ularni bilishga asoslanmagan edi. O’sha davrda sovet sotsialistik tuzumi iqtisodiy, siyosiy jihatdan ulkan imkoniyatlarga ega deb hisoblandi, tarixiy istiqbol sotsializm tomonida deb qaraldi. Sotsializmga sun’iy ravishda demokratik qiyofa berilib, mustabid tuzumning mavjud yaramas illatlarini “tasodifiy hol”, ular uchun “sotsialistik jamiyatda asos yo’q”, shuning uchun ularni, ayniqsa, boshqaruv tizimidan olib tashlash kifoya deyildi. SHu bilan birga, sovet iqtisodiyotining, butun xo’jalik tizimining ana shu illatlari kelib chiqishi jihatidan sotsialistik ishlab chiqarish munosabatlarining xususiyatiga, bozor iqtisodiyoti imkoniyatlaridan to’la-to’kis foydalanishni inkor qiluvchi kommunistik mafkura monopoliyasiga bog’liq ekanligi tan olinmadi. 1980yillarning ikkinchi yarmi mobaynida ro’y bergan “qayta qurish”islohotlari turkumi sub’ektiv tarzda, faqat ichki hishayajonga asoslanib, ixtiyoriy ravishda shunchaki sinab ko’rishlar va xato usullar bilan tashqi tomondan ta’sirchan bo’lishini umid qilib, aniq ilmiy jihatdan savodli ishlab chiqilgan, siyosiy jihatdan asoslab berilgan dastursiz amalga oshirildi. I.Karimov qayta qurish siyosati davrida iqtisodiyotda ro’y bergan buzilishlarni ta’riflar ekan, bunday deb ta’kidlagan edi: “Inqiroz sabablari va omillarini to’liq tasavvur etmagan, o’zgartirishlarning aniqravshan dasturiga ega bo’lmagan butun iqtisodiy siyosat empirik xarakterda bo’lib, avantyuradan iborat eksperimentlardan, har tomonga og’ishlardan boshqa narsa emas edi. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish va bozor munosabatlariga o’tishning turlicha yondashuvlarga asoslangan dasturlari loyihalarining ko’pligi islohotlarning aniq maqsadi yo’qligidan, ularni ro’yobga chiqarish muddatlari “besh yuz kun” deb belgilab qo’yilishi esa zarur o’zgartirishlarning tub mohiyati va nihoyatda murakkabligi to’la anglab yetilmaganligidan dalolat berar edi”. SHu bilan birga, iqtisodiyotda, ijtimoiy-madaniy sohada amalga oshirilayotgan, hatto eng yuzaki “qayta qurish” jarayonlari ham odatda shunchaki, oshkora siyosiy tus berilgan jarayonlar edi. Xalq xo’jaligida “qayta qurish”ning samarasizligi. O’zbekiston bilan markaz manfaatlari o’rtasidagiziddiyatlarning kuchayishi. Iqtisodiy va ilmiymadaniy salohiyatga ega bo’lgan O’zbekiston ham qayta qurish oqibatida puxta o’ylab ko’rilmagan volyuntaristik islohotlar oqimiga jalb qilindi. Sovet rahbariyatining 1985 yilda mamlakatni ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish yuzasidan ilgari surgan vazifasini bajarish borasidagi dastlabki urinishlari omad keltirmadi. Iqtisodiy tizimni qayta qurish, uning moddiy bazasini qayta ko’rib chiqish, yangi texnologiyalarni joriy etish, yuqori darajadagi boshqaruv tizimi asosida iqtisodiyotni va ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish mo’ljallangan edi. Masalan, O’zbekiston xalq xo’jaligini jadallashtirish umumdavlat dasturini ta’minlash rejasid1990 yilga borib sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni 24-27%ga oshirishga erishish, tarmoqda mehnat unumdorligini 19%ga, qurilishda 14%ga ko’tarish nazarda tutilgan edi. Ayni vaqtda 300 dan ortiq yirik sanoat ob’ektini ishga tushirish, fantexnika taraqqiyotini belgilab beruvchi sanoat tarmoqlarini rivojlantirish sur’atlarini jadallashtirish, nooziq-ovqat mollari ishlab chiqarishni 1,4 baravar oshirish mo’ljallandi. Iqtisodiy islohotning yangilangan kontseptsiyasi boshqarishning ma’muriy usullaridan ko’proq iqtisodiy usullariga o’tishga yo’naltirdi, lekin bu chora-tadbirlar kommunistik mafkura yo’l-yo’riqlari doirasida amalga oshirilganligi sababli ko’pgina ilg’or tashabbuslar kutilgan natija bermi. Boshqaruvning yuqori pog’onasini “takomillashtirish”ni diqqat markaziga qo’ygan oldingi tadbirlardan farqli o’laroq islohotlarning yangilangan dasturi birinchi navbatda iqtisodiyotning asosiy bo’g’ini bo’lgan korxonalarni (birlashmalarni) o’zgartirishga qaratdi. “Sovet iqtisodiyotini qayta qurish”ning yo’nalishini belgilab beruvchi hujjatlar qatoriga 1987 yil iyun’ oyida qabul qilingan “Davlat korxonasi to’g’risidagi” qonun yetakchi o’rin egalladi. Unda ta’kidlanishicha, xo’jalik yuritishning shartsharoitlari va usullarini tubdan o’zgartirish, korxonalar faoliyatida markazlashtirish bilan “to’liq xo’jalik hisobi”ni birga qo’shib olib borish, mustaqillik va mas’uliyat, bularning hammasi mehnat jamoalari uchun yangi shaklda o’z o’zini boshqarishning kundalik qoidasiga aylanishi lozim edi. Bu jarayon I.Karimov O’zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi bo’lib saylanganidan so’ng (1989 y. Iyun’) sezilarli miqyosda faollashdi. Uning tashabbusi bilan xo’jalik yuritishning iqtisodiy usullarini o’zgartirish borasidagi ishlar jiddiy tus oldi, iqtisodiyotdagi ma’muriyatchilik va salbiy hodisalarga qarshi kurash kengayib bordi. Ijara haqidagi, mulkchilik va yer to’g’risidagi qonunlar o’sha yillarda o’ta murakkab bo’lgan O’zbekiston hayotida muhim ahamiyat kasb etdi. SHu bilan birga, “qayta qurish”ning “yakunlovchi” bosqichida mulkchilik va xo’jalik yuritish shakllari sohasida qo’ldan boy berilgan fikr erkinligining tiklanishi e’tiborga loyiq hodisa bo’ldi. 1920yillardagi yangi iqtisodiy siyosatdan keyin birinchi marta davlat va kolxoz-kooperativ mulkidan tashqari mulkchilikning jamoa, hissadorlik, shaxsiy shakllari ham qonuniy maqomga ega bo’la boshladi. Markaziy rahbariyatdan farqli o’laroq mulkchilik muammosiga O’zbekistonda ancha jiddiyroq yondashildi, bu yerda yuqorida sanab o’tilgan mulkchilik shakllari bilan bir qatorda xususiy mulkchilik ham joriy etila boshlandi. Garchi “sotsialistik” tushunishda bo’lsa ham, bozor munosabatlariga o’tilishi, bu jarayonda korxonalar va ishlab chiqarish jamoalarining tutgan o’rni to’g’risidagi masalani keskin qilib qo’ydi.1990 yil iyun oyida qabul qilingan “SSSR korxonalari to’g’risida”gi Qonun korxonalarning iqtisodiy va siyosiy huquqlarini anchagina kengaytirdi. O’sha vaqtdan boshlab korxonalar mulkchilikning har qanday shakliga asoslanadigan, soliqlarni to’lagandan keyin qolgan sof foydadan mustaqil foydalanadigan, o’zlarining davlat bilan munosabatlarini faqat bozor asoslarida belgilaydigan bo’ldilar. 1980yillarning oxiriga kelib qariyb 20 ming oliy ma’lumotli mutaxassis va 140 mingdan ortiq o’rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar aqliy mehnat bilan emas, balki jismoniy mehnat bilan band bo’ldilar. Milliy ishchi kadrlarni shakllantirish muammosi avvalgidek keskin bo’lib qolayotgan edi. Sanoatda band bo’lgan mahalliy millat kishilarining salmog’i nihoyatda kam edi. Masalan, Toshkent traktor zavodida o’zbek ishchilarining salmog’i 1980yillarning oxirida qariyb 17%ni,“Etalon” ishlab chiqarish boshqarmasida 22%ni tashkil etdi. Milliy mehnat resurslarining sanoatga kelishiga qo’l mehnatining yuqori darajada ekanligi, ish haqining pastligi, mehnat jarayonlarining bir xildaligi, uyjoy olishning, maktabgacha bolalar tarbiya muassasalaridan joy olishning uzoq muddat kutilishi xalaqit berar edi. Respublikaning yangi rahbariyati dastlabki kundanoq O’zbekiston xalqlari milliy manfaatlarini himoya qilib chiqay, ularning azaliy, yillar davomida to’planib qolgan ehtiyojlarini izchil hal qilishga intildi. Diqqatga sazovori shundaki, yangi rahbariyat paxta yakkahokimligiga qarshi keskin kurash olib borajagini o’sha mustabid tuzum “hayotligi”dayoq ochiq e’lon qildi. I.Karimov achinish bilan qayd qilib o’ttanidek, “Paxta yakkahokimligi respublikaga Markaz amri bilan tiqishtirilgan bo’lib, O’zbekistonga, uning aholisiga behisob zarar keltirdi.” Respublika rahbariyatining ko’rgan choratadbirlari natijasida (chigit ekiladigan maydonlarning kamaytirilishi, paxta tayyorlash rejasining mo’’tadillashuvi va hokazolar) 1990 yildayoq ekin ekiladigan maydonlarning umumiy miqdorida paxtaning calmog’i 63,9%ga tushirildi. Ayni vaqtda paxta va boshqa qishloq xo’jalik ekinlarining boshqa turlari mahsulotlari narxlarini qayta ko’rib chiqish masalasi ko’tarildi. 1989 yilda xo’jalik yuritishning yangi shaklifermerlik vujudga keldi. O’zbekistonda o’sha yillarda fermer xo’jaliklari soni birmuncha kamroq edi. Ular xali ko’p jihatdan agrokorxonalar ma’muriyatiga bog’liq edi. Yerga, mablag’larga egalik qilish, yetishtirilgan maxsulotlarni tasarruf qilish huquqining yo’qligi dehqonni haqiqiy dehqon bo’lish imkoniyatidan mahrum etgan edi. Kadrlar muammosi ahvolni yanada chuqurlashtirib yubordi. Sovet hokimiyati yillarida qaror topgan qishloq xo’jalik mutaxassislari tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi zamon talablariga mos kelmay qolgan edi, uni zamonaviy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va fan texnika inqilobi talablarini hisobga olgan holda tubdan qayta qurish zarur edi. Qishloq xo’jaligining bunday og’ir ahvolda ekanligi, faqat imperiyacha “qayta qurish” siyosatining noilmiyligi yoki soxtaligi emas, balki butun sovet xo’jalik yuritish tizimining, ijtimoiy tuzumning noqobilligida, yetilgan masalalarni hal qilishga qodir emasligida edi. Umuman, “qayta qurish” jarayonida Markaz bilan O’zbekiston o’rtasidagi munosabatlarda azaldan mavjud bo’lgan ziddiyatlar oshkoralik va demokratiyalashtirish tufayli yaqqol ko’zga tashlanib qoldi. Jumladan,“sotsializm qurilishi” yillarida KPSS mablag’larni qayta taqsimlashning barcha jihatlarini qamrab oluvchi nihoyatda markazlashgan tizimni vujudga keltirdiki, xalq ommasining o’zi bu mablag’larni taqsimlashni yuqori partiya rahbariyatining tor doirasi qo’liga o’z “ixtiyori” bilan topshirishga majbur qilindi. “Gorbachevcha” qayta qurish natijasida mamlakatda yalpi kommunistik tsenzura zaiflashdi va deyarli yo’q holiga keltirildi, uzoq vaqtdan buyon kutib kelingan hurfikrlilik va matbuot erkinligi pallasi boshlandi.“Qayta qurish”ning eng birinchi natijasi “oshkoralik” bo’ldi. Oshkoralik tazyiqi ostida sotsialistik mafkura o’zining “jozibadorligini” tobora yo’qotib bordi. Oshkoralik natijasida sovet jamiyatining ahvolini tah,lil qilish va mamlakat oliy darajasidagi siyosiy rahbariyatning yo’l qo’ygan xatolariga birinchi bor ochiqchasiga baho berishga qo’l urildi. Lekin shu bilan birga, “oshkoralik” O’zbekiston uchun o’zining bir qator salbiy tomonlari bilan ham namoyon bo’ldi. 1983 yilda Markaz tomonidan ataylab o’ylab topilgan uydirma asosida O’zbekistonda paxtani terish va qayta ishlashdagi “o’g’irlik,” “qo’shib yozish,” moliyaviy buzilishlarni tergov qilish bilan markaziy prokuratura va ichki ishlar organlari maxsus shug’ullandi. Buning natijasida respublikadagi jamoa xo’jaliklari raislari va sovxoz direktorlarining 60%idan ko’prog’i, qishloq xo’jaligi yetakchi mutaxassislarining qariyb 45%i, har uch paxtachilik brigadasi boshlig’idan biri vazifasidan olib tashlandi (jami 40 mingga yaqin fuqarolar tergov qilingan edi). Ularning aksariyat ko’pchiligi tergov izolyatorlarida bo’lishdi, turmalar va lagerlarga yuborildi. Agrosanoat xodimlariga nisbatan qilingan bu qatag’onlar O’zbekiston qishloq xo’jaligida kadrlar salohiyatini sezilarli ravishda zaiflashtirdi. “Qayta qurish” jarayoni avvalboshdanoq asosan siyosiy sohani qamrab oldi. Iqtisodiy islohotlar esa, oqibatda bo’ysunuvchan ahamiyat kasb etdi, u iqtisodiyot qonunlari asosida emas, balki mafkuraviy andozalar tarzida amalga oshirildi. Oradan ko’p vaqt o’tmay jadallashib borayotgan siyosiy jarayonlar bilan sust rivojlanayotgan iqtisodiyot o’rtasida katta farq ko’zga tashlana boshladi. SSSRning tarkibiy qismi bo’lgan O’zbekiston ham “qayta qurish” girdobiga tortildi, uning “qonunlariga” amal qildi. Jamiyat har tomonlama demokratiyalashuvining e’lon qilinishi eng avvalo sotsialistik xalq hokimiyati va o’zini-o’zi boshqkarish rivojlanishidan iborat deb tushunildi. O’zbekistonda saylov tizimini demokratiyalashtirish maqsadida 1990 yil fevral-aprelda respublika Oliy Sovetiga ko’p mandatli okruglar bo’yicha eksperiment sifatida saylov o’tkazib ko’rildi. Biroq yakkapartiyaviylik tizimi sharoitida bu yangilik rasmiyatchilikdan nariga o’tmadi. CHunki bu saylovlar Oliy Sovet tarkibini demokratlashtirmadi, aksincha, avval ishlab turgan Oliy Sovetga nisbatan deputatlar orasida ishchilar, kolxozchilar, xotin-qizlar, yoshlar soni kamayib ketdi, avvalgidek davlat hokimiyatining oliy organi deyarli mutlaq partiya a’zolaridan iborat bo’lib qoldi, deputatlarning qariyb 95%i kommunistlar edi. Lekin, bu saylovda ko’pgina okruglarda birinchi bor deputatlik mandatiga bir nechtadan nomzodlar da’vogarlik qildi. SHunga qaramasdan,n500 okrudan 174 tasida muqobil nomzodlar ko’rsatilmadi. O’zbekistonda Prezidentlik boshqaruvining joriy qilinishini bir qancha omillar, eng avvalo, SSSRda 1990 yil boshlariga kelib mustabid davlat siyosiy inqirozining kuchayganligi taqozo etdi. SHuningdek, bu inqiroz iqtisodiyotda va ijtimoiy-siyosiy sohada qilingan va Markazning ittifoqchi respublikalar bilan aloqalarni yangilashga qaratilgan islohotlarining barbod bo’lishi bilan ham namoyon bo’ldi. 1990 yil martda Litvaning mustaqil davlat deb e’lon qilinishi, Latviya bilan Estoniyaning SSSR tarkibidan chiqishga faollik bilan ochiqchasiga tayyorgarlik ko’rayotgani unitar (qo’shma) Sovet davlatining haqiqiy yemirilishi boshlanganidan dalolat edi. O’zbekiston xalqi oshkoralik va demokratiyalashtirishdan, milliy va ma’naviy qadriyatlarini tiklashdan, o’z haqhuquqlarini, jumladan, o’z taqdirini o’zi belgilash va iqtisodiy hamda siyosiy jihatdan ittifoq hokimiyati tuzilmalariga qaramlikdan xalos bo’lish huquqlarini amalga oshirishdan tobora ko’proq manfaatdor ekanliklarini ochiq namoyon qila boshladilar. 1990 yil iyunda KPSSning navbatdagi s’ezdiga tayyorgarlik ko’rish doirasida O’zbekiston Kompartiyasining XXII s’ezdi bo’lib o’tdi. S’ezdda respublika yangi rahbariyatining shijoati va tashabbuskorligi yaqqol sezilib turdi. S’ezd I.Karimovning siyosiy ma’ruzasini tingladi. Unda respub-likadagi ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga quyidagicha baho berilgan edi: Dastlab “O’zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini shakllantirish kontseptsiyasini” tayyorlashga kirishildi. Kontseptsiya respublika, Davlat reja qo’mitasi, moliya vazirligi, boshqa vazirliklar, idoralar,ilmiytadqiqot institutlari, viloyatlar va Toshkent shahar ijroiya qo’mitalari bilanhamkorlikda tayyorlandi. SHuning asosida “O’zbekiston xalq xo’jaligini sog’lomlashtirish va bozor iqtisodiyotiga o’tishning asosiy printsiplari” ishlab chiqildi va u 1990 yil 17 oktyabrda umumxalq muhokamasi uchun e’lon qilindi. Res-publika aholisi bu muhim hujjatni muhokama qilishda faol ishtirok etdi. Ko’rinib turibdiki, respublikaning yangi siyosiy rahbariyati vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy vaziyatdan chiqish uchun xalq ommasiga tayangan holda iqtisodiy va siyosiy islohotlarni ildam va samarali qilib amalga oshirish, fuqarolarni davlat yo’li bilan ijtimoiy va huquqiy jihatdan himoya qilish, O’zbekistonning siyosiy suverenitetiga erishish asosida milliy davlatchilikni barpo qilish yo’lida mustaqil harakat qila boshladi. O’zbekiston xalqlarining manfaatlarini ko’zlab I.Karimov tashabbusi bilan amalga oshirilgan ana shu dastlabki tadbirlarning o’ziyoq Prezidentlik boshqaruvining o’z vaqtida ta’sis etilganligidan dalolat berar edi.1990 yil 20 iyunda respublika Oliy Soveti tomonidan qabul qilingan “Mustaqillik Deklaratsiyasi” ana shunday tadbirlardan edi. Bu muhim hujjat O’zbekistonning mustaqillikka erishishida qo’yilgan navbatdagi muhim qadamlardan biri edi. Mavzuga oid tarixiy hujjat Mustaqillik deklaratsiyasi O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Soveti: O’zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an’analari, har bir millatning o’z taqdirini o’zi belgilash huquqini ta’minlashdan iborat oliy maqsadi haqi, har bir kishining farovon hayot kechirishini ta’minlashni oliy maqsad bilgan holda, O’zbekiston xalqlarining kelajagi uchun tarixiy mas’uliyatni chuqur his etgan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya printsiplariga asoslanib, O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qiladi. 1.O’zbekiston SSRning demokratik davlat mustaqilligi respublikaning o’z hududida barcha tarkibiy qismlarida va barcha tashqi munosabatlardagi tanho hokimligidir. 2.O’zbekiston SSRning davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qo’yilmay turib o’zgartirilishi mumkin emas. 3.O’zbekiston SSRda davlat hokimiyati uning hududiga kiradigan barcha tarkibiy va bo’linmas qismlari ustidan amalga oshiriladi va shu hududda yashaydigan aholiga taalluqlidir. 4.SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar O’zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq O’zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan tasdiqlangandan keyingina O’zbekiston SSR hududida kuchga ega bo’ladi 5.O’zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O’zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi. 6.O’zbekiston SSR xalqaro huquqning asosiy printsiplarini tan oladi va hurmat qiladi 7.O’zbekiston SSR ittifoqdosh respublikalar va boshqa davlatlar bilan o’zining siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa munosabatlarini shartnomalar asosida belgilaydi va amalga oshiradi. 8.O’zbekiston SSR o’zining taraqqiyot yo’lini, o’z nomini belgilaydi va davlat belgilarini (gerb, bayroq, madhiya) o’zi ta’sis etadi. 9.Qoraqalpog’iston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi mustaqilligini Muxtor Respublika Konstitutsiyasi ta’min etadi. O’zbekiston SSR uning Asosiy Qonuni va O’zbekiston SSR Konstitutsiyasi asosida Qoraqalpog’iston MSSR manfaatlarini himoya qiladi. 10.O’zbekiston SSRning qonun chiqaruvchi hokimiyati O’zbekiston SSR davlat mustaqilligini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan qonunlarni ishlab chiqadi, O’zbekiston SSRning siyosiy va iqtisodiy sistemalari tarkibini va qurilishini belgilaydi. 11.O’zbekiston SSR Oliy Soveti umumxalq muhokamasi asosida demokratik huquqiy davlat tuzishga qaror qilganini bildiradi, O’zbekiston SSRda yashayotgan barcha millat va elatlarning qonuniy, siyosiy, iqtisodiy, etnik, madaniy huquqlariga hamda ona tillari rivojlantirilishiga kafillik beradi. 12.Ushbu Deklaratsiya O’zbekiston SSRning yangi Konstitutsiyasini hamda yangi ittifoq shartnomasini ishlab chiqish uchun asosdir. O’zbekiston SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida qabul qilindi. Toshkent shahri, 1990 yil 20 iyun. Suverenitet haqida Deklaratsiya qabul qilar ekan, Oliy Sovet davlat qurilishining tarixiy tajribasiga va O’zbek xalqkining shakllangan an’analariga, har bir millatning o’z taqdirini o’zi belgilash huquqi ta’minlanishiga, shuningdek, xalqaro-huquqiy normalarga, umuminsoniy qadriyatlar va demokratik tamoyillarga asoslandi. O’zbekistonning e’lon qilingan davlat suvereniteti uning o’z hududi barcha tarkibiy qismlarida va barcha tashqi aloqalarida ustivorligi bilan shakllandi. Deklaratsiyaga muvofiq respublikaning davlat hokimiyati uning butun udiy qismlari ustidan amalga oshiriladigan va unda istiqomat qilayotgan butun aholiga taalluqli bo’ldi. Ichki va tashqi siyosatning barcha masalalari respublika davlat hokimiyati ixtiyoriga berildi. O’zbekiston o’zining ittifoqdosh respublikalar va boshqa davlatlar bilan aloqa printsiplarini shartnoma asosida belgiladi va siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa munosabatlarni shartnoma asosida amalga oshiradigan bo’ldi, u o’zining taraqqiyot yo’lini, o’z nomini belgiladi, o’zining davlat ramzlarini ta’sis etdi. Deklaratsiya O’zbekistonning yangi Konstitutsiyasini va yangi ittifoq shartnomasini ishlab chiqish uchun asos bo’ldi. Respublika rahbariyati deklaratsiyani amaliy jihatdan hayotga tatbiq qilish borasida bir qator ishlarni amalga oshirdi. Xitoy va Afg’oniston bilan tashqi savdoni va chegara yaqinidagi savdoni faollashtirish, xorijiy firmalar va kompaniyalar bilan qo’shma korxonalar tashkil etilishi, tashqi iqtisodiy faoliyatni qonun yo’li bilan tartibga solish (bu faoliyatni qatnashuvchi tomonlarning mulkchilik shakllariga bog’liq qilib qo’ymas edi), xorijiy investorlar uchun xalqaro normalar va qoidalarga rioya qilish kafolatlari, respublika yoshlarining harbiy xizmatga chaqirilishi va uni o’tash tartibining o’zgarishi—bularning bari suverenitetni rivojlantirish va mustahkamlash yo’lidagi muhim qadamlar edi. O’zbekiston bilan Rossiya o’rtasida teng huquqli munosabatlar birmuncha qaror topib bordi, ular har ikki tomonning suverenitetini e’tirof qilishga asoslangan edi. O’zbekiston bilan Leningrad, shuningdek, Leningrad viloyati o’rtasidagi iqtisodiy, ilmiytexnikaviy va madaniy hamkorlikni rivojlantirish to’g’risidagi shartnoma 1990 yil 1 yanvardan amal qila boshladi va bevosita aloqalarni (ya’ni Markazni chetlab o’tuvchi aloqalarni) boshlab berdi. O’zbekistondagi jamoat tashkilotlari tizimi ijtimoiysiyosiy vaziyatdan kelib chiqqan holda o’zgarib bordi. Ulardan o’ta siyosiy tus berilganlari kasaba uyushmalari va komsomol tashkiloti bo’lib, ular“turg’unlik” yillaridan boshlaboq aholining va yoshlarning keng qatlamlari orasida haqiqatan ham chinakamiga ishonchni yo’qota boshladilar. Komsomol va xalq nazorati organlari partiyaning rahbarlik ta’siri, homiyligi va obro’si tobora zaiflashib borayotganini his qilib, 1990-yillarning boshlarida odatdagi ijtimoiysiyosiy mavqelarini yo’qotdilar va shunchaki, rasman mavjud bo’lib, faoliyatsizlik qila boshladilar. “Eski” jamoat tashkilotlario’rtoqlik sudlari, xalq drujinalari, faxriylar kengashlari bilan bir qatorda, qayta qurish yillarida paydo bo’lgan atrof muhitni muhofaza qilish jamoat tashkilotlari, sovet madaniy fondi kabi tashkilotlar ham faoliyat ko’rsatdi. Lekin ular paydo bo’lgani bilan aholi o’rtasidagi ularning ijtimoiy faoliyati samarasiz bo’ldi.O’zbekistonda demokratiyalash va milliy o’z-o’zini anglash jarayonining tobora avj olishi jamoat tashkilotlarining yoki o’sha vaqtda “ommaviy norasmiy” tashkilotlar deb atalgan tashkilotlarning yuzaga kelishi bilan bog’liq bo’ldi. Jumladan,“Birlik” xalq harakati 1989 yil may oyida tashkil bo’ldi. O’ziga, asosan gyc tilida so’zlashuvchi ziyolilarni qamrab olgan “Intersoyuz” (O’zbekiston xalqlarining baynalmilal ittifoqi) va “Erk” xalq harakati (1990 yil fevraldan “Erk” demokratik partiyasi) yuzaga keldi. Ular bilan bir qatorda “O’zbekiston erkin yoshlari birlashmasi” (u 1990 yilda “O’zbekiston erkin yoshlar itgifoqi”ga aylantirilgan bo’lib, VLKSMdan ochiq danochiq uzoqlashdi) va O’zbekiston xotin-qizlarining “To’maris xalq harakati” degan xotin-qizlar tashkiloti ham faoliyat ko’rsata boshladi. Biroq vaqg o’tishi bilan ulardan ayrimlari, avvalo “Erk” va “Birlik” o’zlarining dastlabki ijobiy ahamiyatini yo’qotdilar. Ularning rahbarlari jamiyatni birlashtirish, dolzarb muammolarni birgalikda hal qilish yo’lini emas, balki uni bo’lib yuborishga, ziddiyatlarni keltirib chiqarishga qaratilgan yo’lni, tanqidbozlik va qaramaqarshilik yo’lini tuta boshladilar. Ularning faoliyati amalda bunyodkorlik xususiyatiga ega bo’lmadi, aksincha, tobora buzg’unchilik xususiyatiga ega bo’lib bordi. Ular O’zbekiston mustaqilligini mustaxkamlash vazifalarini hal qilishga ochiqdan-ochiq to’g’anoq bo’la boshladilar. Farg’ona voqealaridan so’ng, O’zbekistonning yangi raxbariyati millatlararo munosabatlarni takomillashtirishga alohida e’tibor berdi. 1990 yilning oxirida O’zbekiston Prezidenti Kengashida milliy-madaniy markazlar va ularning ishini takomillashtirish to’g’risidagi masala muhokama qilindi. Mahalliy kengashlar, vazirliklar va idoralarga milliy-madaniy markazlar tomonidan qo’yilayotgan muammolarni hal etishda yordam berish va har bir xalqning madaniyatini, o’ziga xosligini saqlab qolish va rivojlantirishga millatlararo munosabatlarni takomillashtirishning muhim omili sifatida qarash tavsiya etildi. O’zSSR Oliy va o’rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklariga milliy tillarda o’qitish dasturini ishlab chiqish, Toshkent Davlat universitetida uyg’ur filologiyasi kafedrasini tashkil etish vazifasi topshirildi. O’zSSR Davlat matbuot qo’mitasiga respublikada yashovchi barcha millat va elatlar vakillarining talabehgiyojlarini qondirish uchun o’quv va badiiy adabiyotlarni nashr etishni, shu bilan birga ularni respublika tashqarisidan keltirishni kuchaytirish, madaniy markazlar mablag’larini kooperatsiyalash asosida “Millatlar hayoti” haftalik gazetasini chop etish imkoniyatlarini qarab chiqish tavsiya qilindi. Bu gazeta Respublika baynalmilal madaniyat markazining organi bo’lishi kerak edi. Milliy munosabatlarni rivojlantirishni yetarli darajada tashkiliy-siyosiy va huquqiy jihatdan ta’minlamay turib, faqat targ’ibiytashviqiy ta’sir yo’li bilan millatlararo munosabat sohasidagi yuksak madaniyatni shakllantirish mumkin emas edi. Buning uchun millatlararo munosabatlarni boshqarishning yaxlit tizimini yaratish kerak edi. Va bunday tizimlar respublikada 1990—1991 yillarda yaratila boshlandi. O’zbekiston SSR Prezidenti devonida Millatlararo munosabatlar bo’limi tashkil etildi. Bunday bo’limlar Qoraqalpog’iston Avtonom Respublikasi Ministrlar Kengashida, viloyatlar va Toshkent shahar ijroiyaqo’mitalarida tuzildi. SHuningdek, joylarda jamoatchilik tizimlari— mehnat jamoalarida, o’quv yurtlarida, aholi istiqomat joylarida “Do’stlik kengashlari” shakllana boshladi. Ular tarkibi turli millatlar vakillaridan iborat edi. 1991 yilning yanvarida faqat Sirdaryo viloyatining o’zida 32 ta yirik korxona, muassasa hamda 4 ta o’quv yurtida “Do’stlik kengashlari” tashkil etildi. KPSS s’ezdining qarorlari va ko’pgina boshqa muhim masalalarning yechimi O’zbekiston vakillarini qanoatlantirmadi. Щu sababdan, ilgari qaror qilinganidek, 1990 yil dekabrda O’zbekiston kompartiyasining XXII s’ezdi yana bir majlis o’tkazdi, unda barcha muhim muammolar yuzasidan o’zining nuqtai nazarini mustaqil ravishda belgilab oldi. S’ezd “Siyosiy va iqtisodiy suverenitet uchun, ma’naviy yangilanish, ijtimoiy adolat va O’zbekiston aholisining munosib turmush sharoitini yaratish uchun” degan harakatlar dasturini qabul qildi. Xulosa Mustaqillikka erishish g’oyasi xalqimizga azaldan meros.Bu orzu avloddan avlodga o’tib, uning yilliklar qaridan bizgacha yetib kelmoqda.32 Mustaqillik mustamlakachilikning har qanday shaklini, u taqazo etadigan tazyiqlar, kamsitishlar va zo’ravonliklarni inkor etadi. Ayni paytda mustaqillik jahon taraqqiyotining ilg’or tajribalari asosida o’z ravnaqining o’ziga xos tamoyillarni ishlab chiqish bilan birga yagona zamin, yagona makon taqdirini belgilashda o’zaro hamkorlikning yangi, sifat jihatidan yuqori bo’lgan, umuminsoniy manfaatlarga mos keladigan andozani asosida yashash demakdir. Agar u hamkorlik, o’zaro hamjihatlik, mamlakatlararo, davlatlararo va mintaqalararo siyosiy,iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlarni qaror toptirmasa o’z qobig’da qolib ketishi, milliy mahdudlik doirasidan chiqolmasligi mumkin. Shuning uchun ham istiqlolning g’oyatda zalvorli tajribasidan o’tgan tamoyillar hamma vaqt dolzarb bo’lib qolaveradi. Chunki u doimiy ravishda rivojlanib, o’z-o’zini boyitib, takomillashib,fuqarolar ongi va tafakkurini o’stirib borayotgan tarixiy voqelikdir.33 Mustaqillik – tabiatan ongli yashash, ongli munosabatni qaror toptirish mezoni. Mustaqillik bu totli nematga o’z-o’zidan erishilgani yo’q unga qancha qiyinchiliklar qurbonlar umrlar shu kabi timsollar orqali erishildi, va unga erishuv yo’lida vosita bu Mustaqillik Dekloratsiyasi desam mubolag’a bo’lmaydi. Shunday qilib, Mustaqillik Dekloratsiyasi Mustaqillikkacha mavjud bo’lgan boshqaruv, huquqiy faoliyatini ta’minladi, barcha sohalarda mustaqil siyosat olib borish imkonini beradi. Mustaqillik Dekloratsiyasi xalqimiz hayotida sodir bo’lgan muhim voqealar davlat mustaqilligining qabul qilinishi uchun tanlangan amaliy o’ta muhim qadam sanaladi.Bu amalda xalqimizning mustaqilligini bildiradi. Mustaqillik naqadar totli naqadar buyuk ne’mat Mustaqillik bu tenglik demakdir. Bu oliy ne’matga yetilish mehnatkash xalqimizning asrlar davomidagi ezgu orzu umidi va maqsadi hisoblanadi. Jang qurbonsiz bo’lmaganidek bu buyuk ne’matga erishish ham oson kechmadi bizga erkin teng huquqli jamiyat yaratish uchun qanchadan qancha ulug’ zotlar jonlarini fido qildilar.Mustaqillikka erishuv yo’lidagi qurbonliklarni so’z bilan ta’riflash qiyin bu achchiq haqiqatni teran anglagan holda biz yoshlar mamlakatimiz taraqqiyoti xalqimiz farovonligi uchun qo’limizdan kelganicha harakat qilmog’imiz lozim. Mustaqillik qo’lga kiritilishida Mustaqillik Dekloratsiyasining o’rni va ahamiyati salmoqlidir. Davlatimiz Mustaqilligi arafasida respublikadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat ayanchli va achinarli edi. Ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha jabhalarida sof shovinistik mustamlakachilik siyosati olib borilar xalqimiz azob uqubatlarga duchor etilar edi. Insonlarning na yeganida na ichganida va na uyqusida halovat bo’lmagan. Mana shunday sharoitda Mustaqillik Dekloratsiyasining qabul qilinishi zaruriy jarayon edi. Bu muhim tarixiy hujjat shaxsan yurtboshimiz tashabbusi bilan soha mutaxasislari ilg’or deputat va huquqshunoslar tomonidan xalq manfaatlarini ko’zlab ishlab chiqildi va qizg’in muhokama ostiga olinib nihoyat 1990 yil20- iyunda qabul qilindi. Mustaqillik Dekloratsiyasi sababli o’z uyimizda o’zimiz ega va hokim bo’ldik. Xalqning istak va xoxishlari inobatga olingan holda qarorlar qabul qilinar chegaralarimiz dahlsiz bo’ldi. Ichki va tashqi siyosat qardosh va boshqa mamlakatlar bilan munosabatlar shartnoma asosida hal qilinib o’z gerb, bayroq va madhiyamizga ega bo’ldik. Mustaqillik Dekloratsiyasining Mustaqilligimiz e’lon qilinishidagi tarixiy ahamiyati yuksak va mustaqillikkacha bo’lgan davrda insonlar hayotiga qatoryengilliklar olib bordi. Zero, uning qabul qilinishi Mustaqillikka erishuv uchun asos va mazmun hal qiluvchi bo’g’in hisoblanadi. Download 85.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling