O’zbekistonga xos milliy taraqqiyot modeli Dunyoviy davlat qurishda «O'zbek modeli»


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana07.02.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1174399
  1   2   3   4
Bog'liq
Barotova Navbahor



O’zbekistonga xos milliy 
taraqqiyot modeli


Dunyoviy davlat qurishda «O'zbek modeli»ning jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy 
va ma'naviy hayot sohalarida namoyon bo'lishi. Dunyoviy va milliy davlatchilik 
tushunchalari. O'zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurishning asosiy 
vazifalari. Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlar jahon maydoniga chiqishda 
ular dunyoviy davlat qurish yo'lidan borganligi bilan xarakterlanadi. Aslida 1) 
dunyoviy davlatchilik, 2) milliy davlatchilik va 3) islom davlatchiligi tushunchalari 
mavjud bo'lib, ularning o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Dunyoviy davlat 
tushunchasi, avvalo, demokratiyaning muhim umumjahon e'tirof etgan asosiy 
tamoyillariga asoslanadi. Bu tamoyillar: 1. Erkin va adolatli saylovlar. 2. Ochiq va 
hisobot beruvchi hukumat. 3. Inson huquqlarining ustuvorligi. 4. Hokimiyat 
organlarining saylanib qo'yilishi. 5. So'z, matbuot va vijdon erkinligining 
Konstitutsiya va qonunlar bilan kafolatlanishi. 6. Qonun ustuvorligi. 7. 
Fuqarolarning siyosiy va iqtisodiy huquqlari mavjudligi va tengligi. 8. Tayinlash 
yo'li bilan shakllangan davlat organlarining saylab qo'yiladigan organlari oldida 
hisob berib turishi. 9. Ko'ppartiyaviylik tizimining mavjudligi. 10. Umummilliy 
masalalarning hal etilishida referendumlarning o'tkazilishi. 11. Mulk shakllarining 
xilma-xilligi va ularning tengligini kafolatlovchi qonunlarning mavjudligi. 12. 
Siyosiy muholifatning ochiq faoliyat ko'rsatishi. 13. Jamiyatda xilma-xil 
fikrlarning, plyuralizmning mavjudligi 
.


Iqtisodiy taraqqiyotning “O`zbek modeli” O`zbekiston istiqlolidan keyingi 
milliy taraqqiyot zaruratidan tug`ilgan rivojlanish dasturidir. Uning ma`no-
mohiyatini belgilovchi asosiy omil — xalqning farovon va erkin hayot sari 
intilishi, tinch va osuda taraqqiyot yo`lidagi xohish irodasidir. Aynan mana 
shu omil milliy taraqqiyot borasida o`ziga xos yo`l tutishni belgilab berdi. 
Shu bois “o`zbek modeli”, o`zining shakl va mazmun-mohiyatiga ko`ra, 
boshqa biror taraqqiyot modeliga o`xshamaydi. Ma`lumki, mazkur model 
o`zbek xalqining an`anaviy turmush tarzi, hayot aqidasi, harakat falsafasi, 
ruhiyatiga asoslangan holda yaratildi. Buning uchun dunyoning taraqqiy 
etgan mamlakatlarining bozor iqtisodiyotiga o`tish borasidagi yo`li chuqur 
o`rganildi va ularning qaysi jihatlarini qay tarzda joriy etish tamoyillari 
ishlab chiqildi. Eng muhimi, islohotlar jarayonida qay jihatlarini milliy 
an`analar negizida joriy etish kerak, degan hal etuvchi masalalarga oydinlik 
kiritib olish maqsadga muvofiqdir. Bunda mustabid totalitar tuzum 
so`nggidagi iqtisodiy tanazzul ahvolidan, yangi isloh qilingan huquqiy 
demokratik jamiyatga olib chiqishning birdan-bir yo`li sifatida mazkur 
modelning tanlanishini o`rinli ekanini alohida e`tirof etish joizdir.


 Tanlab olingan taraqqiyot yo`li Konstitutsiyaga asoslangan bo`lib, O`zbekistonni milliy 
davlatchilik, ijtimoiy-iqtisodiy va ma`naviy jihatdan kamolotga muqarrar olib boradigan 
yo`l bo`lib, beshta asosiy bosqichdan iborat. Beshta asosiy qoida O`zbekiston davlatchilik 
qurilishi va iqtisodiyotini isloh qilishdagi dasturining o`zagi hisoblanib, quyidagi 
bosqichlarni o`z ichiga oladi:
1.Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi. Buning mohiyati shundaki, iqtisodiy islohotlar hech 
qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, u biror mafkuraga bo`ysundirilishi mumkin emas, 
ya`ni, iqtisodiyot har qanday siyosatdan ustun bo`lmog`i lozim. Ham ichki, ham tashqi 
munosabatlarni mafkuradan holi qilish zarur.
2.Davlat bosh islohotchi. Davlat islohotlarning ustuvor yo`nalishlarini belgilab berishi, 
o`zgartirishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o`tkazishi, jaholatparast 
(retrograd) va konservatorlar qarshiligini bartaraf etishi shart.
3. Qonun ustuvorligi. Bunda qonun, qonunlarga rioya etish ustuvor bo`lishi lozim. Buning 
ma`nosi shuki, demokratik yo`l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va hech istisnosiz 
hamma hurmat qilishi va ularga og`ishmay rioya etish zarurdir.
4. Kuchli ijtimoiy siyosat. Aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli 
ijtimoiy siyosat o`tkazishga ehtiyoj sezilishi tabiiydir. Bozor munosabatlarini joriy etish 
bilan bir vaqtda aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan ta`sirchan choralar 
ko`rilishi lozim. Bu bozor iqtisodiyoti yo`lidagi eng dolzarb vazifa bo`lib kelmoqda.
5Bozor iqtisodiyotiga o`tishning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi. Bozor 
iqtisodiyotiga o`tish obyektiv qonunlarning talablarini hisobga olgan holda o`tmishdagi 
“inqilobiy sakrashlar”siz, ya`ni, evolyutsion yo`l bilan, bosqichma-bosqich amalga 
oshirilishi kerak.



Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling