O’zbekistonga xos milliy taraqqiyot modeli Dunyoviy davlat qurishda «O'zbek modeli»
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Barotova Navbahor
O’zbekistonga xos milliy taraqqiyot modeli Dunyoviy davlat qurishda «O'zbek modeli»ning jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy hayot sohalarida namoyon bo'lishi. Dunyoviy va milliy davlatchilik tushunchalari. O'zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurishning asosiy vazifalari. Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlar jahon maydoniga chiqishda ular dunyoviy davlat qurish yo'lidan borganligi bilan xarakterlanadi. Aslida 1) dunyoviy davlatchilik, 2) milliy davlatchilik va 3) islom davlatchiligi tushunchalari mavjud bo'lib, ularning o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Dunyoviy davlat tushunchasi, avvalo, demokratiyaning muhim umumjahon e'tirof etgan asosiy tamoyillariga asoslanadi. Bu tamoyillar: 1. Erkin va adolatli saylovlar. 2. Ochiq va hisobot beruvchi hukumat. 3. Inson huquqlarining ustuvorligi. 4. Hokimiyat organlarining saylanib qo'yilishi. 5. So'z, matbuot va vijdon erkinligining Konstitutsiya va qonunlar bilan kafolatlanishi. 6. Qonun ustuvorligi. 7. Fuqarolarning siyosiy va iqtisodiy huquqlari mavjudligi va tengligi. 8. Tayinlash yo'li bilan shakllangan davlat organlarining saylab qo'yiladigan organlari oldida hisob berib turishi. 9. Ko'ppartiyaviylik tizimining mavjudligi. 10. Umummilliy masalalarning hal etilishida referendumlarning o'tkazilishi. 11. Mulk shakllarining xilma-xilligi va ularning tengligini kafolatlovchi qonunlarning mavjudligi. 12. Siyosiy muholifatning ochiq faoliyat ko'rsatishi. 13. Jamiyatda xilma-xil fikrlarning, plyuralizmning mavjudligi . Iqtisodiy taraqqiyotning “O`zbek modeli” O`zbekiston istiqlolidan keyingi milliy taraqqiyot zaruratidan tug`ilgan rivojlanish dasturidir. Uning ma`no- mohiyatini belgilovchi asosiy omil — xalqning farovon va erkin hayot sari intilishi, tinch va osuda taraqqiyot yo`lidagi xohish irodasidir. Aynan mana shu omil milliy taraqqiyot borasida o`ziga xos yo`l tutishni belgilab berdi. Shu bois “o`zbek modeli”, o`zining shakl va mazmun-mohiyatiga ko`ra, boshqa biror taraqqiyot modeliga o`xshamaydi. Ma`lumki, mazkur model o`zbek xalqining an`anaviy turmush tarzi, hayot aqidasi, harakat falsafasi, ruhiyatiga asoslangan holda yaratildi. Buning uchun dunyoning taraqqiy etgan mamlakatlarining bozor iqtisodiyotiga o`tish borasidagi yo`li chuqur o`rganildi va ularning qaysi jihatlarini qay tarzda joriy etish tamoyillari ishlab chiqildi. Eng muhimi, islohotlar jarayonida qay jihatlarini milliy an`analar negizida joriy etish kerak, degan hal etuvchi masalalarga oydinlik kiritib olish maqsadga muvofiqdir. Bunda mustabid totalitar tuzum so`nggidagi iqtisodiy tanazzul ahvolidan, yangi isloh qilingan huquqiy demokratik jamiyatga olib chiqishning birdan-bir yo`li sifatida mazkur modelning tanlanishini o`rinli ekanini alohida e`tirof etish joizdir. Tanlab olingan taraqqiyot yo`li Konstitutsiyaga asoslangan bo`lib, O`zbekistonni milliy davlatchilik, ijtimoiy-iqtisodiy va ma`naviy jihatdan kamolotga muqarrar olib boradigan yo`l bo`lib, beshta asosiy bosqichdan iborat. Beshta asosiy qoida O`zbekiston davlatchilik qurilishi va iqtisodiyotini isloh qilishdagi dasturining o`zagi hisoblanib, quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi: 1.Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi. Buning mohiyati shundaki, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, u biror mafkuraga bo`ysundirilishi mumkin emas, ya`ni, iqtisodiyot har qanday siyosatdan ustun bo`lmog`i lozim. Ham ichki, ham tashqi munosabatlarni mafkuradan holi qilish zarur. 2.Davlat bosh islohotchi. Davlat islohotlarning ustuvor yo`nalishlarini belgilab berishi, o`zgartirishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o`tkazishi, jaholatparast (retrograd) va konservatorlar qarshiligini bartaraf etishi shart. 3. Qonun ustuvorligi. Bunda qonun, qonunlarga rioya etish ustuvor bo`lishi lozim. Buning ma`nosi shuki, demokratik yo`l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va hech istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga og`ishmay rioya etish zarurdir. 4. Kuchli ijtimoiy siyosat. Aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o`tkazishga ehtiyoj sezilishi tabiiydir. Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan ta`sirchan choralar ko`rilishi lozim. Bu bozor iqtisodiyoti yo`lidagi eng dolzarb vazifa bo`lib kelmoqda. 5. Bozor iqtisodiyotiga o`tishning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi. Bozor iqtisodiyotiga o`tish obyektiv qonunlarning talablarini hisobga olgan holda o`tmishdagi “inqilobiy sakrashlar”siz, ya`ni, evolyutsion yo`l bilan, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling