O’zbekistoning daromadlar siyosati va ish haqi


Download 0.97 Mb.
bet1/6
Sana24.12.2022
Hajmi0.97 Mb.
#1056079
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’ZBEKISTONING DAROMADLAR SIYOSATI VA ISH HAQI Восстановленный

O’ZBEKISTONING DAROMADLAR SIYOSATI VA ISH HAQI

BAJARDI: ABDURAHIMOV FIRDAVS

REJA

1. O’ZBEKISTONDA IJTIMOIY SIYOSATNI ASOSIY YO’NALISHLARI

2. O’ZBEKISTONDA AHOLI PUL DAROMADLARINING TARKIBI VA UNING O’ZGARISHI

3. ISH HAQI

O’ZBEKISTONDA IJTIMOIY SIYOSATNI ASOSIY YO’NALISHLARI

Daromad aholi turmush farovonligini ta'minlovchi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Uning miqdori aholining iste'mol qobiliyatini belgilab beradi. Shu nuqtai nazardan olganda, daromadlarning turlari va shakllanishi har bir fuqaroni qiziqtirishi tabiiy. Ma'lumki, har bitta oilaning daromadi a'zolarning ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan keladigan, davlat tomonidan beriladigan nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan, qimmatli qog‘ozlar savdosidan tushadigan foiz, dividend, renta va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Davlatning ijtimoiy siyosati tabaqalashgan soliq solish yo‘li bilan muayyan markazlashgan daromadlarni shakllantirish va ularni aholi turli guruhlari o‘rtasida byudjet orqali qayta taqsimlashdan iborat. Davlat daromadlarni qayta taqsimlashda ijtimoiy to‘lovlar bilan birga bozor narxlarini o‘zgartirish (masalan, fermerlarga narxlami kafolatlash) va ish haqining eng kam darajasini belgilash usullaridan foydalanadi. Mamlakatimiz aholisi pul daromadlarining oshib borishi o‘z navbatida ular turmush sharoiti va sifatining bosqichma-bosqich yaxshilanib borishiga zamin yaratadi.

O‘zbekistonda kechayotgan bugungi o‘zgarishlar mamlakat yangi tarixini boshlab berdi, desak ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Zotan, yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va boshqa sohalarda yuz berayotgan ulkan yangilanishlar davlatimizning dunyo hamjamiyati bilan tom ma’noda integratsiyalashuvini ta’minlamoqda. Qisqacha aytganda, bugun yurtimiz dunyoni o‘ziga chorlayapti, yopiqlikdan ochiq pragmatik siyosat sari yuzlanmoqda. Bunday tutum, shubhasiz, bugungacha mavjud bo‘lgan tartib-qoidalarni isloh qilish va ularni dunyo andozalariga uyg‘unlashtirishni taqozo etadi. O‘zbekiston Respublikasi presidenti tashabushi bilan “Harakatlar strategiyasi” tashkil etilib bu muamolarni hal qilish uchundir. Biz nimalarni maqsad qildik? Eng avvalo, Harakatlar strategiyasi doirasida yurtimizda hayotga tatbiq etilayotgan mutlaqo yangicha ijtimoiy siyosatning mazmun va mohiyatini dunyo jamoatchiligiga yetkazish, qolaversa, davlat organlari, kasaba uyushmalari, savdo-sanoat palatasi hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining aholini ijtimoiy himoya qilish borasidagi o‘zaro hamjihatligi va sherikligi istiqbollarini belgilab olishni rejalashtirayapmiz.


Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling