O'zbekistonni 1989 yildan beri boshqarib kelgan


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
Sana10.11.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1764295
Bog'liq
islom karimov



Islom 
Karimovning 
hayoti 
va 
faoliyat

suratlard
a
O'zbekistonni 1989 yildan 
beri boshqarib kelgan 
mamlakatning birinchi va 
yagona prezidenti Islom 
Karimov hayotda va 
siyosatda qanday iz 
qoldirdi?


Islom Karimov - O'zbekistonning birinchi va yagona Prezidenti - sobiq ittifoq respublikasini 1989 yildan 
beri boshqarib keldi. Suratda Islom Karimov va Armanistonning birinchi prezidenti Levon Ter-
Petrosyan. 1991 yil dekabr.



1991 yil marti, SSSRni saqlab qolish 
bo'yicha referendumdan oldin. 
Karimov O'zbekiston aholisini 
Sovet Ittifoqi tarkibida qolish 
uchun ovoz berishga targ'ib 
qildi. 93 foizdan ortiq saylovchi 
Karimovning fikrini quvvatladi. 
Biroq bir necha oydan keyin, 1991 
yil avgustida, GKChPdan 10 kun 
o'tib, Karimov Markaziy Osiyo 
rahbarlari ichida birinchi bo'lib 
o'zining respublikasi 
mustaqilligini e'lon qildi. Suratda 
Qirg'iziston, O'zbekiston va 
Qozog'iston respublikalari 
prezidentlari Asqar Akaev, Islom 
Karimov va Nursulton Nazarboev 
Qozog'istonning Kokchetav 
shahrida. 1993 yil avgust.



1998 yil may oyida Moskvaga 
safari vaqti Islom Karimov sobiq 
sho'ro mamlakatlari rahbarlari 
ichida birinchi bo'lib Rossiya 
prezidenti Boris Yeltsinga 
uchinchi muddatga borishni 
taklif qildi. Yeltsin 
keyinchalik bu maslahatga amal 
qilmadi. Suratda Boris Yeltsin va 
Islom Karimov. 1998 yil oktyabr, 
Toshkent.



Islom 
Karimovning
mintaqadagi boshqa 
eng uzoq muddatli rahbar 
Qozog'iston Prezidenti Nursulton 
Nazarboev bilan munosabatlari 
uncha ham silliq bo'lmagan. Ular uzoq 
vaqt mintaqada etakchilikni qo'lga 
olish uchun kurash olib borgan, deb 
qaraladi. Bu kurashda Karimov eng 
birinchi navbatda O'zbek 
iqtisodining abgor holati bilan 
engildi. Karimov va Nazarboev 
Qozog'istondagi "Chimbuloq" 
kurortida. 2001 yil yanvari



O'zbekiston Konstitutsiyasi bir 
kishi ikki muddatdan ortiq 
prezident bo'lishiga imkon bermasa 
ham, Karimov mamlakatni 25 yil 
uzluksiz boshqardi. Bunga 
referendumlar orqasidan erishildi. 
Prezident muddati bir necha 
marta uzaytirildi. Sochida MDH 
davlatlarining norasmiy 
uchrashuvi payti. Bu 
rahbarlarning faqat ikkitasi - 
Putin va Nazarboev hozir 
qudratda qoldi.Suratda chapdan 
o'ngga: Nursulton Nazarboev, Leonid 
Kuchma, Islom Karimov, Vladimir Voronin, 
Vladimir Putin, Asqar Akaev.O'zbe



Ilom Karimov tashqi siyosatda turli 
qudrat kuchlari orasida mahoratini 
ko'rsatdi. 1994 yilda O'zbekiston MDH 
davlatlari Kollektiv xavfsizlik 
sharnomasi tashkilotiga kirdi, biroq 1999 
yilda undan chiqib ketdi. 2001 yilda 
sO'zbekiston Shanxay hamkorlik 
tashkilotiga a'zo bo'ldi va o'sha yilning 
o'zida AQShga o'zining hududida harbiy 
baza ochishga ijozat berib, NATOning 
Afg'onistondagi amaliyotlarini 
quvvatladi. AQSh Mudofaa vaziri Donald 
Ramsfeld va Islom Karimov. 2001 yilda Karimov 
Xonobod bazasidan AQShga Afg'onistondagi 
harbiy amaliyotlarida 
foydalanishiga ruxsat bergan.


O'zbekiston prezidentining rafiqasi Tatyana Akbarovna haqida ko'p narsa ma'lum emas. Aytilishicha, Karimovning ikkinchi oilasi 
bo'lgan Tatyana Akbarovna nafaqaga chiqquniga qadar O'zbekiston Fanlar Akkademiyasining Ekonomika institutida katta ilmiy 
xodim bo'lim ishlagan, iqtisod fanlari nomzodi. Suratda er-xotin Hindistonga rasmiy safar paytida. 2011 yil may.


Islom Karimovning to'ng'ich qizi Gulnora 
Karimova bir qancha muddat otasining 
ehtimoliy merosxo'ri deb qaralgan. 
TeliaSonera shirkatiga bog'liq tergov 
ishlari orqasidan uy qamog'iga olingan. 2014 
yilda O'zbekiston Prokuraturasi uni 
davlatdan 65 million dollarni o'margan 
jinoiy guruhga aloqadorlikda ayblagan. 
Hozirda Gulnora Karimovaning qaerdaligi 
noma'lum. U otasining dafn marosimida ham 
qatnashmagan
.


Islom Karimov "Sharq taronalari" festivalida 
2015 yil avgust, Samarqand. Registon 
maydoni.


Tabiiy resurslarga boy O'zbekiston 
neft va gaz eksport qiladi, paxta 
yetishtirish bo'yicha dunyoning 
yirik beshtaligiga kiradi. Oltin 
zahiralari bo'yicha mamlakat dunyoda 
to'rtinchi o'rinda, uni qazib chiqarish 
bo'yicha to'qqizinchi hisoblanadi. Biroq 
Karimov davrida biznes yurg'izish 
sharoiti o'ta og'irlashdi. Xalqaro 
Transparency International nodavlat 
tashkilotining har yili chop etadigan 
hisobotiga ko'ra, O'zbekiston 
korruptsiya darajasi bo'yicha 
dunyoda 150 o'rinda. Aholining mehnatga 
layoqatli qismining 10 foizi xorijda, asosan 
Rossiya va Qozog'istonda mehnat 
muhojirligida. Suratda Islom Karimov. 2015 
yil, noyabr
.


Toshkentdagi pannolardan birida Karimov va 
bolalar aks etgan. "Bizning 
farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli va 
aqlli bo'lishlari kerak. Va ular baxtli 
bo'lishlari lozim!", deb yozilgan unda. 
2016 yil, avgust.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling