O’zbekistonni tabiiy geografik o’rganish tarix bosqichini aniqlang va ularga qisqacha tavsif. Reja
Download 0.54 Mb.
|
geografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yoqilg‘i – energetika resurslari.
Ma’dan (mineral) resurslari. Respublikamiz hududining geologik tuzilishi anchagina murakkab bо‘lib, unda turli geologik davrlarda paydo bо‘lgan xilma – xil qazilma boyliklarining xо‘jalik ahamiyati kattadir.
О‘zbekiston qazilma boyliklari kishilar qadim zamonlardan boshlab foydalanib kelmoqdalar, ba’zi konlardan hatto miloddan oldin ham foydalanilgan. О‘rta asrlarda. Xususan, VI – XII asrlarda yer osti boyliklaridan foydalanish taraqqiy qilingan, qazilma ma’danlarni qidirib topish va qazib olish anchagina takomillashgan. IX – X asrlarda Toshkent vohasi. Farg‘ona vodiysi, Nurota tog‘lari va Samarqand atroflarida oltin, kumush va feruza – yoqut qazib olinganligi ma’lum. Olmaliq, Lashkarak konlarida qazib olingan ma’danlar hatto chet ellarga ham chiqarilgan. Qazilma xom ashyo asosida misgarlik, chilangarlik, zargarlik va boshqa hunarmandchilik rivoj topgan. О‘zbekiston mis, oltin, qо‘rg‘oshin, rux, molebden, volfram, tabiiy gaz qimmatbaho tosh va boshqa qazilma boyliklari jihatdan dunyoda oldingi о‘rinlardan birida turadi. Respublikada tuz, fosforid, oltingugurt, alyuminiy xom ashyosi, pardozlovchi va qurilish materiallarining ancha katta zahiralari bor. Yoqilg‘i – energetika resurslari. О‘zbekistonda tabiiy gaz va neftning bir qancha konlari bor. Ularning asosiylari 3 ta mintaqada joylashgan: Farg‘ona mintaqasi – Shimoliy Sux, Janubiy Olamushuk, Polvontosh, Chimyon, Shursuv, Mingbuloq va boshqa konlardan iborat bо‘lib, bu hududda asosan neft va yо‘ldosh gaz qazib olinadi. Bu konlar antikalinal tuzilishda bо‘lib, yura – neogen va paleogen qatlam (yotqiziq)larda joylashgan. Bu konlarning nefti yengil, unda oltingugurt kam uchraydi. Surxondaryo mintaqasi – Amudaryo, Xovdog‘, Qoshhar, Kokaydi va boshqa konlardan iborat. Bu konlarning ham asosan neft qazib olinadi, ular ham antiklinal tuzilishda bо‘lib, yuqori qatlamlarida joylashgan. Bu konlarning nefti og‘ir tarkibli, uning oltingugurti kо‘p. Qashqadaryo – Buxoro mintaqasi – о‘zining yirik gaz konlari bilan mashhur bо‘lib, mamlakat yoqilg‘i – energetika bazasi hisoblanib kelajagi porloq mintaqadir. SHо‘rtan, Zevarda, Muborak, Uchqir, Jarqoq konlari respublikada qazib chiqarilayotgan asosiy gazni bermoqda. Keyingi vaqtlarda aniqlangan Kо‘kdumaloq gaz koni katta istiqbolga ega. О‘zbekiston tabiiy gaz zahirasi jihatdan Rossiya Federasiyasi va Turkmanistondan keyin Hamdо‘stlik mamlakatlari о‘rtasida 3 chi о‘rinda turadi. О‘zbekiston kо‘mir konlari mahalliy ahamiyatga ega. Ularning eng muhimlari Toshkent viloyatlaridagi Angren qо‘ng‘ir kо‘mir, Surxondaryo viloyatidagi Sharg‘un va Boysun toshkо‘mir konlaridir. Kо‘mir qatlamlari orasida xо‘jalik ahamiyatiga ega bо‘lgan turli jinslar – gil, kaolin, qum, betonit, slanes va boshqalar uchraydi. Masalan, Angren koni daryo vodiysida, kaolin qatlamilari ustida yotadi, kо‘mir qatlamlari ancha qalin (ba’zan 40 – 60 metrga yetadi), kо‘mir qatlamlari kо‘proq yer yuzasiga yaqin joylashgani uchun uni ochiq usulda qazib olish mumkin. Angren havzasining kо‘miri qо‘ng‘ir bо‘lib, kaloriyasi pastroq, lekin zahirasining kattaligi va yirik. Asosiy iste’molchisi bilan ajralib turadi. Toshkent shahri bо‘lib, unga yaqin joylashganligi tufayli alohida iqtisodiy ahamiyatga ega. Sharg‘un koni Hisor tog‘i etaklarida, tog‘kembrining gneys va slaneslari ustida joylashgan. Sharg‘un kо‘miri yuqori kaloriyali, ammo qatlamlari yupqa, о‘rtacha qalinligi 2,5 metr bо‘lib, ayrim joylarida 12 metrga yetadi. Kо‘mir qatlamlari baland va qiya tog‘ yonbag‘irlarida joylashganligi uchun ularni о‘zlashtirish ancha murakkab, 28 km osma yо‘l orqali Uzun temir yо‘l bekatiga tashib kelinadi. Boysun konining kо‘miri yuqori sifatli bо‘lib, yura davrining yotqiziqlari ustida joylashgan. Kо‘mir qatlamlarining qalinligi va qazib chiqarish sharoitlari Sharg‘un toshkо‘mir koniga о‘xshashdir. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling