O’zbekistonning eng yangi tarixi” o’quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


Download 35.63 Kb.
Sana17.11.2020
Hajmi35.63 Kb.
#146951
Bog'liq
1. Reja. O’zbekistonning eng yangi tarixi o’quv fanining predme


O’zbekistonning eng yangi tarixi” o’quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

" O'zbekistonning eng yangi tarixi" haqida so’z yuritilganda, biz uchun, avvalo, mamlakatimizning 1991 yildan keyin bosib o’tgan tarixiy yo’li mohiyati va mazmunini anglab yetish muhimdir. Bu jarayon qanday borganligini, mamlakatimiz mustaqillik arafasida va uning dastlabki yillarida qanday muammolarga duch kelganini ushbu ma’ruza matnlarida tushunasiz.



“O’zbekistonning eng yangi tarixi” o’quv fanining predmeti -O’zbekistonning qariyb 70 yillik zulmdan qutilib, shu kunlargacha bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy-ma’naviy taraqqiyoti davrlari jarayonini o’rganish. “O’zbekistonning eng yangi tarixi” fani dunyoda eng qadimiy va boy tarixga ega bo’lgan o’zbek xalqining bir necha ming yillik tarixiy va ma’naviy taraqqiyotini o’rganuvchi va o’rgatuvchi, tarixidan g’urur va iftixor tuyg’ularini uyg’otuvchi fandir. Markaziy Osiyoda, jumladan, O’zbekistonda yashab kelayotgan xalqlar jahon fani va madaniyati hazinasiga munosib hissa qo’shib kelmoqdalar. O’zbek halqi Markaziy Osiyodagi barcha halqlar qatorida doimo erkinlik, hurlik, ozodlik va mustaqillik uchun mustamlakachilar va yot kelgindilarga qarshi kurash olib borgan va shu jihatdan u o’zining chuqur ildiz otgan an’analariga egadir.



“O’zbekistonning eng yangi tarixi” o’quv faning vazifasi – mustaqillikka erishish arafasida O’zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni hamda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini tushinish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda milliy g’ururni shakllantirishdan iborat.

Institut bakalavr yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalar bilishi kerak bo’lgan umumiy bilim doirasi “O’zbekistonning eng yangi tarixi “fani oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi:

Birinchidan, Yurtimiz tarixini o’qish va o’rganish jarayonida yoshlarda tarixiy bilimlar, ilmiy-nazariy tushunchalar va tasavvurlar shakllanmog’i lozim. Chunki voqyea va hodisalarni bilmasdan, ular haqida tushuncha va tasavvurga ega bo’lmasdan turib mustaqillik xaqidagi dunyoqarash haqida gap yuritish mumkin emas;

Ikkinchidan, Vatan tarixini yoritish, o’qitish va o’rganish jarayonida chuqur ilmiylik, xolislik, tarixiy haqiqatning ustivorligi asosiy va bosh yo’nalish bo’lishi lozim;

Uchinchidan, tarixining har bir satri, har bir varog’i milliy qadriyatlarga hurmat ruhi bilan sug’orilgan bo’lishi va milliy g’oya va milliy mafkurasining kamol topishiga xizmat qilishi darkor;

To’rtinchidan, Vatan tarixining boshidan oxiriga qadar singib ketgan asosiy g’oya - otashin vatanparvarlik, baynalminalchilik, insonparvarlik kabi ulug’ fazilatlarga qaratilmog’i kerak;

Beshinchidan, Vatan tarixi fani mustaqil respublikamizning siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ijtimoiy qadriyatlarining yanada mustahkamlanishi va ravnaq topishiga xizmat qilishi, davr va zamon bilan hamnafas bo’lmog’i ayni muddaodir.

Umuman olganda, O’zbekistonning eng yangi tarixini o’rganish va uni o’qitishning dolzarb muammolari bo’yicha keng munozaralarning zaruratini chuqur anglagan holda olimlar, pedagog xodimlar va maorifning boshqa vakillarini tarix ilmi va fani masalalarini keng ommaga yetkazish hamda matbuotda faol muhokama qilish zarur. Jamiyatimiz, ayniqsa, yosh avlod ona Vatanimizning yaqin o’tmishini tushunishga, murakkab, jo’shqin va jadal sur’atlar bilan davom etayotgan mamlakatimiz mustaqilligining tarix solnomasini tizimli o’rganishga, uni to’laqonli anglab yetishga katta ehtiyoj sezmoqda. Mazkur sharafli ijtimoiy vazifani amalga oshirish esa o’zbek tarixchilarining ilmiy va fuqarolik burchidir

“O’zbekistonning eng yangi tarixi” o’quv faning maqsadi-mustaqillikka erishish arafasida O’zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni, ularning sabablari va oqibatlarini;

- mustaqillik yillaridagi o’zgarishlarni, O’zbekistonning eng yangi tarixi masalalarini, zamonaviy jarayonlarda O’zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o’rnini tarixiylik va xolislik nuqtai nazaridan ;



- O’zbekistonning eng yangi tarixi muammolarini o’rganish, dunyoqarashni mustahkamlashda milliy mustaqillik g’oyasini qo’llay bilish, atrofida sodir bo’layotgan jarayonlarga o’z munosabatini bildira olish, jamiyat va inson dunyoqarashi rivojida tarix fanining o’rnini anglash va bugungi kunda sodir bo’layotgan voqyealarning tarixdagi muhim voqyealar bilan bog’liqligini bilish kerak.

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 30 iyundagi “O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O’zbekistonning eng yangi tarixi bo’yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi qarorni imzoladi. Qarorda Jamoatchilik kengashi oldiga O’zbekistonning eng yangi tarixini tizimli, haqqoniy va xolis tarzda o’rganishni tashkil etish, yangi avlod ilmiy va o’quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish hamda mamlakatimizning dunyodagi o’rni va rolini ko’rsatishga qaratilgan qator vazifalar qo’yilgan. Mazkur hujjatda ko’rsatilgan vazifalarni bir-birini to’ldiruvchi ikki yo’l orqali ro’yobga chiqarish lozimBirinchi. yo’l – yangi avlod ilmiy va o’quv adabiyotlarini yaratish. Ikkinchi yo’l – mavjud bilimlarni yoshlarga targ’ib etish va o’qitish.
Download 35.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling