O‘zbekistonning eng yangi tarixi o`quv fanining predmeti maqsadi vazifalari, nazariy metodologik tamoyillari


Yuksak intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o’rni


Download 0.95 Mb.
bet8/8
Sana28.03.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1303756
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
UZB

Yuksak intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o’rni.

  • Yuksak intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o’rni.
  • Taraqqiy etgan millatlarning o‘z tarixini yaxshi bilishi va qadrlashi, tarixiy yodgorlik va obidalarini e’zozlashi ko‘z qorachig‘idek asrashining ko‘pgina sabablari bor. Bu eng avvalo, tarix insoniyat paydo bo‘lganidan to hozirgacha davom etib kelayotgan ijtimoiy jarayon oynasi ekanligi bilan bog‘liqdir. Ikkinchidan esa, butun insoniyat shu tarixga qarab, o‘z o‘tmishi va borligini anglaydi, kelajak rejalarini belgilaydi.
  • Boshqacha bir ma’noda tarix buyuk faylasuf va donishmanddir. Uning mana shu dono falsafasini to‘g‘ri anglagandagina, xalqlar o‘z kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratadi.
  • Xristian (nasroniy)lik falsafasi asoschisi A.Avgustian (354-430-y.) hozirgi eramiz boshidayoq, ya’ni bundan bir ming olti yuz yil oldin tarixning xalq va millatning taqdirida tutajak o‘rnini ko‘rsatib, shunday degan edi; “G‘aflatda yotgan xalqni uyg‘otish uchun avvalo, uning tarixini uyg‘ot”.
  • XII asrning buyuk allomasi Shahobiddin Muhammad al-Nasaviy ham bu fikrni o‘zining quyidagi to‘rtligida yanada teran ma’noda mana bunday bayon etadi:
  • Kimki tutmas qalbida tarixni,
  • U inson ham emas, olim ham emas.
  • Biroq kimki uqsa o‘tmishini,
  • Ko‘p boyitar o‘z turmushini.
  • Salkam bir yarim asr hukmronlik qilgan chor va kommunistik bosqinchilar tarixning jamiyatda va millat hayotida tutgan o‘rnini to‘g‘ri anglab, ongli ravishda tariximizni qoraladi, soxtalashtirdi, millat tarixiy xotirasini o‘chirib, uni abadiy, qalban ma’naviy qaramlikka moslab tarbiyalashga harakat qildilar.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling