O’zbekistonning eng yangi tarixi
Download 300.17 Kb. Pdf ko'rish
|
Документ (4)
“O’zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan sessiya oraliq savollariga javob. ( 4-variant)
TA’LIM SHAKLI: SIRTQI YO’NALISH: MATEMATIKA VA INFORMATIKA
GURUH: 103
Mamatkarimov Shaxzod 1-topshiriq:O’zbekiston Respublikasi “Mustaqillik Deklaratsiyasi”ning mazmun- mohiyatini yoriting. Mustaqillik deklaratsiyasi (1990-yil 20-iyun) — Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 2-sessiyasida qabul qilingan. U Oʻzbekistonning mustaqillikka erishishida muhim qadam boʻldi. M.D.da "Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi oʻzbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy anʼanalari, har bir millatning oʻz taqdirini oʻzi belgilash huquqini taʼminlashdan iborat oliy maqsad haqi, Oʻzbekistonning kelajagi uchun tarixiy masʼuliyatni chuqur his etgan holda xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib, Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat mustaqilligini eʼlon qiladi", deb yozib qoʻyilgandi. Ana shu hujjat asosida Oʻzbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi va 1991- yil 31- avgustida "Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida" qonun qabul qilindi . O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Soveti: o‘zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an’analari, har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini ta’minlashdan iborat oliy maqsad haqi, har bir kishining farovon hayot kechirishini ta’minlashni oliy maqsad deb bilgan holda, O‘zbekiston xalqlarining kelajagi uchun tarixiy mas’uliyatni chuqur his etgan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib, O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qiladi. O‘zbekiston SSRning demokratik davlat mustaqilligi respublikaning o‘z hududida barcha tarkibiy qismlarida va barcha tashqi munosabatlardagi tanho hokimligidir. O‘zbekiston SSRning davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qo‘yilmay turib o‘zgartirilishi mumkin emas. O‘zbekiston SSRda davlat hokimiyati uning hududiga kiradigan barcha tarkibiy va bo‘linmas qismlari ustidan amalga oshiriladi va shu hududda yashaydigan aholiga taalluqlidir. SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan tasdiqlanganidan keyingina O‘zbekiston SSR hududida kuchga ega bo‘ladi. O‘zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O‘zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi. O‘zbekiston SSR xalqaro huquqning asosiy prinsiplarini tan oladi va hurmat qiladi. O‘zbekiston SSR ittifoqdosh respublikalar va boshqa davlatlar bilan o‘zining siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa munosabatlarini shartnomalar asosida belgilaydi va amalga oshiradi. O‘zbekiston SSR o‘zining taraqqiyot yo‘lini, o‘z nomini belgilaydi va davlat belgilarini (gerb, bayroq, madhiya) o‘zi ta’sis etadi. Qoraqalpog‘iston
Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi mustaqilligini Muxtor Respublika Konstitutsiyasi ta’min etadi. O‘zbekiston SSR uning Asosiy Qonuni va O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi asosida Qoraqalpog‘iston MSSR manfaatlarini himoya qiladi. O‘zbekiston SSRning qonun chiqaruvchi hokimiyati O‘zbekiston SSR davlat mustaqilligini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan qonunlarni ishlab chiqadi. O‘zbekiston SSRning siyosiy va iqtisodiy sistemalari tarkibini va qurilishini belgilaydi.O‘zbekiston SSR Oliy Soveti umumxalq muhokamasi asosida demokratik huquqiy davlat tuzishga qaror qilganini bildiradi, O‘zbekiston SSRda yashayotgan barcha millat va elatlarning qonuniy siyosiy, iqtisodiy, etnik, madaniy huquqlariga hamda ona tillari rivojlantirilishiga kafillik beradi. Ushbu Deklaratsiya O‘zbekiston SSRning yangi Konstitutsiyasini hamda yangi ittifoq shartnomasini ishlab chiqish uchun asosdir. 6-sentyabr—Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etildi. 14-sentyabr—Toshkentda Oʻzbekiston kommunistik partiyasining oxirgi favqulodda 23-sʼyezdi boʻlib, unda KPSS tarkibidan chiqish va sifat jihatidan yangi siyosiy tashkilot — Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi (Oʻzbekiston XDP) ni tuzish haqidagi Bayonot qabul qilindi. 26-sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati tuzildi. 26 sentyabr — Toshkentda Jahon oʻzbeklari (turkistonliklar)ning xalqaro anjumani oʻtkazildi. 30 sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari 7-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisidagi qonunga konstitutsiyaviylik maqomini berish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi. Inson huquqlari va erkinliklari toʻgʻrisida Deklaratsiya ratifikatsiya etildi. 24- oktyabr
— Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi tuzildi. 1-noyabrda — Toshkentda Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining 1-taʼsis qurultoyi boʻlib oʻtdi (15 noyabrda roʻyxatga olingan). 18-noyabr —Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 8-sessiyasida "Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida"gi qonun qabul qilindi.29-noyabr — Toshkentda Oʻzbekiston xalq artisti Sulaymon Yudakov memorial muzeyi ochildi. 25- dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Jahon intellektual mulk tashkilotiga aʼzo boʻldi. 29-dekabr — Respublikaning davlat mustaqilligi toʻgʻrisida umumxalq referendumi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston xalqi respublika Oliy Kengashi eʼlon qilgan Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini maʼqulladi. Birinchi marta yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkazilgan toʻgʻridan-toʻgʻri umumiy va alternativ asosdagi saylovda I.A.Karimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
2-topshiriq: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyasining I-bo‘limi mazmunini yoriting. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida 1992- yil 8- dekabrda qabul qilingan. (2002 yil 27 yanvarda o‘tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga ko‘ra hamda uning asosida O‘zbekiston Respublikasining 2003- yil 24- aprelda qabul qilingan Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 11 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 89-modaasiga, 93- moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga tuzatishlar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2008- yil 25 -dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 77- moddasining birinchi qismiga o‘zgartish kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2011- yil 18- aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 78, 80, 93, 96 va 98- moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2011- yil 12- dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 90-moddasining ikkinchi qismiga tuzatish kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2014- yil 16- aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 32, 78. 93, 98, 103 va 117-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 80, 81, 83, 93, 107, 110 va 111-moddalariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2017- yil 31- mayda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 80, 93, 108 va 109-moddalariga o‘zgartishlar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2017- yil 29-avgustda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 99 va 102-moddalariga o‘zgartishlar kiritilgan.) O’zbek xalqi: inson huquqlariga va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiqligini tantanali ravishda e’lon qilib,
hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatini anglagan holda, o‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanib,
demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib, xalqaro
huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda,
respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga intilib,
insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni ko‘zlab,
fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash maqsadida,
o‘zining muxtor vakillari siymosida Oʻzbekiston Respublikasining mazkur
Konstitutsiyasini qabul
qiladi. 1-modda.
Oʻzbekiston — suveren demokratik respublika. Davlatning “O‘zbekiston Respublikasi” va “O‘zbekiston” degan nomlari bir ma’noni anglatadi. 2-modda:Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar. 3-modda: O‘zbekiston Respublikasi o‘zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi. O‘zbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo‘linmasdir. 4-modda: O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf- odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. 5-modda : O’zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlangan o’z davlat
ramzlari – bayrog’I, gerbi va
madhiyasiga ega. 6-modda: O‘zbekiston Respublikasining poytaxti — Toshkent shahri. 7-modda: Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbaidir.O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi. Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o‘zlashtirish, hokimiyat idoralari faoliyatini to‘xtatib qo‘yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
3-topshiriq:O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari haqida ma’lumot yozing. O’zbekiston tashqi siyosatining asosiy tamoyillari Prezident Islom Karimov o’zining “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” va boshqa asarlarida mustaqil tashqi siyosat yuritish qoidalarini nazariy va amaliy jihatdan puxta asoslab berdi. Tashqi siyosatga tinchlik, barqarorlik, hamkorlik yo’li asos qilib olindi. O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: •mafkuraviy qarashlardan qafiy nazar hamkorlik uchun chiqlik,umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik; •davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish; •boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; •nizolarni tinch yo'l bilan hal etish; •kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik; •inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash; •ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan qoidalari va normalarining ustivorligi; •davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta'minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo’stliklarga kirish va ulardan ajralib chiqish; •tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik; •davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik, davlat milliy manfaatlarining ustunligi; •tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko’p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik. Mamlakatimizning jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligiga mos bo’lib tushgan tinchliksevar tashqi siyosati, uni jahonda mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini ta'minladi. O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini dunyodagi nufuzli davlatlar tan oldi, ularning 120 tasi bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy–texnikaviy va madaniy aloqalar o’rnatildi. Toshkentda 43 mamlakatning elchixonasi ochildi. Bular jumlasiga AQSH, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Pokiston va boshqalarni kiritish mumkin. Shuningdek, O’zbekistonda 88 xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning, 24 hukumatlararo va 13 ta nohukumat tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat ko’rsatmoqda. Dunyodagi 30 dan ortiq davlatda – AQSH, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Xitoy, Pokiston va boshqalarda O’zbekistonning elchixonalari va konsulliklari ishlab turibdi. O’zbekistonning BMTga a'zo bo’lishi O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo’lga kiritgan dastlabki kunlardanoq jahon hamjamiyatiga qo’shilish, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish yo’lini tanladi va og’ishmay shu yo’ldan bormoqda. O’zbekiston Respublikasi
o’zining xohish–irodasi va taklifiga ko’ra 1992–yil 2–martda jahondagi eng nufuzli xalqaro tashkilot– Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatining to’la teng huquqli a'zosi bo’ldi. Mamlakatimiz Prezidenti I. A. Karimovning BMT Bosh Assambleyasining 1993– yilda bo’lgan 48– sessiyasida ishtirok etishi va unda 27– sentabrda qilgan ma'ruzasi O’zbekistonni jahonga ko’hna va yosh, navqiron davlat sifatida namoyon etdi. O’zbekiston Respublikasi nomidan Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlik masalalari bo’yicha BMT ning Toshkentda doimiy ishlovchi seminarini chaqirish, narkobiznesga qarshi kurashni kuchaytirish, Orol muammosini hal etish va boshqa masalalar bo’yicha bir qator takliflar o’rtaga qo’yildi. 1993–yil 24–oktabrda Toshkentda BMT ning vakolatxonasi ochildi va u ish boshladi. O’zbekiston rahbariyati va BMT rahbarlarining sa'y–harakatlari natijasida O’zbekiston BMT–ning Xalqaro telekommunikatsiya uyushmasi, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi, Qochoqlar ishi bo’yicha oliy qo’mitasi, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti, Xalqaro atom energiyasi agentligi, Aholi joylashish jamg’armasi, Narkotik moddalarni nazorat qilish dasturi, Sanoat taraqiyoti tashkiloti, Oziq–ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti singari ixtisoslashgan muassasalarga a'zo bo’ldi. 1994–yil oktabrning boshlarida BMT vakolatxonasining yordami va ishtirokida Toshkentda bo’lgan jahon sayyohlik tashkilotining “Ipak Download 300.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling