О’zbekistonning eng yangi tarixi


О’zbek davlatchiligining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari


Download 111.68 Kb.
bet2/5
Sana30.01.2024
Hajmi111.68 Kb.
#1815846
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-SEMINAR VA 1-MARUZA

2. О’zbek davlatchiligining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari. Davlat insoniyat taraqqiyotining ma’lum bosqichida, ishlab chiqarish qurollari va vositalariga xususiy mulkchilik paydo bо‘lgandan va jamiyat bir–biriga qarama–qarshi sinflarga bо‘lingandan keyin, kelishtirib bо‘lmaydigan sinfiy ziddiyatlar mahsuli va dalili sifatida paydo bо‘lgan. Davlat jamiyatga tashqaridan zо‘rlab kiritilgan kuch bо‘lmay, balki ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi natijasida jamiyatning о‘zida vujudga kelgan. Jamiyatni boshqarishning birlamchi va asosiy shakli о‘zaro qondosh–qarindosh odamlarning shaxsiy ittifoqi – urug’ jamoasi bо‘lgan. Urug’lar hudud va til jihatdan yaqinligiga qarab birlashib, bir necha urug’dan iborat uyushmani, о‘z navbatida bir necha urug’ uyushmalari birlashib qabilani tashkil etgan. Urug’ tepasida urug’ning umumiy yig’ilishida saylab qо‘yiladigan, katta hayotiy tajribaga ega bо‘lgan va kо‘pchilik hurmatiga sazovor bо‘lgan oqsoqollar yoki harbiy boshliqlar turgan. Urug’ uyushmalari va qabilalarni ayrim urug’ oqsoqollari va harbiy boshliqlardan tashkil topgan kengashlar boshqargan. Oqsoqollar va harbiy boshliqlar hech qanday imtiyozlardan foydalanmaganlar. Ularning hokimiyati oqsoqol va harbiy boshliqlarning obrо‘yiga, urug’ a’zolarining ularga bо‘lgan hurmatiga, qо‘llab quvvatlashiga suyangan. Yuqorida qayd etilganidek, ijtimoiy ishlab chiqarishning taraqqiyoti, xususiy mulkchilikka asoslangan bir–biriga qarama–qarshi (antog’onistik) sinflarning vujudga kelishi jamiyatni davlat yо‘li bilan boshqarish shakliga olib keldi. Davlat – tarixiy hodisa, sinfiylik mahsulidir. Sinfiy jamiyatning mavjudligi va rivojlanishining iqtisodiy sharoitlari, uning murosasiz sinfiy qarama–qarshilik kuchlarini davlat sifatida birlashtirishni va u yordamida manfaatlariga mos bо‘lgan ishlab chiqarish munosabatlarini mustahkamlab olishni ob’yektiv zarurat qilib qо‘yadi. Hukmron sinf davlat hokimiyatidan foydalanib, irodasini qonun darajasiga kо‘taradi va butun jamiyat a’zolarini shunga rioya qilishga majbur etadi. Davlatga ega bо‘lgan jamiyat ibtidoiy jamoa tuzumidan, avvalo, fuqarolarining hududiy prinsip bо‘yicha belgilanishi bilan farq qiladi. Ma’lumki, ibtidoiy jamoa tuzumida odamlarning biror urug’ yoki qabilaga mansubligi, ijtimoiy mavqei ularning qondoshligiga qarab belgilangan. Davlatli jamiyatda esa, fuqarolarning huquq va burchlari ilgari ular qaysi urug’ yoki qabilaga mansub bо‘lganligiga qarab emas, balki ular yashayotgan hudud va shu hududning qaysi davlatga qarashiga, qaysi davlatning fuqaroligiga hamda qaysi sinfga mansubligiga qarab belgilanadi. Har qanday davlatning mohiyati uning funksiyalarida, ya’ni davlat faoliyatining asosiy yо‘nalishi uning ichki va tashqi siyosatining mazmuni va xarakteri bilan belgilanadi.
Boshqacha qilib aytganda davlat va davlatchilik mohiyatini mavjud jamiyat barcha imkoniyatlarini shu jamiyat a’zolari manfaati yо‘lida rо‘yobga chiqarish ishiga bosh bо‘luvchi, ularning haq–huquqlarini muhofaza etuvchi siyosiy boshqaruv uslubi tashkil etadi. Shu bilan birga davlat belgilari ham mavjud. Ular quyidagilarda ifodasini topadi: davlat hududi (yaxlit mamlakat), fuqarolari, puli, tili, qо‘shini, bayrog’i, tamg’asi, madhiyasi, chegaralari va hokazo. Albatta, turli davr va sharoitlarda davlat davlatchilik mohiyati va belgilari turlicha bо‘lishi mumkin.

Download 111.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling