O‘zbekistonning erkin iqtisodiy zonalari: 2020 yil yakunlari va 2021 yilda rivojlanish istiqbollari
Roud-shou” xorijiy investitsiyalarni jalb etish vositasi sifatida
Download 16.54 Kb.
|
1 2
Bog'liqЭИҲлар фаолияти. 2021 якуни
Roud-shou” xorijiy investitsiyalarni jalb etish vositasi sifatida
Qulay investitsiyaviy muhit – bu iqtisodiyotni rivojlantirish, mintaqalar va tarmoqlarga investitsiyalarni jalb qilish va tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirishning asosiy omili hisoblanadi. Shu bilan birga, mamlakatda investitsiyaviy muhitining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bu xususiy sektorning rivojlanganligi va uning mamlakat iqtisodiyotidagi roli hisoblanadi. Iqtisodiyotda davlat ulushining saqlanib qolishi korxonalarning raqobatbardoshligi yuksalishiga, ularning texnologik rivojlanishiga, ishlab chiqarishining oshishiga va yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga to‘sqinlik qiladi. Buning eng to‘g‘ri izohi shundaki, nomukammal raqobat sharoitida korxonalar egalari va rahbarlari xarajatlarni kamaytirish va foydani ko‘paytirish uchun hech qanday rag‘batga ega bo‘lmaydilar, va shunga mos ravishda boshqaruv qarorlari vaziyatni to‘g‘ri aks ettiruvchi moliyaviy hisob-kitob tizimisiz oddiy ichki xissiyotlar asosida qabul qilinadi. Bozor munosabatlariga jadal o‘tishni taʼminlash, shaffof va raqobat muhitini shakllantirish va iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida tadbirkorlik faoliyatini faol rivojlantirish maqsadida O‘zbekistonda davlat aktivlarini ommaviy xususiylashtirish va davlat ulushiga ega korxonalarni transformatsiyalash ishlari boshlandi. Iqtisodiyotda davlat ishtirokidagi korxonalar ulushini tubdan kamaytirish va ular faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha navbatdagi tadbirlarni belgilaydigan eng muhim hujjat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 oktyabrda qabul qilingan “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6096-sonli Farmoni bo‘ldi. Yangi hujjat davlat ishtirokidagi 3 mingga yaqin korxona faoliyatini to‘liq o‘rganib chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri boshchiligidagi ishchi guruhlar faoliyatining yakuni bo‘ldi. Farmonga muvofiq, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga mahalliy va xalqaro investorlarni jalb qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni, shu jumladan, korxonalar ulushlarini ommaviy kim oshdi savdosiga qo‘yishdan oldin bo‘lajak xaridorlar ishtirokida muntazam uchrashuv va taqdimotlarni o‘tkazish orqali amalga oshirish topshirildi. Hozirgi kunda Vazirlik tomonidan pandemiya va koviddan keyingi davrda O‘zbekistonda iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘llanilgan mexanizmlari, biznes yuritishning asosiy afzalliklari, shuningdek, transformatsiyalash va xususiylashtirilishi lozim bo‘lgan davlat aktivlarining batafsil tavsifi keltirilgan ro‘yxati to‘g‘risidagi maʼlumotlarni ochib beruvchi taqdimot materiallari to‘plami tayyorlandi. Materiallar xorijiy investorlar bilan ishlashda kelgusida amalda foydalanish uchun Tashqi ishlar vazirligiga yuborilgan. Davlat ulushiga ega bo‘lgan korxonalar va ushbu ro‘yxatga kiritilgan obyektlar loyihalarining tegishli taqdimotlari va pasportlari ishlab chiqilgach, Tashqi ishlar vazirligi ularni chet ellarda faol targ‘ib qilish va reklama qilish bo‘yicha “roud-shou” jadvalini tasdiqlaydi. Manfaatdor investorlar ushbu ro‘yxat bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi veb-saytida qo‘yidagi havola orqali tanishishlari mumkin: https://davaktiv.uz/ru/privatization Download 16.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling