O'zbekistonning Evrosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga kirishining afzalliklari va kamchiliklari
Download 47.07 Kb.
|
18-19 tayyor
IV. Tahlil
Endi yuqoridagilarni biroz tahlil qilib ko‘raylik. Avvalo, aytish kerakki, O‘zbekiston kelajakda ittifoqqa kirib, keyin undan chiqishi jiddiy siyosiy xavfga aylanishi mumkin. Negaki, YeOIIga kirgandan keyin undan chiqish eng kamida YeOII davlatlari bilan o‘zaro savdo urushiga, Rossiya tomonidan esa bizga nisbatan jiddiy sanksiyalar qo‘llanishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli ham ushbu masalada chuqur o‘ylangan qadam tashlanishi lozim. Bunda yurtimizning YeOII davlatlariga nisbatan qanday holatda ekanligini inobatga olish lozim. Agar Armaniston o‘zining Ozarboyjon bilan siyosiy muammolari borligi tufayli YeOIIga qo‘shilgan bo‘lsa, Qirg‘iziston Rossiya va Qozog‘istonga migrant ishchilar jo‘natish va eksport bozorini kengaytirish uchun ittifoqqa kirgan. Belarusning Rossiya bozori bilan qay darajada bog‘langanini esa aytishga hojat yo‘q. Rossiya bilan kelishilgan qoidalar asosida munosabat olib borish Qozog‘iston uchun pirovard maqsad bo‘lgan. Lekin bu mamlakatlarning birortasi O‘zbekiston bilan bir xil vaziyatda emas. 2020-yil 20-yanvar kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Rossiya boshchiligidagi Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YOII) aʼzo boʻlmasligini aytdi. Buning oʻrniga Oʻzbekiston 2017-yildan beri tashkilotni kuzatib kelayotgan Moldova kabi kuzatuvchi maqomiga ega boʻladi. Mirziyoyev oʻz qarorini Oʻzbekistonning yangi saylangan Senati ilk majlisida maʼlum qilgan. YOIIga Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Armaniston va Belarus kiradi. “Integratsiyalashuv haqida ikki ogʻiz aytsam”, dedi Mirziyoyev. Koʻp odamlarimiz chet elda ishlab yuribdi. Qozogʻiston va Rossiyada.” “Bitta narsani bilib qoʻyinglar”, dedi u. “Hech kim mustaqillikni hech kimga berib qoʻymaydi. Mustaqillik xalq ishongan prezidentning qoʻlida.” “Biz ittifoqqa aʼzo boʻlib kirmayapmiz”, dedi u. Prezident Oʻzbekiston YOIIga aʼzo emas, faqat kuzatuvchi maqomida kirishini taʼkidlagan. “Kuzatuvchi maqomida nima yaxshi, nima yomonligini kuzatamiz”, dedi u aʼzolikdan koʻra kuzatuvchi boʻlishning foydasini tushuntirib. “Bir narsaga amin boʻlinglar, hamma qilgan harakatlarimiz millatimiz manfaati uchun.” Download 47.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling