O'zbekistonning hayvonot dunyosi va ularning muhofazasi reja


Download 25.59 Kb.
bet1/2
Sana15.11.2023
Hajmi25.59 Kb.
#1775315
  1   2
Bog'liq
O\'ZBEKISTON TEKISLIK QISMI HAYVONOT DUNYOSI VA ULARNI MUHOFAZA QILISH


O'ZBEKISTONNING HAYVONOT DUNYOSI VA ULARNING MUHOFAZASI
Reja:
1. O’simliklar va hayvonlar xilma-xilligi va ahamiyati.
2. Noyob va qirilib borayotgan organizmlar.
3. O’zbekiston o’simliklari va hayvonlari.
4. O’simliklar va hayvonlarni muhofaza qilish.
5. O’zbekiston “Qizil kitobi”

Yo’qolgan turlar Hech bir inson dinozavrlarning yo’q bo’lib ketish sababini aniq dallillar bilan aytibberolmaydi. Bir narsa aniqqi, inson faoliyati va tabiatga ta‟siri dinozavrlardan keyin paydo bo’ldi. Bugun boshqacha hayot. Yo’qolib borish arafasidagi turlar soni oshmoqda. 1980 yildan 2000 yilgacha AQSH da 40 ga yaqin o’simlik va hayvon turlari yo’q bo’lib ketdi. Sababi, insoniyatning yer yuzini katta maydonlarini egallashi va o’zlashtirish, ehtiyojlarini qondirishi hisobiga turlar soni kamayibketmoqda. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, biologik xilma-xillik Yeryuzida barcha ekotizimlarda mavjud. Biron bir turning yo„qolishiyoki kamayib ketishi har xil tur populyatsiyasi uchun noqulaylik keltiribchiqaradi, zero, turlar doimo bir-biri bilan turlichao„zaro bog’langan. Suv ekotizimi va quruqlik ekotizimlarida turlar xilmaxilligini saqlash hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biri bo„lib qolmoqda.Tabiat resurslaridan oqilona foydalanmasligimiz oqibatida, qanchadanqancha turlar va notirik komponentlar xavf ostida qolayapti.


Tabiatning chiroyli manzarasi, ko„rkam go„shalari, o„zining hayvonot va o„simlik olamining g’aroyibotligi bilan ajralib turuvchi biosferani saqlash har birimizning insoniylik burchimizdir. Biologik xilma - xillik tropik o„rmonlarda, ya‟ni doimiy namiqlimli hududlarda, jumladan, Ekvadordagi Yasuni milliy bog’ida yuqoribioxilma-xillik mavjud. Quruqlik bioxilma-xilligi okean bioxilma -xilligidan 25 marotaba yuqori. Yeryuzida mavjud bo„lgan 8,7 millionturning 2,1 millioni okean uchun xos ekanligi baholandi. Kolumbiya yuqori bioxilma - xillikka ega bo„lgan mamlakathisoblanib, u yerda endemik turlar ko„p. Ya‟ni bu turlar boshqa biromamlakatda uchramaydi. Yerda mavjdu bo„lgan turlarning 10% gayaqini Kolumbiyada uchraydi va 1900 dan ko„proq qush turlari Yevropava Shimoliy amerikaga qaraganda ko„proq. Kolumbiyada dunyo sutemizuvchi turlarining 10% i uchraydi. Dunyoning suvda va quruqdayashovchilarining 14 % i va dunyo qushlarining 18%i Kolumbiyadauchraydi. Indoneziya dunyo gulli o„simliklarining 10% ini, sutemizuvchilarning 12% ini, sudralib yuruvchilar, amfibiyalar vaqushlarning 17% ini o„z ichiga oladi. Madagaskar orolidagi florada o„simlik turlarining 66% iendemik, Yangi Zelandiya orolida esa 72 %, Gavaya orollarida 82-90%. Janubiy Xitoy ning Chjetszyan proventsiyasida Sharqiy osiyoningginko daraxti yovvoyi holda faqat shuyerda o„sadi. AQSH g’arbidagibir qancha rayonlarda mamont daraxti faqat shuyerlarda o„sadi. Turlar qonun tomonidan saqlansada, toki ularning tabiiy muhiti saqlanmaguncha ular hayot kechira olishmaydi. Atrof muhitni muhofaza qilish ko’pincha, tabiiy muhitni yoki butun ekotizimni saqlashga asoslangan bo’ladi. Buni bajarishning usullaridan biri bu tabiat muhofazasini yaratish bo’lib, u xuddi, xalqaro bog’lar va yovvoyi hayot hududlarini saqlash kabi bo’ladi . 1872-yilda birinchi Xalqaro bog’ Yellow Stone National Park hisoblanib, AQSH da tashkil qilingan. O’sha davrda Kulrang ayiq, loss va bug’ular Shimoliy Amerika hududi tomonga ko`chirilib, joyi o’zgartirilgan edi. Bu hayvonlar ozuqa to’plash uchun yerning ko’plab hududlarini darbadar kezardilar. Agar ularning tabiiy muhiti kichik bo’lsa ular yashay olmaydilar. Misol uchun, kulrang ayiq kuniga katta miqdorda ozuqaga muhtoj bo’ladi. Kulrang ayiqga o’z qornini to`ydirishi uchun bir nechayuz km hududlar kerak bo’ladi. Milliy bog’lar va yovvoyi hayot hududlarisiz ba‟zi hayvonlar hozir mavjud bo’lgandan ancha kam bo’lishlari mumkin edi.
O’simliklar dunyosi. O’simliklar dunyosi erdagi hayotning birlamchi manbaidir. Ular yiliga 380 mlrd. tonna organik modda hosil qiladi, buning 325 mlrd. t. dengiz va okean o’simliklariga, 38 mlrd. t. o’rmonlarga, 6 mlrd. tonnasi o’tloqlarga to’g’ri keladi. Bundan tashqari o’simliklar, ya‟ni yashil o’simliklar tufayli fotosintez jarayoni bo’lmasa, havodagi uglerod (CO2)ning miqdori ko’payib kishilar va hayvonlar nobud bo’lur edi. Biroq atmosferadagi suv yuzasidan va tuproqdan kelayotgan o’sha CO2 gazi o’simliklar tomonidan yutilib, fotosintez natijasida yashil o’simliklar atrofga kislorodni chiqarib turadi. Shunday qilib, fotosintez orqali er sharidagi suv 5,8 mln. yilda, atmosferadagi kislorod 5800 yilda, karbonat angidrid 7 yilda bir marta yangilanib turadi. O’simliklar inson uchun oziq-ovqat, yem-xashak, dori-darmon, kiyim-kechak va boshqa ko’pchilik moddalarning tabiiy manbalari hisoblanadi.
Halqimiz tomonidan ko’p ishlatiladigan va keng tarqalgan dorivor o’simliklardan foydalaniladi. Bularga isiriq, ermon, chakanda, aloye, na‟matak, gazanda va boshqalar misol bo’la oladi. O’simliklar inson organizmidagi turli yuqumli kasalliklarni davolashda katta ahamiyatga ega. Insonlar o’simliklardan chorva mollari uchun ham yem-xashak sifatida keng ko’lamda foydalanadilar. O’zbekistonda g’o’za o’simligi asosiy homashyo hisoblanib, undan turli maqsadlarda foydalaniladi. Insonlar o’simliklardan qurilish materiali sifatida ham foydalaniladi. O’simliklarni inson hayotidagi muhim tomonlaridan biri, atrof-muhitni ko’kalamzorlashtirishdir, chinor, terak, eman, igna bargli doim yashil o’simliklar shular jumlasidandir. Bundan tashqari ular havodagi changni tozalab, uni kislorod bilan boyitadi. O’simliklar dunyosidan oqilona foydalanish va muhofaza qilishda o’rmon o’simliklari alohida o’rin egallaydi. Respublikadagi o’rmonlar yagona davlat o’rmon fondini tashkil etadi. O’zbekiston o’rmonlari o’zining xususiyatlari bilan tog’, cho’l, to’qayzor va vodiy o’rmonlariga ajratiladi
Hozirgi vaqtda tog’ o’rmonlari 311 ming ga maydonni egallaydi, asosiy o’simligi archa hisoblanib, qolganlari turli-xil daraxt va butalardan iborat. Cho’l o’rmonlari 2,4 mln. ga dan iborat. Bu o’rmonlarning asosiy o’simligi saksovulzorlardir. To’qay o’rmonlari ilgarilari juda zich bo’lib, hozirda atigi 25 ming ga maydonda saqlanib qolgan. Vodiy o’rmonlarini madaniy iqlimlashtirilgan daraxtlar tashkil etib, ular 12 ming ga dan iborat. XX asr boshlarida O’zbekiston o’rmonlarining maydoni 4-5 martaga qisqardi. Ayniqsa to’qay o’rmonlari antropogen tayziqqa duch keldi. Dunyo bo’yi o’rmonlar xolati qoniqarli emas. Haddan tashqari o’rmonlarni kesilishi avj olib, ularning tiklanishi etarli emas. O’rmonlar kesilishini yillik hajmi 3 mlrd.m3 ni tashkil etadi. Bu FAO (BMTning oziq-ovqat va q/x tashkiloti)ning ma‟lumotlariga qaraganda 2000 yilga kelib 1,5 barobarga ortdi. Ayniqsa tropik o’rmonlar (Yer yuzining 7%idan iborat) holati g’oyat tashvishlidir. Aniq ilmiy manbalarda keltirilishicha, biz yashab turgan yer kurasida bundan 1,5 ming yil muqaddam o’rmonlar 47% maydonni tashkil qilgan bo’lsa, hozir ular 27% ni tashkil qiladi.
Ko’p mamlakatlardagi sanoat manbalarida foyda ketidan quvish oqibatida juda ko’p o’rmonlar kesilib, ularning o’rniga katta-katta zavod, fabrikalar qurilmoqda. Bu zavod va fabrikalarda chiqayotgan chiqindilar atrofmuhitni ifloslanishi natijasida ko’plab nodir va noyob o’simlik turlari qirilib ketishiga sabab bo’lmoqda. BMTning rasmiy ma‟lumotlariga qaraganda sanoat rivojlana boshlagan davrdan 250 ming xil o’simlik turi yo’q bo’lib ketishi xavotir ostida ekanligi ta‟kidlangan. O’zbekiston Respublikasida mustaqillikka erishgach atrof-muhitni, hayvonot va o’simliklar dunyosini muhofaza qilishga alohida e‟tibor berildi. 1992 yil 9 dekabrda «Tabiatni muhofaza qilish» to’g’risida, 1993 yil 7 mayda «Alohida muhofaza qilinadigan hududlar» to’g’risida va nihoyat 1997 yil 26 dekabrda «O’simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish» to’g’risida qonunlar qabul qilindi.
Ushub qonunlarda tabiiy sharoitda o’sadigan o’simliklar dunyosini shuningdek, takror etishtirish va genetik fondini saqlash uchun ekib o’stiriladigan yovvoyi o’simliklarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlar to’g’risida boradi. 2-modda – O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi munosabatlar to’g’risida qonun hujjatlarini asosiy vazifalari quyidagilardir: - Floraning tur bo’yicha tarkibini va genetik fondini tabiiy sharoitlarda saqlab qolish. Tabiiy o’simlik jamoalarining va yovvoyi o’simliklar o’sadigan muhitning bir butunligini saqlab qolish. - O’simlik dunyosidan oqilona foydalanish va uni takror etishtirishni ta‟minlash yuridik va jismoniy shaxslarni o’simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi faoliyatini huquqiy tartibga solish. 4-modda - O’simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat hokimiyati organlari, shuningdek, mahsus vakolat berilgan davlat organlari va davlat organlari boshqaruv organlaridir. YUridik va jismoniy shaxslar o’simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risidagi qonun hujjatlarda belgilangan tartibda va sharoitlarda qoplashlari shart. Bu qonunlar barcha o’simliklar turlarini saqlab qolish, uni asrab avaylash va muhofaza qilishda muhim hujjatlar bo’lib hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi hududida 4,5 mingga yaqin o’simlik turlari mavjud. Ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj ko’pgina kamyob, endem va relekt turlari ham. Unday turlarning soni 301 ta bo’lib O’zbekiston Respublikasining «Qizil kitobi»ga kiritilgan. Mustaqilligimiz sharofati bilan bunday muhofazaga muhtoj o’simliklar borasida ko’pgina ishlar qilindi.
O’zbekiston Respublikasi hududida 4,5 mingga yaqin yovvoyi o’simlik va 2000 dan ziyod zamburug’ turlari mavjud. Shundan 577 tasi dorivor, 103 turi bo’yoqbop, 560 turi efir moyli o’simliklar hisoblanadi. Ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj ko’pgina kamyob, endem va relikt turlar ham bor. Bunday turlarning soni 400 ta atrofida bo’lib, ular O’zbekiston florasining 10-12 % ini tashkil etadi. Aholining tabiatga noto’g’ri munosabati ham o’simliklarning kamayib ketishiga sabab bo’lmoqda. Ayniqsa, keyingi yillarda qizil lola, sallagul, shirach va shunga o’xshash nafis gulli o’simliklarning juda kamayib ketganligining guvohi bo’lib turibmiz. O’simlik turlarini saqlash va muhofaza qilish uchun 1979 yilda O’zbekiston “Qizil kitobi” ta‟sis etildi. Qizil rang - xavfli, ta‟qiqlovchi va ma‟n qiluvchi ramziy ma‟noni anglatadi. “Qizil kitob” nabotot olamining kamyob, yo’qolib ketish xavfi ostidagi turlari haqida mukammal ma‟lumot beradi. Uning vazifasi - jamoatchilik va davlat idoralarini tabiat muhofazasi masalasiga jalb etishdan va turlar genofondini saqlab qolishga ko’maklashishdan iborat. O’zbekiston florasining yo’qolib ketish xavfi ostida turgan 163 turi “Qizil kitob”ning 1984 yilgi nashriga kiritilgan. Shuni esda tutish kerakki, “Qizil kitob” ning birinchi jildi (tomi) hayvonlar bo’yicha bo’lib, 1983 yilda nashr qilingan. 1998 yilga kelib, O’zbekiston “Qizil kitobi” ga kiritilgan o’simlik turlarining soni 301 taga yetdi. 2009 yilda nashr etilgan O’zbekiston Respublikasining «Qizil kitobi» ga esa 321 ta o’simlik va 3 ta zamburug’ turlari kiritilgan. O’simlik dunyosini muhofaza qilish jarayonida keng omma ishtirok etgan taqdirdagina ijobiy natijalarga ega bo’lish mumkin. Shundagina, biz kelgusi avlodlar uchun nabotot olamining bebaho boyligini saqlab qoldirgan bo’lamiz.
Pelikanlarni saqlab qolish muammosi Pelikanlar baliq va akvatik o’simliklarni yeyishga moslashgan qushlardir. 20 asr o’rtalarida DDT preparatidan foydalanish kengayibketdi. 1972 yilda AQSH da DDT preparati qishloq xo’jalik ekinlariga qiron keltiruvchi hashoratlarni yo’q qilish uchun nazorat sifatida keng ko’lamda ishlatila boshlandi. Bu holat pelikanlarning kamayib ketishiga sabab bo’ldi. CHunki pelikanlarning tuxumlari ingichka shaklga o’tdi. SHuningdek, palaponlarni erta tuxumdan chiqish holati ruy berdi. Jigarrang pelikanlar Luizana shtati va Texasdan butunlay yo’qoldi. 2000 yillardan buyon Luizana va Texasda yashaydigan 7000 dan ortiq jigarrang pelikanlar yashamoqda 3 . Hayvonot dunyosi Hayvonlar biologik resurslarning ajralmas bir qismidir va ular tabiatda moddalar va energiya almashinuvida muhim rol o’ynaydi. Hayvonot olami umuman insoniyatning yashashi, hayoti faoliyatida juda muhimdir. Ma‟lumki, uy hayvonlari hisoblanadigan qoramol, qo’y, echki, to’ng’iz, ot, eshak, tuya, qolaversa it, mushuk kabi jonzotlar bizning hayotimizda tayin bir maqsad uchun boqiladi. Ayrim hayvon turlari biz uchun oqsil, moy, sut manbai, boshqasi xo’jalik uchun asqotadigan ishlarni bajaradi, transport sifatida, uylarni qo’riqlashda, zararkunandalar bilan kurashishda beminnat dastyor hisoblanadi.
Tabiat qo’ynida yovoyyi holda yashaydigan hayvonlarning ham o’ziga xos foydali xususiyatlari mavjud, jumladan, ulardan mo’yna, dorivor vositalar, oziqovqat mahsulotlari, jun olinadi. O’zbekistondagi asosiy xo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan hayvonlar: suvda suzuvchilar, sayg’oqlar, ondatralar, toshbaqalar, zaharli ilonlar, kakliklar, tog’ echkilari va umurtqasizlar hisoblanadi. Hayvonlar tabiatda tabiiy vositalarning muvozanatini saqlab turishda xizmat qiladi. Umuman hayvonlarning turi ko’p bo’lib, ularning bir yarim milliondan ziyod turi bor. O’simliklarning quyoshdan olayotgan energiyasini 100% deb olsak, shuning 50%ini o’simliklar nafas olish jarayonida qolgan energiyani o’zlashtirib, organik modda o’txo’r va etxo’r hayvonlarga o’tadi.
Tuproq tarkibini yaxshilashda va uning hosildorligini oshirishda hayvonlarning, xususan, yomg’ir chuvalchangini, chumolini, termitlarni, umurtqali er qazuvchilarni va boshqalarning ahamiyati juda katta. Bu hayvonlar tuproqni yumshatadi, aralashtiradi, najas va o’simlik qoldiqlari bilan o’g’itlaydi. O’simliklarni changlanishida, urug’ va mevalarini tarqatishda ham hayvonlarning ishtiroki bor. Ayrim yirtqich qushlar esa zarakunandalarni (kemiruvchilarni) qirib, o’simliklar hosildorligini oshiradi yoki ba‟zi hasharotlar o’simliklarni zarakunanda hasharotlardan va kasalliklardan saqlaydi. Masalan, bitta boyqush bir yilda 1000ta sichqonni yo’q qilib, 0,5t donni saqlab qolsa, chumolilar o’rmonlarni kasalliklardan saqlaydi. Bir hujayrali dengiz hayvonlarning qoldiqlaridan cho’kindi jinslar (bo’r, ohaktosh) vujudga kelsa, poliplarning faoliyati tufayli okeanlarning sayoz va iliq suvli qismida marjon orollari vujudga keladi. Qadimda ham, texnika taraqqiyoti rivojlangan hozirgi vaqtda ham odamlar hayvonlarni chiroyli terisi, mazali go’shti, qimmatbaho suyagi uchun qiziqishgan bo’lsa o’ta johil kishilar ov qilishni ermak bilib, hayvonot olamini yo’q qilishgan. Manbalardan ma‟lumki 1872 va 1874 yillar mobaynida AQShdagi Kanzas temir yo’li qurilishi vaqtida “ishtiyoqmand” ovchilar har yili 2,5 mln. bizonni otib tashlaganlar, ularni bu beozor jonivorning na mazali go’shti va na terisi qiziqtirmagandir.
Oqibatda bizonlar shu qadar kamayib ketganki, hozir ularning ozginasi maxsus qo’riqxonalarda saqlanib qolgan. Shuni aytish kerakki O’zbekiston hududida hayvonot olami qanchalik muhofaza qilinmasin va ularningko’payishiga sharoit yaratib berilgan bo’lmasin goho ularni pinhoniy ov qiluvchi shaxslar uchrab turadi. O’zbekiston hayvonat olamining turi ko’p va ular rang-barang. Hududimizda 650 dan ortiq umurtqali hayvon namunalari mavjud bo’lib, shulardan 83 baliq turi, 3 ta amfibiy, 58 tur sudralib yuruvchilar, 424 turdan ziyod qushlar va 97 tur sut emizuvchilar yashaydi. Hayvonot dunyosini muhofza qilish borasida so’z borar ekan, suv jonivorlarining kamayib ketayotganligiga alohida e‟tibor berish lozim bo’ladi. Chunki, ulardan ayniqsa baliq turlarining kamayib ketishi tashvishlanarli xoldir. Bunga sabab esa suv havzalarining ifloslanishi ifloslanishi, suvdagi suv salmog’ining ayrim joylarda ortib borishi ma‟lum turdagi baliqlar uchun katta zarar bo’lishi mumkin. Bundan tashqari brakonьer ovchilar ham baliqlarning kamayib ketishiga sabab bo’lmoqda. O’lkamizda baliq ovlash xo’jaliklari maydoni 38 mln.ga dan iborat. O’lka hududidan turon yo’lbarsi, shuningdek, qizil bo’ri butunlay yo’qolib ketgan bo’lib, qoplon, Old Osiyo qoploni, yo’l-yo’l sirtlon, tuvaloq kabi jonzotlarning yo’qolib ketish xavfi bor.
Ma‟lumotlarga qaraganda, O’zbekiston hududida Mirzacho’l, Qarshi cho’li, Surxon – Sherobod cho’li, Farg’ona vodiysining markaziy qismlari o’zlashtirilgan. Bu esa sahro-cho’l muhitida yashaydigan bir qator jonivorlarning, jumladan, jayron, go’zal tuvaloq kabi noyob zotlarning kamayib ketishiga sabab bo’lmoqda. Bir qator go’zal jonivorlar, jumladan tog’ qo’yi, eron vidrasi, O’rta Osiyo kapchailoni kabilar johil ovchilar tomonidan butunlay kamaytirib yuborildi. Hayvonlarning noyob va yo’qolib borayotgan turlarini muhofaza qilishda ularning yashash sharoitini yaxshilash va ko’payishi uchun qulay imkoniyatlar yaratib berish kerak. Buning uchun birinchidan, yo’qolib ketayotgan va noyob hayvon turlarini qat‟iy nazorat ostiga olib, ov qilishga mutlaqo yo’l qo’ymaslik va ikkinchidan, o’sha hayvonlar yashaydigan hududlarni tabiiy holicha saqlab, qo’riqxonalarga, buyurtmaxonalarga aylantirish zarur.
O’zbekistonda chop etilgan yangi «Qizil kitob»da 24 tur sut emizuvchilar, 51 tur qushlar, 16 tur sudralib yuruvchilar, 18 tur baliqlar kiritilgan. Umurtqasiz hayvonlardan turli sistematik guruhlarga kiruvchi 80 turi kiritilgan (1-2-jadval). O’zbekiston mustakillikga erishgan kunidan boshlab jamiyatni demokratlashtirish va tabiatnimuxofaza kilish soxasidadagi konunchilik ishlari tobora takomillashtirilib bormokda. «Tabiatni muxofaza kilish tugrisida»(1992), Aloxida muxofaza kilinadigan tabiiy xududlar tugrisida»(1993), Xayvonot olamini muxofaza kili shva undan foydalanish tugrisida»(1997),shuningdek Vazirlar maxkamasi tomonidan tasdiklangan bir kator xujjatlar asosida xayvonot olami muxofaza kilinmokda Bulardan tashkari O’zbekiston Respublikasi 1995 yilda Biologik xilma-xillik tugrisidagi va Xalkaro axamiyatga ega, ayniksa suvda suzuvchi kushlarning yashash joylari bulgan suv-botkokli joylar tugrisidagi (2001 yil Ramsar) Konventsiyalarga kushilgan.
O’zbekiston mustaqillikka erishganidan boshlab jamiyatni demokratlashtirish va tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik ishlari tobora takomillashtirilib borilmoqda. Jumladan, “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida” (1992 y.), “Alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar to’g’risida” (1993 y.), “Hayvonot olamini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida” (1997 y.) kabi qonunlar asosida hayvonot olami muhofaza qilinmoqda. Ona tabiatimizning rang-barangliligi kecha, bugun paydo bo’lgan emas, balki bu bebaho ne‟mat bir necha ming yillar davomida ajdodlarimizdan bizga qoldirilgan aziz merosdir. Shuning uchun ham har birimiz tabiat boyliklarini muhofaza qilish, uni ko’z qorachig’iday avaylab-asrashimizda o’zimizni mas‟ul, javobgar sezishimiz darkor.
– Bosh boshqarma va hududiy organlarning bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish va tashkil etish;
Bioxilmaxillik jumladan, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simlik hamda yovvoyi holda yashovchi hayvonot dunyosi ob’ektlarini muhofaza qilish, tiklash va ularni qayta tiklash va oqilona foydalanish, shuningdek muhofaza etiladigan tabiiy hududlar faoliyatini muvofiqlashtirish, sohaga oid munosabatlarni tartibga soluvchi qonun va qonunosti normativ-huquqiy hujjatlari talablarini davlat organlari, boshqa tashkilotlar, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, soha siyosatini belgilash va boshqaruvini amalga oshirish;
– Bo‘simlik va hayvonot dunyosi ob’ektlarining mavjud bo‘lish, ularning yashash muhitini saqlash uchun shart-sharoitlar yaratishni muvofiqlashtirish;
– noyob va yo‘q bo‘lib ketish havfi ostidagi yovvoyi o‘simlik va hayvonot dunyosi genetik fondi, tabiiy turlar xilma-xilligi, ular yaxlitligini saqlab qolishni ta’minlash, inson faoliyatining tabiatga salbiy ta’sirining oldini olish, o‘simlik va hayvonot dunyosiga doir atrof tabiiy-muhit monitoringini olib borish;
– o‘simlik va hayvonot dunyosi ob’ektlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastrlarini, shuningdek yovvoyi o‘simlik plantatsiyalarining va hayvonlarni ko‘paytirish va ularni saqlash pitomniklarining botanik va zoologik kollektsiyalarning davlat hisobini yuritish;
– qo‘mita markaziy apparati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspektsiyasining o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish va qayta tiklash, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni nazorat qilish sohasida hamkorlik qilish;
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar masalalari bo‘limlarini xizmat vazifalariga ko‘ra boshqarish va ular faoliyatini muvofiqlashtirish.
Bosh boshqarma o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
a) Bosh boshqarma va hududiy organlarning bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish va tashkil etish sohasida:
– O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
– tegishli bo‘linma faoliyatiga bevosita rahbarlikni amalga oshirish, ushbu bo‘linmada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni va qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va boshqa qonun hujjatlari hamda Davlat ekologiya qo‘mitasi hujjatlari bilan yuklangan vazifa va funktsiyalarning bajarilishini nazorat etish;
– Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini o‘z vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;
– prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari ushbu ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha takliflarni Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining nazorat qiluvchi o‘rinbosarlariga kiritish;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Davlat ekologiya qo‘mitasining tarkibiy bo‘linmalarida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Maxkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq tarkibiy bo‘linma xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
– Davlat ekologiya qo‘mitasi Hay’ati qarorlari, rais va uning o‘rinbosarlarining buyruq va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
– tarkibiy bo‘linmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini, ularning tasdiqlash uchun kiritilishini, ularda ko‘rsatilgan vazifalar va tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
– tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari va uning idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga amaliy va metodik yordam ko‘rsatish;
– tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun Davlat ekologiya qo‘mitasi rahbariyatiga kiritish;
– tarkibii bo‘linmalarda xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlariga takliflar kiritish, ularning kasbiy mahorati, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribasi, yuqori darajada ishlash xususiyatlari va ma’naviy-axloqiy fazilatlari kafolatlanganligini ta’minlash, xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, tarkibiy bo‘linmalarda xodimlar zahirasini shakllantirish choralarini ko‘rish;
– tarkibiy bo‘linmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjat loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, tarkibiy bo‘linmalarda tayyorlangan hujjat loyihalarini Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi tomonidan ko‘rib chiqilishi va imzolanishi (viza qo‘yilishi) uchun ko‘rib chiqish va viza qo‘yish, ularni O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 14 fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda o‘z vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparatida ko‘rib chiqilishida Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi va uning o‘rinbosarlari topshirig‘iga asosan ishtirok etish;
– Davlat ekologiya qo‘mitasiga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjat loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan o‘tkazish;

– xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning horijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va “Mansabdor shaxslarning horij mamlakatlariga xizmat safarlari samarasi uchun shaxsiy mas’uliyatlarini yanada oshirish va horijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish choralari to‘g‘risida” 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga to‘liq mos ravishda amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safari uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;


– Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlarining faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, majlislarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakuniy natijalar bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi
62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining Odob-axloq namunaviy qoidalari asosida Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan Davlat ekologiya qo‘mitasi xodimlarining odob-ahloq qoidalari talablariga rioya etish, tarkibiy bo‘linma xodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini ta’minlash;
– O‘zbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, tarkibiy bo‘linmalarda korruptsiya va boshqa qonunbo‘zarliklarning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish, shuningdek, hudud amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;

– davlat xizmatlari ko‘rsatishning samarasi va sifatini, ulardan foydalanish imkoniyatini oshirish bo‘yicha Davlat ekologiya qo‘mitasi rahbariyatiga takliflar kiritish;


– jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomga muvofiq ko‘rib chiqish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot o‘rnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda o‘tkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirish;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF- 4904-son Farmoniga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
– davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va mahfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.


Download 25.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling