O‘zbekistonning ichki suvlari va suv boyliklari


- mavzu. Ko‘llari, suv omborlari va yerosti suvlari


Download 29.92 Kb.
bet2/2
Sana24.12.2022
Hajmi29.92 Kb.
#1061619
1   2
Bog'liq
25-26 mavzular payshanba shanba

26- mavzu. Ko‘llari, suv omborlari va yerosti suvlari
Oʻzbekiston Respublikasida 509 ta koʻl va suv omborlari mavjud boʻlib, ulardan 426 tasining maydoni 1 km² dan kam. Maydoni 10 km² dan kattaroq boʻlgan koʻllar soni 32 ta, 50 km² dan ortiq 12 ta koʻl mavjud. Oʻzbekiston hududida koʻllar bir maromda tarqalmagan. Gʻarbiy Oʻzbekistonga 42% toʻgʻri keladi, shimolda - 34%, boshqa hududlarda atigi 24%. Sirdaryo va Amudaryo sohillarida, Xorazm vohasi va Amudaryo deltasida juda koʻp koʻllar joylashgan. Oʻzbekiston koʻllarining umumiy maydoni 9673,20 km² ga yetadi. Suvning umumiy hajmi 47 km³. Oʻzbekiston koʻllarini joylashishiga qarab ikki turga boʻlish mumkin: togʻ koʻllari, pasttekislik koʻllari.
Togʻli hududlarda koʻllarning joylashishi iqlim va morfologik va gidrografik xususiyatlar bilan bogʻliq, chunki togʻlar daryolar oqimini hosil qiluvchi namlik akkumulyatori boʻlib xizmat qiladi. Togʻlarda ham qulay geomorfologik va geotektonik qulay sharoitlar mavjud. Togʻ koʻllariga misol sifatida Ixnach, Badak, Shabirkoʻl, Urungach, Koʻksu daryosidagi koʻllar va boshqalarni keltirsa boʻladi. Koʻllarning eng koʻp soni 2000-3000 m balandlikda joylashgan. Togʻ koʻllari kelib chiqichi odatda toʻgʻon yoki muzlik-morenali. Togʻli koʻllar toza, chuchuk suvning potentsial manbaidir.
Pastekislik koʻllari daryo burmalarida va sugʻoriladigan yerlar atrofida joylashgan. Soʻnggi paytlarda tekislik zonasining barcha koʻllari kollektor-drenaj suvlarining ifloslanishi ta'sirida. Pasttekislik koʻllarining tipik vakillari: Arnasoy, Dengizkoʻl, Sudoche, Zarafshon koʻllar tizimi va Qashqadaryoning patki qismidagi koʻllar
O‘zbekistonda ko‘llar hududi bo‘yicha notekis taqsimlangan. Ularning aksariyati kichik ko‘llar bo‘lib, ko‘proq daryo vodiylari bo‘ylab joylashgan. Ko‘llar paydo bo‘lishi jihatidan xilma-xildir. Tog‘lardagi ko‘llar tektonik, to‘siq (to‘g‘on) va morena ko‘llar, tekislikdagilari esa qoldiq ko‘llar yoki zovur-drenaj suvlarining to‘planishidan vujudga kelgan. O‘zbekistondagi tektonik yo‘l bilan vujudga kelgan eng katta ko‘l Orol ko‘lidir.
Respublikamizning tekislik qismidagi asosiy ko‘llari Orol, Mirzacho‘ldagi Arnasoy, Aydarko‘l, Tuzkon, Zarafshon daryosining quyi oqimidagi Dengizko‘l, Qoraqir, Sho‘rko‘l, Farg‘ona vodiysidagi Axsikentko‘l, Damko‘l, Quyi Amudaryodagi Sariqamish, Sudochye, Ulug‘sho‘rko‘l va boshqalar. Bu ko‘llar kichik bo‘lib, ular suv yuzasining maydoni bir necha yuz gektardan bir km.kub gachani tashkil etadi.
O`zbekistonda so`nggi yillarda sun`iy suv havzalari — suv omborlar ko`plab qurilgan. Bu suv omborlar asosan daryo suv rejimini tartibga solib, bahorgi, qishki, kuzgi suvlarni to`plab, yozda ekin dalalariga berish uchun qurilgan mavsumiy bo`lib, asosan sug`orish maqsadi uchun barpo etilgan.
O`zbekiston suv omborlari sathining o`zgarishi dare rejimiga va suv xo`jalik talabiga bog`liq. Qishloq xo`jalik ekinlari uchun suv kerak bo`lmaganda va ayniksa bahorgi daryolarning to`lin suv davrida omborlarga suv to`planib uning sathi ko`taryalsa, aksincha, yozda to`plangan suv sug`orishga sarflanib, suv sathi pasayib qoladi.
O`zbekistonda suv omborlari ko`p bo`lib, ularning eng muhimlari Qayroqqum, Tuyamo`yin, Chorbor, Andijon, Kattaqo`rg`on, Janubiy Surxon, Chimqo`rg`on, Quyimozor, Pachkamar, Tuyabo`riz, (Toshkent), Karkidon, Uchqizil va boshqalar
O‘zbekistonda sun’iy suv havzalari — suv omborlari ham ko‘p. Ularning eng muhimlari Tuyamo‘yin, Chordara, Chorvoq, Kattaqo‘rg‘on, Tuyabo‘g‘iz va boshqalardir. Bu suv omborlari, asosan, daryo suv rejimini tartibga solib, bahorgi, qishki, kuzgi suvlarni to‘plab, yozda ekin dalalariga berish maqsadida qurilgan.

Respublikamizda yerosti suvlari — grunt (sizot suvlari), artezian (qatlamlar orasidagi) suvlaridan va mineral suvlardan iborat. Artezian suvlari ko‘pincha toza va chuchuk bo‘ladi.


Grunt suvlari yer betiga yaqin joylashgan paytda buloq bo‘lib oqib chiqadi yoki quduq qazib olinadi. Grunt suvlari yog‘inlar, daryo, ariq, ko‘l, suv omborlarining suvi yerga shimilishidan hosil bo‘ladi.
Qatlamlar orasidagi suv ancha chuqurda joylashgan bo‘lib, bosimli va bosimsiz bo‘ladi. Qatlamlar orasidagi suv ko‘proq botiqlarda to‘planadi va bosim ostida bo‘lganligi sababli otilib chiqadi. Bunday suvlar artezian suvlari deyiladi. Qatlamlar orasidagi suv grunt suviga qaraganda toza, chuchuk va tiniq bo‘ladi.
Paleozoy va mezozoy davr yotqiziqlari orasidagi 1500-3000 m chuqurliklarda issiq mineral suvlar joylashgan. Bu suvlarning harorati +40, +70°C ga yetadi. Bu suvlar tarkibida turli xil minerallar (karbonat kislota, vodorod sulfid, yod, brom, litiy, bariy va h. k.) bor. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda 60 dan ortiq shifobaxsh mineral suv manbayi aniqlandi. Bularning eng muhimlari Toshkent, Chortoq, Farg‘ona, Chimyon, Jayronxona, Oltiariq va boshqa mineral suvlaridir.
Download 29.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling