Oʻzbekistonning jahon bozoriga chiqish muammolari va bu borada amalga oshirilayotgan isloxotlar
O’zbekiston Respublikasining Osiyo va Jahonning yuqori darajada rivojlangan davlatlari bilan amalga oshirayotgan iqtisodiy aloqalari
Download 216.16 Kb.
|
OʻZBEKISTONNING JAHON BOZORIGA CHIQISH MUAMMOLARI VA BU BORADA AMALGA
1.3 O’zbekiston Respublikasining Osiyo va Jahonning yuqori darajada rivojlangan davlatlari bilan amalga oshirayotgan iqtisodiy aloqalari.
1991-yil 31-avgust – O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining rasmiy e‘lon qilingan kuni – davlatimizning xalqaro hamjamiyatga keng ko’lamli va dinamik integratsiyasi boshlangan sana hisoblanadi. 2015-yil 1-iyul holatiga ko’ra O’zbekiston dunyoning 130 dan ortiq mamlakati bilan diplomatik aloqalar o’rnatgan. O’zbekiston 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlarga a‘zo bo’lib, turli xil ko’p tomonlama hamkorlik tuzilmalari bilan aloqalarni rivojlantirmoqda. Mamlakatimizning qulay iqtisodiy geografik mintaqada joylashganligi, xorijiy sheriklar uchun yetarli shart – sharoitlarning yaratilganligi va eng asosiysi Respublikamiz hududida tinchlikning barqarorligi boshqa davlatlarni biz bilan iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yishga undaydi. Yuqorida aytib o‘tilganidek O‘zbekiston bugungi kunda dunyoning deyarli 130 dan ortiq mamlakatlari bilan iqtisodiy ikki tomonlama manfaatga ega bo‘lgan aloqalarni tashkil etgan. Biz quyida e‘tiboringizga shulardan jahon bozorida yetakchilik qilib kelayotgan davlatlar bilan mamlakatimiz o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy aloqalarni havola etamiz. O’zbekiston va Xitoy iqtisodiy aloqalarining ustuvor yo’nalishlari Xitoyda amalgam oshirilayotgan muvaffaqiyatli iqtisodiy islohotlar, yuqori iqtisodiy o‘sish sur‘atlari va doimiy ravishda ortib borayotgan iqtisodiy salohiyat O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy aloqalarni kengaytirish imkoniyatlarini yaratmoqda. Xitoyni O‘zbekistonning eng muhim va istiqbolli hamkorlaridan biri sifatida e‘tirof etish mumkin. Mamlakatimizda 65 ta yirik Xitoy kompaniyalarining vakolatxonalari ochilgan bo‘lib, ular ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo – sotiq aloqalarini rivojlanishiga katta hissa qo‘shmoqdalar. O‘zbekiston eksportining tarkibi quyidagicha: paxta tolasi, voylok, ipak, to‘qimachilik mahsulotlari tayyorlash uchun zarur erituvchi materiallar, xizmatlar, mexanik asbob uskunalar, mebel, kimyoviy tolalar, gazlama, paxta ip – kalava va boshqalar. Xitoyda nimport qilinadigan mahsulotlar tarkibi esa quyidagicha: qora metallar va undan tayyorlanadigan mahsulotlar, kofe, choy va shirinliklar, mexanik asbob uskunalar, poyabzal, kiyim – kechak, to‘qimachilik va trikotaj, trikotaj polotnosi, ruda, organic kimyoviy birikmalar, kimyoviy tolalar, plastmassa va plastmassa mahsulotlari, xizmatlar, noorganik kimyoviy mahsulotlar, boshqa materiallardan yasalgan mahsulotlar, turli tayyor mahsulotlar va boshqalar. 2012 – yilda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tovar aylanmasi rspublika tashqi savdo aylanmasiga nisbatan 12.7%ni tashkil etgan. Ikkala mamlakat o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi, ya‘ni eksport – 1463.1mln. dollar, import – 1894.8mln. dollarni tashkil etgan (2012 – yil yakuni bo‘yicha). Shuningdek, Xitoy bilan hamkorlikda, 2011 – 2020-yillarda umumiy qiymati 1mlrd. Dollarga teng ―Qulbeshkak‖, ―Xojiqazgan‖, ―Doyaxotin‖, ―Suzma‖, ―Qumli‖, ―Chegaraqum‖ kabi gaz konlarini o‘zlashtirish loyihalari ishlab chiqilmoqda. Bu loyihalarning amalgam oshirilishi 2021- yilga borib yiliga 5mlrd. Kub metr gaz qazib chiqarish imkonini beradi. O’zbekiston va Yaponiya Iqtisodiy hamkorligi O’zbekiston va Yaponiya Iqtisodiy hamkorligi Yaponiya O‘zbekiston Respublikasining muhim savdo-iqtisodiy hankorlaridan biri hisoblanadi. 1992 – yildan O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha faol aloqlar o‘rnatilgan. Ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik aloqlari oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish, tarkibiy qayta qurilishni amalga oshirish, gummanitar va rasmiy yordam shaklidagi kreditlar, qaytarilmaydigan ssudalar ko‘rsatishdan boshlangan. O‘zbekistonning Yaponiyaga eksport qilayotgan mahsulotlarining tovar tarkibi quyidagicha: noorganik kimyo mahsulotlari, ipak, paxta, kalava, paxtali matolar, gilamlar, tekstil mahsulotlari, kiyim-kechak, spool buyumlar, rangli metallar, mexanik asbob-uskunalar. Yaponiya esa O‘zbekistonga, o‘z navbatida, quyidagi mahsulotlarni yetkazib beradi: organik kimyoviy birikmalar, bo‘yoqlar, foto va kino mahsulotlari, kauchuk va rezina mahsulotlari, poligrafiya sanoati mahsulotlari, kimyoviy tola, oyna va oyna mahsulotlari, qora metall, mexanik asbob-uskunalar, elektr asbob-uskunalar, audio va videotexnika, transport vositalari va ehtiyot qismlar, optika, foto va tibbiyot mahsulotlari, soatlar va ehtiyot qismlar, musiqa asboblari va ehtiyot qismlar, mebel, yoritish asboblari. O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi savdo munosabatlari jadal sur‘atlar bilan rivojlanmoqda. O‘zbekistonning eksport-import tarkibida Yaponiyaning ulushi 2012 – yilda 0.1 va 1.3% ga teng bo‘lgan1. O’zbekiston va Rossiya iqtisodiy aloqalarining rivojlanishi O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik aloqalari ikkala mamlakat o‘rtasida 1992 – yil 20 – martdan o‘rnatilgan diplomatic munosabatlardan keyin boshlandi. 1991 – yildan hozirga qadar O‘zbekiston Va Rossiya o‘rtasida 160dan ortiq xalqaro shartnoma va 40dan ortiq boshqa hujjatlar imzolandi. O‘zbekiston Rossiyaga oziq – ovqat mahsulotlari, avtomobillar, kimyo sanoati mahsulotlari va plastmassa, rangli va qora metallar, kabel, xizmatlar, paxta tolasi, tabiiy yoqilg‘i, neft mahsulotlari, sabzavotlar, gazlama, paxta kalavasi, jun, meva va sabzavotdan qayta ishlangan mahsulotlarni eksport qiladi. Oxirgi yillarda O‘zbekiston eksportining tarkibida yengil avtomobillar(1,5-2 marta), meva va poliz ekinlari(5), polietilen(2), tayyor tekstil mahsulotlari(1,4-1,5), transformatorlar(2), past voltli apparatlar(1,5), quvur(1,5), havo transporti(1,7), turizm(1,4) ulushi ortib bormoqda1. 2013 – yilda ikki davlat o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 7,840mlrd. dollarni tashkil etgan. O’zbekiston 2016 yilning oxiriga qadar Rossiyaga meva-sabzavot eksporti hajmini 500 ming tonnaga yetkazmoqchi. Bu haqda ―Россия сегодня‖ agentligi O’zbekiston Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi vakili Olimboy Ortiqovning so’zlariga tayangan holda xabar tarqatdi. O’tgan yili O’zbekistondan Rossiyaga qiymati 300 million dollarga teng 200 ming tonna meva-sabzavot yetkazib berilgan edi. Joriy yilda esa bu ko’rsatkich 50-70 ming tonnaga ko’payishi va 400 million dollar daromad olinishi kutilmoqda. O’zbekiston va AQSH tashqi iqtisodiy aloqalari AQSH va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning kelib chiqish tarixi, rivojlanish dinamikasi, shart – sharoitlari va omillariga e‘tibor beradigan bo‘lsak, bu hamkorlik bosqichma – bosqich rivojlanib kelganligi va jadal sur‘atlarda rivojlanayotganligini kuzatish mumkin. O‘zbekiston bilan AQSHning o‘zaro manfaatli savdo munosabatlari strategic sheriklik darajasiga olib chiqildi. O‘tgan davr mobaynida ikki tomonlama savdo munosabatlarini yo‘lga qo‘yish negizida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor sohalari ham belgilanib bordi. Shunga ko‘ra, Amerika kompaniyalari tog‘ – kon va neft – gaz mazmunda qator ustuvor investitsiya loyihalarini amalgam oshirishda, agrosanoat majmui, oziq – ovqat sanoati va transport infratuzilmasining texnalogik bazasini rivojlantirishda ishtirok etmoqda. Respublikada AQSH investorlari ishtirokida tashkil etilgan 300dan ortiq korxona, jumladan, 200dan ortiq qo‘shma korxonalar va 100ga yaqin to‘liq AQSH sarmoyasiga asoslangan korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Misol tariqasida ―Jeneral Motors‖, ―Keyz Korporeyshn‖, ―Koka Kola‖, ―Teksako‖, ―Beyker Xyuz‖, ―Dyunevent‖, ―Prokter end Gembl‖, ―Ey–Ay–Dji‖ kabi yirik kompaniyalarni keltirish mumkin. AQSH O‘zbekistonning yirik savdo–iqtisodiy hamkori hisoblanadi va ikkala mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 2013 – yilda 443,1mln. dollarni tashkil etdi. O’zbekiston va Yevropa Ittifoqi tashqi iqtisodiy aloqalari O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi(YeI) o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarining rivojlanishida 1992 – yilda «O‘zaro hamkorlik» to‘g‘risida Memorandumning imzolanishi muhim ahamiyatga ega. 1996 – yilda O‘zbekiston Respublikasi va YeI o‘rtasida savdo – iqtisodiy munosabatlarni yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan «O‘zbekiston – YeI va ularga a‘zo davlatlar o‘rtasida hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish» to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. YeI ning O‘zbekiston bilan hankorligi quyidagi omillar bilan belgilanadi: O‘zbekistonning geosiyosiy va strategik joylashuvi; O‘zbekistonning tabiiy va Iqtisodiy salohiyati. Download 216.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling