O’zbekistonning jahonning rivojlangan mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorligi


O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy hamkorlikgining rivojlanish istiqbollari


Download 0.53 Mb.
bet9/12
Sana09.05.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1447943
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
KURS ISHI 2022.

5. O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy hamkorlikgining rivojlanish istiqbollari.
Ma'lumki, bundan 25 - 30 yil oldin mamlakatimizda tashqi iqtisodiy aloqalar tugul, tashqi aloqalarning o’zi yo’q edi. Umuman, sobiq mustabid tuzum davrida u nihoyatda og’ir ahvolga tushib qolgan, biryoqlama rivojlangan, paxta monopoliyasi avj olgan, asosan, xom ashyo yetkazib berishga moslashgan zaif va nochor iqtisodiyotga ega yarimmustamlaka darajasidagi respublika bo’lgan.
Mustaqil Respublikaning tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi yangi siyosati jahondagi juda ko’p mamlakatlar bilan har tomonlama aloqalarni kengaytirishda uz ifodasini topmoqda. Chet el davlatlari bilan o’zaro munosabatlarda respublika milliy manfaatlarini amalga oshirishning asosiy mexanizmlaridan biri bo’lib, savdo-iqtisodiy hamkorlik bo’yicha ikki tomonlama hukumatlararo komissiyalar faoliyati hisoblanadi. Hozirda bunday komissiyalar 30 dan ortiq mamlakatlarda asosiy sheriklarimiz bilan tashkil etilgan.
Hozirgi kunda O’zbekiston 193 dan ortiq mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni o’rnatgan. Ularning orasida rivojlangan va qudratli davlatlardan Janubiy Koreya, Germaniya, AQSh, Buyuk Britaniya, Shveytsariya, Turkiya, Fransiya, Yaponiya, Eron, Gollandiya, MDH mamalakatlaridan – Rossiya, Ukraina, Qozog’iston, Turkmanistonning bilan savdo aloqalari keng yo’lga qo’yildi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida tashqi aloqalarni kengaytirish, respublikaning eksport imkoniyatlarini rivojlantirishni rag’batlantirish maqsadida tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish uchun bir qator huquqiy negizlarni yaratib bergan asosiy hujjatlar, Prezident farmonlari va xukumat qarorlari qabul qilindi. Bular avvalo, “Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida”, “Chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoyadorlar faoliyatlarining kafolatlari to’g’risida”gi qonunlar hamda boshqa qonuniy va meyoriy hujjatlar bo’lib, ular tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida xalqaro shartnomalarni to’zish va ularni bajarish uchun asosiy shart-sharoitini yaratishga imkon berdi.
Ta'kidlash joizki, O’zbekiston istiqlolga erishgach, qator davlatlar bilan mustaqil iqtisodiy hamkorlikni yo’lga qo’ya boshladi. U taraqqiyotning ustuvor yo’nalishlaridan biri, davlat siyosatining muhim jihati sifatida belgilab olindi. Pirovardida ulkan tabiiy va ilm-fan salohiyati, qudratli eksport imkoniyatlariga ega bo’lgan mustaqil mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi o’rni hamda obro’-e'tibori yangi bosqichga ko’tarilib, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni izchil amalga oshirish, milliy iqtisodiyotni yanada yuksaltirish, eksportbop mahsulotlar turini ko’paytirish, eng muhimi, jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvimiz uchun emin-erkin sharoit yaratdi.
Shu bois bugungi kunda mamlakatimiz Buyuk Britaniya, Germaniya, Turkiya, AQSh, Fransiya kabi nufuzli mamlakatlar bilan hamkorlikni yo’lga qo’ygan.
Zero, jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, iqtisodiy taraqqiyotni ta'minlash uchun nafaqat mavjud ichki zaxiralardan, balki xalqaro iqtisodiy resurslardan foydalanish ham muhim omil sanaladi. Ayni chog’da bugun rivojlangan mamlakatlar va global miqyosdagi biznes tashkilotlari o’z sarmoyasini har tomonlama jozibador, investorlarga nihoyatda qulay sharoitlar yaratib berilgan, inson kapitali ustuvor hamda mehnat salohiyati yuqori bo’lgan davlatlarga joylashtiradi.
Dunyoning rivojlangan mamlkatlari, jumladan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan hamkorlikni kengaytirish O’zbekiston tashqi siyosatininig ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lib kelgan.
Bugungi kunda O’zbekiston nafaqat iqtisodiy hamkorlikni balkim barcha jabhalardagi hamkorlikni taraqqiy ettirishda dunyoning quyidagi rivojlangan mamlakatlari bilan olib borishga va kelgusida rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling