Sanoati. Barcha mamlakatlar sanoatida undiruvchi sanoat tarmoqlarining ahamiyati katta. Bu tarmoqlar guruhiga kiruvchi yoqilg`i-energetika, metallurgiya va kimyo sanoati salmog`i, ayniqsa, Qozog`iston, o`zbekiston, Turkmaniston respublikalarida ancha katta.
Yoqilg`i tarmoqlari orasida neft sanoatining ahamiyati tobora oshib bormoqda. Neftni qazib chiqarishda Qozog`iston (80 mln.t), O`zbekiston (5 mln t.) va Turkmaniston (6 mln.t) ajralib turadi. Tabiiy gaz qazib chiqarishda bu respublikalarning imkoniyati yanada kattadir. Bu borada, ayniqsa, Turkmaniston alohida ajralib turadi. Gaz zahiralari hajmiga ko`ra u sobiq Ittifoq respublikalari ichida Rossiyadan keyin ikkinchi o`rinda turadi. Gazni qazib chiqarishda mintaqada Turkmaniston (80 mlrd km.kub) va O`zbekiston yetakchilik qiladi. Bu boyliklarni keng doirada o`zlashtirish va ularni jahon bozorlariga olib chiqish endigina amalga oshmoqda.
Mintaqa respublikalari (Turkmanistondan tashqari) ko`mirga ham ancha boy.
Elektroenergetika sanoati mintaqaning barcha respublikalarida nisbatan yaxshi rivojlangan. Qozog`istonda salkam 90 kVt/soat, O`zbekistonda esa 48-50 mlrd. kVt/soat elektroenergiya ishlab chiqariladi.
Metallurgiya sanoati Markaziy Osiyo respublikalarida bir tekis rivojlanmagan. Qozog`iston bu o`rinda keskin ajralib turadi (2,0 mln. tonna po`lat, qo`rg`oshin, rux, mis, xrom ishlab chiqaradi). O`zbekistonda 0,5 mln. tonna po`lat va ko`p miqdorda qo`g`oshin, rux, mis, oltin, kumush va boshqa nodir metallar ishlab chiqiladi.
Kimyo sanoatining mintaqa respublikalaridagi asosiy o`rni qishloq xo`jaligiga xizmat qilishdir. Shu sababdan, Qirg`izistonni hisoblamaganda, barcha respublikalarda mineral o`g`itlar ishlab chiqarish mazkur sanoat tarmog`ining bosh ixtisosi sifatida rivojlangan.
Mamlakatlar iqtisodiyotining asosiy tayanch tarmog`i hisoblanadigan mashinasozlik sanoati esa mintaqa respublikalari orasida O`zbekiston va Qozog`istonda rivojlangan.
Mintaqaning barcha republikalarida yengil va zoiq-ovqat sanoatlari muhim o`rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |