O’zbekistonning qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarish


Download 24.73 Kb.

Sana10.01.2019
Hajmi24.73 Kb.

Suv xo´jaligi 

va resurslarini 

boshqarishning milliy 

doiraviy kontseptsiyasi

Yevropa Ittifoqining

“O’zbekistonning qishloq hududlarida 

suv resurslarini barqaror boshqarish” dasturi

«Yevropa Ittifoqi zamonaviy texnologiyalarini, 

resurslarini va taqdirlarini qadam ba qadam o’zaro 

bog’lashga qaror qilgan 27 a’zo davlatlardan 

tashkil topgan. Birgalikda, 50 yil davom etgan 

kengayish davrida, ular madaniy xilma-xillikni, 

o’zga madanaiyatlarni hurmat qilishni va shaxsiy 

erkinliklarini saqlab qolgan holda barqarorlik, 

demokratiya va doimiy rivojlanish hududini barpo 

qildilar.

Yevropa Ittifoqi o’z yutuqlari va qadriyatlarini 

chegaralaridan tashqarida bo’lgan mamlakatlar va 

xalqlar bilan o’rtoqlashishni o’z oldiga vazifa qilib 

qo’ygan.


Yevropa Komissiyasi Yevropa Ittifoqining ijrochi organi 

hisoblanadi.

Ushbu loyiha  Yevropa Ittifoqi 

tomonidan moliyalashtirilgan

Qo’shimcha ma’lumot uchun

Dr. Karolina Milov

Loyiha rahbari

Manzil:


100128 Toshkent, Labzak ko’chasi, 1A

Tel.: +998 71 241 48 69

Faks: + 998 71 241 48 47

E-mail: Caroline.Milow@giz.de

Muzaffar Ernazarov

Loyiha bosh mutaxassisi

100128 Toshkent, Labzak ko’chasi, 1A

Tel.: +998 71 241 48 47

Faks: +998 71 241 48 47

E-mail: Muzaffar.Ernazarov@giz.de 

Facebook: 

https://www.facebook.com/WG.IWRM/

Yevropa Ittifoqining O’zbekistondagi  delegatsiyasi  

107 B, Amir Temur ko’chasi, 100084 Toshkent 

O’zbekiston

15chi qavat, Xalqaro Biznes Markazi

Tel.: +998 71 120 16 01/02/03/04/06

Fax: +998 71 120 16 08

E-mail: 

Delegation-Uzbekistan@eeas.europa.eu

Web: 

http://eeas.europa.eu/delegations/uzbekistan/



index_en.htm

Facebook: 

http://www.facebook.com/eudeluzb

Ushbu dastur Germaniya Xalqaro Hamkorlik 

Jamiyati (Deutsche Gesellschaft für Internationale 

Zusammenarbeit (GIZ) GmbH) tomonidan amalga 

oshirilmoqda. Mazkur nashrda bildirilgan fikrlar 

Yevropa Komissiyasining fikrlarini aks ettirmaydi. 

Hamkorlar:

O’zbekiston Respublikasi

Qishloq va suv xo’jaligi 

vazirligi

Ko’magida


“O’zbekistonning qishloq hududlarida suv 

resurslarini barqaror boshqarish” Dasturi

“Suv xo’jaligi va resurslarini mukammal 

boshqarish” komponenti

Dasturning mohiyati

Suv xo’jaligi boshqaruvini yanada takomillashtirishni 

 

qo’llab-quvvatlashga qaratilgan ushbu dastur, Yevropa 



Ittifoqining O’zbekiston uchun 2014-2020 yillarga 

mo’ljallangan ikki tomonlama Ko’p-yillik Indikativ 

Dasturining bir qismi bo’lib, Yevropa Ittifoqining suv 

resurslarini boshqarish bo’yicha doiraviy Direktivasiga 

asoslangan holda Yevropa mamlakatlarining ilg’or 

tajribalarini targ’ib qiladi.

O’zbekiston kam yog’ingarchilik yuz beruvchi va juda 

past namlik hamda yuqori bug’lanish ko’rsatkichlariga 

e’ga bo’lgan mamlakat hisoblanadi. Hatto kam miqdorda 

bo’lsada suv paydo bo’ladigan joylarda tabiat yashnab 

ketadi. O’zbekistonda aholi suvni juda qadrlaydi hamda 

uni ko’plab afsonalar va hikoyalarda hayot manbai 

sifatida e’tirof etadi. Suv hayot bilan, hayot esa suv bilan 

chambarchas bog’lanadi.

Ushbu dasturning oldida turgan vazifalarini amalga 

oshirish maqsadida, Germaniya xalqaro hamkorlik 

jamiyati (GIZ) o’zining suv resurslarini mukammal 

boshqarishni qo’llab-quvvatlash bo’yicha butun dunyo- 

dan to’plangan ulkan tajribasini va Xalqaro suvni 

boshqarish instituti (IWMI), Italiyaning Qishloq xo’ja- 

ligida tadqiqotlar va uning iqtisodiyoti bo’yicha 

kengashi (CREA), Avstriyaning Atrof-muhitni 

muhofaza qilish agentligi (Umweltbundesamt) kabi 

hamkor tashkilotlarning chuqur bilimlarini bir joyga 

jamlaydi. Dasturning ushbu komponenti Birlashgan 

Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi tomonidan 

amalga oshiriladigan, suv xo´jaligining amaliyotchi-

mutaxassislariga qaratilgan texnik potentsiallarni 

rivojlantirish bo’yicha komponent bilan yaqindan 

hamkorlik qiladi. Dastur doirasida tashkil e’tiladigan, 

suv xo’jaligiga aloqador barcha  vazirlik va tashkilotlar 

vakillaridan iborat bo’lgan Milliy Ishchi Guruh, komponent 

doirasida amalga oshiriladigan barcha tadbirlar, 

ishlab chiqiladigan takliflar va hujjatlar mamlakatning 

Dasturning 1 komponenti

Ushbu komponentning asosiy maqsadi, suv xo’jaligi va 

resurslarini boshqarishning samaradorligini milliy, havza 

va fermer xo’jaliklari doiralarida yanada takominlashtirish 

hisoblanadi. 

Komponent doirasida quyidagi natijalar kutil- 

moqda:

•  Rasmiylashtirilgan muvofiqlashtirish mexanizmlari 



 

va suv bilan bog’liq dasturlarning samaradorligi va 

unumdorligini oshishi;

•  Qonunchilik aktlari, milliy strategiyalar, amalga 

oshirish rejalari kabi suv xo’jaligiga oid Yevropa 

Ittifoqining suv resurslarini boshqarish doiraviy 

Direktivasi hamda xalqaro standartlarni o’zida aks 

ettiruvchi hujjatlar to’plamlarining qabul qilinishi;

•  Suv resurslarini boshqarish, suv resurslari to’g’risida 

axborot va ma’lumotlar bazasidan foydalanish 

imkoniyatlarini yaratish hamda suv resurslari 

bo´yicha muassasalararo axborotlar va ma’lumotlarni 

almashish masalalari borasida institutsional 

hamkorlikning va potentsiallarning mustahkamlanishi;

•  Suv xo’jaligida o’z-o’zini moliyalashtirish va ushbu 

sektorga investitsiyalar kiritishni kuchaytirish 

maqsadida, suv resurslarini tejashga va suvdan 

foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan 

moliyaviy va iqtisodiy rag’batlantirish mexanizmlarini 

tashkil etish bo’yicha takliflar ishlab chiqilishi.

Suv xo’jaligini boshqarish tushunchasi suv resurslaridan 

foydalanish va ularni boshqarishga ta’sir etuvchi 

mavjud bo’lgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma’muriy 

tizimlarni anglatadi. Bu tushuncha suv resurslarini va 

xizmatlarini taqsimlash hamda tarqatishda tenglikni 

va samaradorlikni belgilaydi, hamda ijtimoiy-iqtisodiy 

faoliyat va ekologik tizimlar o’rtasidagi suvdan 

foydalanish muvozanatini saqlaydi.

ehtiyojiga mosligini ta’minlashda yordam berib, Yevropa 

va jahon standartlariga mos suv xo’jaligini boshqarish- 

ni takomillashtirishga o’z hissasini qo’shadi. Dastur, 

shuningdek, O’zbekistonda olib borilayotgan boshqa 

donor tashkilotlar faoliyatlari bilan ham hamkorlikni 

ko’zda tutadi.

Dasturning maqsadlari

Ushbu dasturning umumiy maqsadi iqlim o’zgarishi 

yuz berayotgan bir sharoitda O’zbekistonning qishloq 

hududlarida barqaror va inkluziv o’sishga hissa qo’shish 

bo’lsa, aniq maqsadi, suv bilan ta’minlanganlikni yanada 

yaxshilash va suv resurslarini milliy, havza va fermer 

xo’jaliklari darajalarida boshqarishning samaradorligini 

oshirish hisoblanadi.

GIZ tomonidan amalga oshirilayotgan suv xo’jaligini 

boshqarishni mustahkamlash bo’yicha komponent, 

huquqiy, institutsional, tashkiliy va moliyaviy mexanizmlar 

va boshqaruv vositalarini kuchaytirish orqali, suv 

resurslarini boshqarishning milliy strategiyasini yanada 

rivojlantirishga hissa qo’shishga qaratilgan.

Hamkor tomonlar

Dastur doirasida quyidagi suv xo’jaligi bilan bog’liq bo’lgan 

davlat va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik qilinadi: 

Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Tabiatni muhofaza 

qilish davlat qo’mitasi, mahalliy davlat tuzilmalari, 

Davlat boshqaruvi akademiyasi, Toshkent irrigatsiya va 

melioratsiya instituti, Fermerlar kengashi, oltita loyiha 

hududida joylashgan fermer xo’jaliklari va boshqalar.



Document Outline

  • leaflet-Uz
  • Binder11
    • 1
    • 2


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling