O‘zbekistonning qo‘shni mamlakatlar bilan o‘zaro munosabatlari
Download 355 Kb. Pdf ko'rish
|
O\'zbekistonning qo\'shni davlatlar bilan munosabati
Turkmaniston Turkmaniston (turkmancha. Türkmenistan), Turkmaniston Respublikasi (turkmancha. Türkmenistan Respublikasy) — Markaziy Osiyodagi suveren davlat. Ashxobod — mamlakatning poytaxti va eng yirik shahri. Mamlakat aholisi 6 millionni tashkil etadi, bu Oʻrta Osiyo respublikalarining eng pastidir. Turkmaniston Osiyodagi eng kam aholisi boʻlgan davlatlardan biridir. Turkmaniston fuqarolari Turkmanistonliklar deb nomlanadi. Turkmaniston asrlar davomida sivilizatsiyalar chorrahasida boʻlgan. Oʻrta asrlarda Marv islom dunyosining buyuk shaharlaridan biri boʻlgan va Buyuk Ipak yoʻlidagi muhim toʻxtash joyi. Turkmaniston — betaraf davlat. Davlat boshligʻi — prezident (2022-yildan Serdar Berdimuhamedov) Turkmaniston hududining aksariyati tekislikdan iborat boʻlib, qariyb 4/5 qismi Turon tekisligi (Qoraqum choʻli)da joylashgan. Pul birligi- Turkmaniston manati - (turkm. Manat) Turkmaniston pul birligi 1 manat = 100 tanga. Yangi O‘zbekiston - yangi qo‘shnichilik Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar Markaziy Osiyo, jumladan Afg‘oniston, doimo O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib kelgan. Biroq 2016 yil oxiridan boshlab mintaqaga yondashuv va munosabat tubdan o‘zgardi. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganidan so‘ng Markaziy Osiyo mintaqasida hamkorlikning yangi davri boshlandi. U qisqa muddat ichida mintaqaviy aloqalarni faollashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Mamlakatlar o‘rtasidagi siyosiy, xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va o‘zaro manfaatli boshqa sohalardagi munosabatlar jadal rivojlana boshladi. 2017 yil avgust oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo – O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi” nomli xalqaro forumni kirish so‘zi bilan ochgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov davlatimiz rahbari tomonidan Markaziy Osiyoning mamlakatimiz tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilangani davlatimizning yaqin qo‘shnilar bilan do‘stlik, o‘zaro manfaat va yaxshi qo‘shnichilik tamoyillariga asoslangan munosabatlar o‘rnatishga samimiy intilishi ekanini alohida ta’kidladi. Markaziy Osiyoning barcha davlatlari bilan umumiy chegaraga ega O‘zbekiston, shubhasiz, mintaqani barqarorlik, izchil taraqqiyot va yaxshi qo‘shnichilik hududiga aylantirishdan manfaatdor. Mamlakatimiz taraqqiyotining chegaralarimiz xavfsizligidan tortib suv resurslarini oqilona taqsimlashgacha bo‘lgan barcha muhim hayotiy masalalarini hal etish mintaqamiz bilan chambarchas bog‘liq. Iqtisodiy jihatdan taraqqiy topgan, xavfsizligi ta’minlangan Markaziy Osiyo O‘zbekiston uchun eng asosiy maqsaddir. Transport- kommunikatsiya va energetika sohalaridagi yirik mintaqaviy loyihalarni qo‘shni mamlakatlar bilan faol hamkorlik qilmasdan, ularning yuksak darajada integratsiyalashuvini ta’minlamasdan amalga oshirib bo‘lmaydi. Yangi O‘zbekistonning besh yillik davri mobaynida, Prezident Shavkat Mirziyoyev davlatlar o‘rtasidagi ishonch darajasini oshirish va Markaziy Osiyoda mintaqaviylikni mustahkamlash borasida ulkan yutuqlarga erishdi. U davlat rahbari bo‘lganining birinchi yilidanoq Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik darajasini ko‘tarishga yordam beruvchi yirik ishlarni amalga oshirdi. Xususan, 2017 yilda O‘zbekiston rahbari Markaziy Osiyoning boshqa respublikalari rahbarlari bilan 15 dan ortiq ikki tomonlama uchrashuv va telefon orqali suhbatlar o‘tkazdi, shuningdek, uchta davlat tashrifi (Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston) va ikkita ishchi tashrifni (Qozog‘iston va Turkmanistonga) amalga oshirdi. Uzoq tanaffusdan so‘ng, qo‘shni mamlakatlar o‘rtasidagi chegarani belgilash kabi murakkab jarayon tezlasha boshladi. Bundan tashqari, Prezident turli madaniy-gumanitar uchrashuvlar, ikki tomonlama biznes-forumlar va hamkorlikning yangi formatlari tashabbusi bilan chiqdi. O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida havo va avtobus xizmatlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi, viza olish tartibi soddalashtirildi. O‘zbekiston rahbarining amaliy harakatlari uning qo‘shnilarimiz o‘rtasida ishonchli munosabatlarni o‘rnatish niyati haqiqiyligini ko‘rsatdi. O‘zbekistonning tashqi siyosatdagi yangi yondashuvi tufayli, qo‘shnilar bilan iqtisodiy hamkorlikda sezilarli yutuqlarga erishildi. Xususan, mamlakatimizning 2017-2019 yillarda Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘rtacha yillik savdo aylanmasi 50% dan oshib 5,2 mlrd. dollarni tashkil etdi. 2020 yil yakunlariga ko‘ra, global pandemiyaga qaramay, O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi umumiy savdo hajmi 5 mlrd. dollarga yetdi. Jumladan, O‘zbekistonning umumiy tashqi savdo aylanmasida Markaziy Osiyo davlatlarining ulushi 2019 yildagi 12,4% dan 2020 yilda 13,6% ga oshdi. Shu bilan birga, Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanish istiqbollari qo‘shni Afg‘onistonda tinchlikka erishish bilan uzviy bog‘liqdir. Afg‘oniston doimo Markaziy Osiyoning ajralmas qismi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Markaziy Osiyo davlatlari va Afg‘onistonni umumiy tarix, din, madaniyat va urf-odatlar hamda xavfsizlikni ta’minlash va o‘zaro savdoni rivojlantirish kabi manfaatlar birlashtiradi. Tinch Afg‘oniston Markaziy Osiyo davlatlariga Hind okeani va Fors ko‘rfazi portlariga eng qisqa yo‘l bilan chiqish imkoniyatini yaratib, Janubiy Osiyoni Yevropa va Xitoy bozorlari bilan bog‘lashi mumkin. Ushbu omillarni inobatga olgan holda, yangi O‘zbekiston Afg‘onistonga mintaqaviy muammolar, tahdidlar va qiyinchiliklar manbai sifatida emas, balki Yevroosiyo makonida keng trans-mintaqaviy aloqalarning rivojlanishiga tubdan yangi turtki beradigan noyob strategik imkoniyat sifatida qaray boshladi. Xorijiy ekspertlarning fikricha, O‘zbekiston bilan Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida so‘nggi yillarda erishilgan siyosiy ishonch va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarining mustahkamlanishi mintaqaning zamonaviy tarixida ijobiy burilish nuqtasini anglatadi. Shuningdek, koronavirus pandemiyasi sharoitidagi mintaqaviy faollik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro foydali hamkorlik va yordam berish borasidagi harakatlar uzoqni ko‘zlagan tashqi siyosat strategiyasining yaqqol tasdig‘ini topdi. Transport va logistika masalalarini o‘z vaqtida hal qilish, fuqarolarni qaytarish va gumanitar yordam ko‘rsatish O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi ochiq va konstruktiv siyosatining natijasi bo‘ldi. O‘zbekiston Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini yubordi: Birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechaklardan iborat 170 tonnalik yordam yuki Balx viloyatiga yetkazildi. Ismatulla Ergashevning aytishicha, bu – 2022 yil hisobidan Afg‘onistonga topshirilgan yordamning yettinchi partiyasi bo‘lgan. O‘zbekiston birodar afg‘on xalqiga eng birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim- kechaklardan iborat jami 170 tonnalik navbatdagi insonparvarlik yordamini yubordi. 9 ta yuk mashinasidan iborat karvon 2022-yil 22- dekabr kuni Hayraton chegara o‘tkazish punkti orqali qo‘shni mamlakatning Balx viloyati shimolidagi Kaldor tumaniga yetkazildi. Hayraton shahrida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston tomonidan prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev va Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi. Ularni Hayratonda Balx viloyati gubernatori Muhammad Dovud Muzammil va provinsiyaning boshqa boshqaruv idoralari vakillari kutib olishdi. Rasmiy axborotga ko‘ra, yordam tarkibi 48 tonna un, 30 tonna shakar, 48 tonna bug‘doy, 15 tonna o‘simlik yog‘i, 10 ming dona konservalangan go‘sht mahsulotlari, 22 tonna makaron, 1000 juft erkaklar va bolalar ust kiyimi, 1000 juft bolalar, erkaklar va ayollar oyoq kiyimidan iborat. Download 355 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling