O‘zbekistonning qo‘shni mamlakatlar bilan o‘zaro munosabatlari


O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi munosabatlar


Download 355 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana22.01.2023
Hajmi355 Kb.
#1110869
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O\'zbekistonning qo\'shni davlatlar bilan munosabati

 
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi munosabatlar 
Bugungi kunda O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga – 
strategik sheriklikka ko‘tarildi. Bu borada, sakkiz yillik tanaffusdan so‘ng, 2017 yilda ikki 
tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishlari qayta tiklanganligini 
inobatga olmasligimiz mumkin emas. Davlatlar chegarasining 85 foizi kelishib olindi
nazorat-o‘tkazish punktlarida muayyan mavjud cheklovlar bekor qilindi va Qirg‘izistonda 
gidroenergetika inshootlarini qurish, “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li 
loyihasini amalga oshirish, “Qashg‘ar-Irkeshtom-O‘sh-Andijon-Toshkent” yo‘nalishi 
bo‘ylab yangi avtomobil yo‘lagini ochish borasida o‘zaro tushuncha va manfaat paydo 
bo‘ldi. 


2018 yilda parlament delegatsiyalarining bir qator o‘zaro tashriflari, jumladan, Qonunchilik 
palatasi Spikeri N.Ismoilov boshchiligidagi respublika delegatsiyaning Bishkekka ishchi 
tashrifi tashkil etildi. 
Hukumat rahbarlari darajasida ham hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. So‘nggi yillar davomida ular 
Bishkek, Farg‘ona va O‘shda ikki tomonlama tadbirlar doirasida hamda Toshkent, Moskva, 
Sochi, Dushanbe, Qozon, Minsk va Cho‘lponotadagi ko‘p tomonlama sammitlar doirasida 
ham bir necha uchrashuvlari tashkillashtirildi. 
Tashqi ishlar vazirliklari rahbarlarining muntazam uchrashuv va maslahatlashuvlari amalga 
oshirilmoqda. Bu borada 12 marta 2021y. Toshkentda imzolangan ikki mamlakat TIVlari 
o‘rtasida 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan yangilangan hamkorlik dasturini ta’kidlashimiz 
mumkin. 
Chegaralararo hamkorlikka alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston va Qirg‘iziston 
chegara hududlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish bo‘yicha 
hukumatlararo harakatlar rejasi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda, chegara hududlarida 
O‘zbekistonning chegaraoldi viloyatlari hokimlari va Qirg‘iziston Hukumatining 
chegaraoldi viloyatlardagi vakolatli vakillari Kengashining uchrashuvlari o‘tkazilmoqda, 
oxirgisi 2020 yil dekabr oyida Farg‘onada ikki davlat bosh vazirining o‘rinbosarlari 
S.Umurzoqov va A.Novikov ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Uning doirasida Toshkent va Bishkek, 
Andijon va O‘sh, Namangan va Jalolobod, Farg‘ona va Batken shaharlari o‘rtasida savdo-
iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik to‘g‘risida bitimlar imzolandi. 
Savdo-iqtisodiy aloqalar tobora mustahkamlanmoqda. 2020 yil natijalariga ko‘ra, ikki 
mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 903 mln. dollarni tashkil etdi. Shu bilan 
birga, savdo-iqtisodiy hamkorlikka turtki berish uchun yuqorida qayd etilgan Kengash 
yig‘ilishining yakunlari bo‘yicha tomonlar o‘zaro manfaatli, amaliy hamkorlikni 
rivojlantirish hamda Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni 
chuqurlashtirish to‘g‘risidagi Protokolni imzoladilar. 


Ushbu protokol bo‘yicha ikki mamlakat hukumatlari qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish 
uchun 50 mln. dollarlik ustav kapitaliga ega qo‘shma investitsiya fondini yaratish 
mexanizmlari ko‘rib chiqilmoqda. 
Bundan tashqari, 2020 yil 24 dekabrda videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish 
doirasida O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida sanoat 
kooperatsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish bo‘yicha amaliy 
harakat rejasi “Yo‘l xaritasi” imzolandi. 
Shuningdek, 2021 yil 26 mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston ikki 
tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining 9-yig‘ilishi va biznes 
Kengashining birinchi Majlisi bo‘lib o‘tdi. 
Ta’kidlash lozimki, 2021 yilning 1 yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasiga import 
qilinayotgan 73 ta tovar mahsulotilariga aksiz solig‘i bekor qilindi va bu ikki mamlakat 
o‘rtasidagi o‘zaro tovar aylanmasining yanada oshishiga olib keladi. Umuman olganda, bu 
boradagi hamkorlik salohiyati juda yuqori. 
Shu bilan birga, madaniy-gumanitar aloqalarni sezilarli darajada faollashtirishga muvaffaq 
bo‘ldik. 2018 yilda Qirg‘izistonda Chingiz Aytmatovning 90 yilligi nishonladi. 
O‘zbekistonda ham bayram tadbirlari yuqori saviyada o‘tkazildi. O‘zbekistonda 
Qirg‘izistonning va Qirg‘izistonda O‘zbekistonning madaniyati va san’ati kunlari bo‘lib 
o‘tdi. 
Albatta, pandemiya bilan bog‘liq vaziyat 2020 yildagi hamkorlik dinamikasiga o‘z ta’sirini 
ko‘rsatdi va uning muammolarini bartaraf etish uchun birgalikda harakat qilish zarurligini 
ko‘rsatdi. Bu yo‘nalishda mamlakatlar o‘zlarining birgalikdagi ishlarini sezilarli darajada 
bosqichma-bosqich amalga oshira oldilar. Shuningdek, an’anaviy do‘stlik va o‘zaro yordam 
tamoyillariga amal qilgan holda, O‘zbekiston tomoni Qirg‘izistonga bir necha bor yordam 
ko‘rsatganini, jumladan, Bishkek shahri va Batken viloyatining Qadamjoy tumanida 
modulli shifoxonalar qurilishini ham alohida ta’kidlash lozim. 
2022 yilning yanvar-may oyi yakunida O‘zbekistonning Qirg‘iziston davlati bilan savdo 
aylanmasi: 


– Qirg‘iziston bilan tashqi savdo aylanmasi 589,2 mln. dollarni (o‘sish 38,5%) tashkil etib, 
eksport hajmi 483,0 mln. dollarga, import hajmi esa 106,2 mln dollarga yetdi. 

Download 355 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling