O‘zbekistonning qo‘shni mamlakatlar bilan o‘zaro munosabatlari
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi munosabatlar
Download 355 Kb. Pdf ko'rish
|
O\'zbekistonning qo\'shni davlatlar bilan munosabati
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi munosabatlar
So‘nggi davrda deyarli barcha sohalarda erishilgan aniq natijalar ikki tomonlama O‘zbekiston-Turkmaniston hamkorligini kengaytirish uchun mustahkam zamin yaratdi. Davlatlararo munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi. Inauguratsiyadan so‘ng 2017 yil 6-7-mart kunlari O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev ilk xorijiy tashrifini Turkmanistonga amalga oshirdi, bu mamlakat tashqi siyosatda betarafligini va Markaziy Osiyo mintaqasi ustuvorligini jahon hamjamiyatiga namoyish etdi. Tabiiyki, bu ramziy qadam davlat rahbariyatining oqilona qarori edi. Hozirgacha mamlakatlar o‘rtasida 9 ta yuqori darajali tashriflar, jumladan, O‘zbekistonga 3 ta tashrif (2018, 2019, 2022 yillarda) va Turkmanistonga 8 ta tashrif (2017, 2018, 2019 yillarda uch marta, 2021 yilda ikki marta va 2022- yilda) amalga oshirildi. So‘nggi yillarda oliy va yuqori darajalarda o‘tkazilgan muntazam tadbirlar tufayli mutlaqo yangi siyosiy iqlim, do‘stona muhit va ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi. Ikki mamlakat o‘rtasida savdo aylanmasi tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. Pandemiya oqibatlariga qaramasdan ushbu yo‘nalishdagi hamkorlik 2020 yil 527 mln. dollarni, 2021 yilning yarim yilligida esa 351,9 mln. dollarni tashkil etdi. Madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik sezilarli darajada faollashdi. 2017 yil noyabr oyida Turkmanistonda (Ashxobod va Dashoguz shaharlarida) “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tdi. 2018 yil aprel oyida Turkmaniston prezidenti G.Berdimuxamedovning O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida Toshkentdagi “Ashxobod” ko‘ngilochar bog‘i va Maxtumquli haykali hamda Xorazm viloyatidagi “Ulli hovli” yodgorlik majmuasi va O‘zbek-Turkman do‘stlik uyi ochildi. 2018 yil Ashxobodda “O‘zbek kinosi kunlari”, Toshkent va Samarqand shaharlarida esa “Turkman kinosi kunlari” bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlari ohirgi besh yil ichida sezilarli darajada o‘zgarib, rasmiy-protokol holatidan amaliy bosqichga o‘tdi. Ikki tomonlama aloqa formatidan tashqari, Markaziy Osiyo davlatlari “5+1” formatida (Markaziy Osiyo-AQSh, Markaziy Osiyo-Xitoy, Markaziy Osiyo-Yaponiya, Markaziy Osiyo-Rossiya) ko‘p tomonlama hamkorlik platformalarida faol aloqalar o‘rnatib kelmoqda. Ushbu format mintaqa mamlakatlari va ularning xorijiy sheriklari o‘rtasidagi hamkorlikni yaxshilash uchun muntazam muloqot qilishning tegishli mexanizmi hisoblanadi, bu esa mintaqaviy barqarorlik, iqtisodiy va inklyuziv rivojlanishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, mintaqaning hamkorlik va barqaror rivojlanish masalalarini muhokama qilishning muhim platformasi bo‘lib mamlakatimiz prezidenti tashabbusi bilan tashkil topgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi hisoblanadi. Mintaqadagi barcha davlatlar unda ishtirok etishi ushbu platformaning kelajakdagi istiqbolidan dalolatdir. Maslahat uchrashuvining birinchi yig‘ilishi 2018 yilning mart oyida Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonda, ikkinchisi – 2019 yilning noyabr oyida Toshkent shahrida va uchinchisi – 2021 yilning avgustida Turkmanistonning “Avaza” sayyohlik zonasida bo‘lib o‘tdi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, hamda O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada jadal rivojlantirish maqsadida quyidagilar taklif etiladi: - yuqori darajali tashriflarni tashkil yetish amaliyotini davom ettirish; - Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida muntazam ravishda siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazish; - xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar (BMT, MDH, ShHT va boshqalar) doirasidagi pozitsiyalarni o‘zaro qo‘llab-quvvatlash; - qo‘shnilar bilan chegaralarni demarkatsiya va delimitatsiya qilish masalalarini jadallashtirish; - oliy darajada erishilgan siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va xavfsizlik sohalardagi kelishuvlarni to‘liq amalga oshirish; - savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Xukumatlararo komissiyaning qo‘shma yig‘ilishlarini o‘tkazish; - tadbirkorlik tuzilmalari va chegaradosh hududlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash; - tranzit va transport sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha idoralararo qo‘shma takliflarni ishlab chiqish; - mamlakatlar vakillarining mintaqa hududidagi davlatlarida o‘tkaziladigan madaniy- gumanitar tadbirlarda (festival, ko‘rgazmalar, sport musobaqalari va boshqalarda) ishtirokini davom ettirish; - yoshlar vakillari ishtirokida muntazam va keng ko‘lamli davlatlararo tadbirlarni tashkil etish (festivallar, forumlar, yozgi lagerlar va boshqalar); - mamlakatlar hududida tashkil etiladigan xalqaro sayyohlik ko‘rgazma va yarmarkalarida sayyohlik tashkilotlari va kompaniyalarining o‘zaro ishtirokini ta’minlash. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi har bir qo‘shni davlat bilan munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishi va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishi Markaziy Osiyodagi nizolar salohiyatini kamaytirdi va mintaqaning investitsion jozibadorligini kengaytirishga hissa qo‘shdi. Mintaqaviy integratsiya jarayonlarining asosiy drayveri bo‘lgan O‘zbekistonning xalqaro obro‘si va nufuzi mustahkamlana boshladi. 2022 yilning yanvar-may oyi yakunida O‘zbekistonning Turkmaniston davlati bilan tashqi savdo aylanmasi: – Turkmaniston bilan tashqi savdo aylanmasi 418,2 mln. dollarni (o‘sish 9,8%) tashkil etib, eksport hajmi 91,8 mln. dollarga, import hajmi esa 326,4 mln dollarga yetdi. Qo‘shimchalar Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi infografikasida O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalariga qanday ta’sir ko‘rsatgani aks etgan. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi joriy yilning yanvar-iyun oyi uchun O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasida yuz bergan o‘zgarishlar haqida ma’lumot berdi. 2022 yilning yanvar- iyun oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari tashqi savdo hajmi 15,1 foizga o‘sib, 3,4 mlrd. dollarga yetdi, bu umumiy savdo hajmining 13,9 foizini tashkil etdi. Shu bilan birga O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlariga eksport 1,4 mlrd dollarni (o‘sish 20,3 foiz), importi esa 2,0 mlrd dollarni (o‘sish 18,9 foiz) tashkil etdi. 2022 yilning yanvar-may oyi yakunida O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanma: – Qozog‘iston bilan tashqi savdo aylanmasi 2,1 mlrd. dollarni (o‘sish 9,9%) tashkil etib, eksport hajmi 624,7 mln. dollarga, import hajmi esa 1,5 mlrd dollarga yetdi. – Qirg‘iziston bilan tashqi savdo aylanmasi 589,2 mln. dollarni (o‘sish 38,5%) tashkil etib, eksport hajmi 483,0 mln. dollarga, import hajmi esa 106,2 mln dollarga yetdi. – Turkmaniston bilan tashqi savdo aylanmasi 418,2 mln. dollarni (o‘sish 9,8%) tashkil etib, eksport hajmi 91,8 mln. dollarga, import hajmi esa 326,4 mln dollarga yetdi. – Tojikiston bilan tashqi savdo aylanmasi 289,7 mln. dollarni (o‘sish 23,1%) tashkil etib, eksport hajmi 211,0 mln. dollarga, import hajmi esa 78,7 mln dollarga yetdi. Download 355 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling