O‘zbekistonning qo‘shni mamlakatlar bilan o‘zaro munosabatlari
Download 355 Kb. Pdf ko'rish
|
O\'zbekistonning qo\'shni davlatlar bilan munosabati
O‘zbekistonning qo‘shni mamlakatlar bilan o‘zaro munosabatlari Zamonaviy Oʻzbekiston tashqi siyosatida qo‘shni davlatlar bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalarini, uzoq muddatli va koʻp qirrali sheriklikni yanada kuchaytirish boʻyicha soʻngi yillarda aniq chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Xususan, davlatimiz tomonidan azaliy va yagona tarixiy ildizlarga ega boʻlgan Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan boʻlgan munosabatlar rivojiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Qayd etish joizki, soʻnggi yillar ichida Oʻzbekistonning mintaqaviy saʼy-harakatlari tufayli Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida oʻzaro ishonch va hamkorlik yangi bosqichga koʻtarildi. Bu vaqt ichida mintaqamizda doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va oʻzaro hamkorlik muhitini yaratishga erishildi. Oʻzbekistonda kechayotgan tub islohotlar, jamiyatimiz hayotidagi demokratik oʻzgarishlar, erishilgan natijalar nafaqat mamlakatimiz hududida balki qoʻshni davlatlardagi xalqlarda ham katta qiziqish uygʻotib, mintaqaviy jarayonlarga katta ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda. Oʻzaro munosabatlarda yaqin-yaqingacha baʼzi mavzularda gapirish nooʻrin hisoblangan boʻlsa, hozirda biror bir yopiq va muhokama qilinmagan muammoli masala qolmadi. Xususan, chegara postlarining ochilishi va ular sonining koʻpaytirilishi, vizasiz rejimning joriy etilishi kabilar xalqlarimizning oʻzaro bordi-keldisini yengillashtirmoqda. Oʻzbekiston olib borayotgan tashqi siyosatdagi konstruktiv yondashuv tufayli yillar davomida muammo boʻlib kelgan koʻpgina masalalar, xususan siyosiy, savdo-iqtisodiy, transchegaraviy, suv resurslaridan oqilona foydalanish, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish, fuqarolarning chegara punktlarini kesib oʻtishi, oʻzaro turizmni rivojlantirish kabi dolzarb masalalar mintaqa davlatlari tomonidan ochiq va doʻstona ruhda hal qilinmoqda. Mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan mintaqaviy hamkorlikning yangi mexanizmlari tashkil etildi. Markaziy Osiyoning Oʻzbekiston tashqi siyosatida ustuvor yoʻnalish sifatida qaralishiga turtki berayotgan, mintaqa davlatlariga xos boʻlgan mushtarak omillardan quyidagilarini ajratib koʻrsatish mumkin: -mintaqa davlatlarining joʻgʻrofiy joylashuvi va xususan, Oʻzbekistonning mintaqa markazidan oʻrin olgani va ularning barchasi bilan chegaradoshligi; -milliy, madaniy, diniy va ijtimoiy-iqtisodiy qadriyatlarning oʻxshash va yaqinligi; -umumiy transport va energetika kommunikatsiyalarining mavjudligi; -mintaqadagi suv resurslarining oʻzaro oqilona taqsimoti; -mintaqada ekologik, xavfsizlik va barqarorlik masalalarining umumiyligi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi joriy yilning yanvar-iyun oyi uchun O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasida yuz bergan o‘zgarishlar haqida ma’lumot berdi. 2022 yilning yanvar- iyun oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan tashqi savdo hajmi 15,1 foizga o‘sib, 3,4 mlrd. dollarga yetdi, bu umumiy savdo hajmining 13,9 foizini tashkil etdi. Shu bilan birga O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlariga eksport 1,4 mlrd dollarni (o‘sish 20,3 foiz), importi esa 2,0 mlrd dollarni (o‘sish 18,9 foiz) tashkil etdi. Download 355 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling