O‘zbekistonning qo‘shni mamlakatlar bilan o‘zaro munosabatlari


O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi munosabatlar


Download 355 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana22.01.2023
Hajmi355 Kb.
#1110869
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O\'zbekistonning qo\'shni davlatlar bilan munosabati

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi munosabatlar 
So‘nggi davrda deyarli barcha sohalarda erishilgan aniq natijalar ikki tomonlama 
O‘zbekiston-Turkmaniston hamkorligini kengaytirish uchun mustahkam zamin yaratdi. 
Davlatlararo munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi. 
Inauguratsiyadan so‘ng 2017 yil 6-7-mart kunlari O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev ilk 
xorijiy tashrifini Turkmanistonga amalga oshirdi, bu mamlakat tashqi siyosatda betarafligini 
va Markaziy Osiyo mintaqasi ustuvorligini jahon hamjamiyatiga namoyish etdi. Tabiiyki, 
bu ramziy qadam davlat rahbariyatining oqilona qarori edi. Hozirgacha mamlakatlar 
o‘rtasida 9 ta yuqori darajali tashriflar, jumladan, O‘zbekistonga 3 ta tashrif (2018, 2019, 
2022 yillarda) va Turkmanistonga 8 ta tashrif (2017, 2018, 2019 yillarda uch marta, 2021 
yilda ikki marta va 2022- yilda) amalga oshirildi. 
So‘nggi yillarda oliy va yuqori darajalarda o‘tkazilgan muntazam tadbirlar tufayli mutlaqo 
yangi siyosiy iqlim, do‘stona muhit va ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli 
hamkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi. 
Ikki mamlakat o‘rtasida savdo aylanmasi tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. Pandemiya 
oqibatlariga qaramasdan ushbu yo‘nalishdagi hamkorlik 2020 yil 527 mln. dollarni, 2021 
yilning yarim yilligida esa 351,9 mln. dollarni tashkil etdi. 
Madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik sezilarli darajada faollashdi. 2017 yil noyabr oyida 
Turkmanistonda (Ashxobod va Dashoguz shaharlarida) “O‘zbekiston madaniyati kunlari” 
bo‘lib o‘tdi. 2018 yil aprel oyida Turkmaniston prezidenti G.Berdimuxamedovning 
O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida Toshkentdagi “Ashxobod” ko‘ngilochar bog‘i va 
Maxtumquli haykali hamda Xorazm viloyatidagi “Ulli hovli” yodgorlik majmuasi va 
O‘zbek-Turkman do‘stlik uyi ochildi. 2018 yil Ashxobodda “O‘zbek kinosi kunlari”, 
Toshkent va Samarqand shaharlarida esa “Turkman kinosi kunlari” bo‘lib o‘tdi. 
O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlari ohirgi besh yil ichida sezilarli darajada o‘zgarib, 
rasmiy-protokol holatidan amaliy bosqichga o‘tdi. 


Ikki tomonlama aloqa formatidan tashqari, Markaziy Osiyo davlatlari “5+1” formatida 
(Markaziy Osiyo-AQSh, Markaziy Osiyo-Xitoy, Markaziy Osiyo-Yaponiya, Markaziy 
Osiyo-Rossiya) ko‘p tomonlama hamkorlik platformalarida faol aloqalar o‘rnatib 
kelmoqda. Ushbu format mintaqa mamlakatlari va ularning xorijiy sheriklari o‘rtasidagi 
hamkorlikni yaxshilash uchun muntazam muloqot qilishning tegishli mexanizmi 
hisoblanadi, bu esa mintaqaviy barqarorlik, iqtisodiy va inklyuziv rivojlanishga xizmat 
qiladi. Shu bilan birga, mintaqaning hamkorlik va barqaror rivojlanish masalalarini 
muhokama qilishning muhim platformasi bo‘lib mamlakatimiz prezidenti tashabbusi bilan 
tashkil topgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi hisoblanadi. 
Mintaqadagi barcha davlatlar unda ishtirok etishi ushbu platformaning kelajakdagi 
istiqbolidan dalolatdir. Maslahat uchrashuvining birinchi yig‘ilishi 2018 yilning mart oyida 
Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonda, ikkinchisi – 2019 yilning noyabr oyida Toshkent 
shahrida va uchinchisi – 2021 yilning avgustida Turkmanistonning “Avaza” sayyohlik 
zonasida bo‘lib o‘tdi. 
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, hamda O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari 
o‘rtasidagi hamkorlikni yanada jadal rivojlantirish maqsadida quyidagilar taklif etiladi: 
- yuqori darajali tashriflarni tashkil yetish amaliyotini davom ettirish; 
- Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida muntazam ravishda siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazish; 
- xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar (BMT, MDH, ShHT va boshqalar) doirasidagi 
pozitsiyalarni o‘zaro qo‘llab-quvvatlash; 
- qo‘shnilar bilan chegaralarni demarkatsiya va delimitatsiya qilish masalalarini 
jadallashtirish; 
- oliy darajada erishilgan siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va xavfsizlik 
sohalardagi kelishuvlarni to‘liq amalga oshirish; 
- savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Xukumatlararo komissiyaning qo‘shma yig‘ilishlarini 
o‘tkazish; 
- tadbirkorlik tuzilmalari va chegaradosh hududlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash; 


- tranzit va transport sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha idoralararo qo‘shma takliflarni 
ishlab chiqish; 
- mamlakatlar vakillarining mintaqa hududidagi davlatlarida o‘tkaziladigan madaniy-
gumanitar tadbirlarda (festival, ko‘rgazmalar, sport musobaqalari va boshqalarda) 
ishtirokini davom ettirish; 
- yoshlar vakillari ishtirokida muntazam va keng ko‘lamli davlatlararo tadbirlarni tashkil 
etish (festivallar, forumlar, yozgi lagerlar va boshqalar); 
- mamlakatlar hududida tashkil etiladigan xalqaro sayyohlik ko‘rgazma va yarmarkalarida 
sayyohlik tashkilotlari va kompaniyalarining o‘zaro ishtirokini ta’minlash. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi har bir qo‘shni davlat bilan 
munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishi va mintaqaviy hamkorlikni 
rivojlantirishi Markaziy Osiyodagi nizolar salohiyatini kamaytirdi va mintaqaning 
investitsion jozibadorligini kengaytirishga hissa qo‘shdi. Mintaqaviy integratsiya 
jarayonlarining asosiy drayveri bo‘lgan O‘zbekistonning xalqaro obro‘si va nufuzi 
mustahkamlana boshladi. 
2022 yilning yanvar-may oyi yakunida O‘zbekistonning Turkmaniston davlati bilan tashqi 
savdo aylanmasi: 
– Turkmaniston bilan tashqi savdo aylanmasi 418,2 mln. dollarni (o‘sish 9,8%) tashkil etib, 
eksport hajmi 91,8 mln. dollarga, import hajmi esa 326,4 mln dollarga yetdi. 


Qo‘shimchalar 
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi infografikasida O‘zbekistonning Markaziy Osiyo 
mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalariga qanday ta’sir ko‘rsatgani aks etgan. 
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi joriy yilning yanvar-iyun oyi uchun 
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasida yuz bergan 
o‘zgarishlar haqida ma’lumot berdi. 
2022 yilning yanvar- iyun oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning Markaziy Osiyo 
davlatlari tashqi savdo hajmi 15,1 foizga o‘sib, 3,4 mlrd. dollarga yetdi, bu umumiy savdo 
hajmining 13,9 foizini tashkil etdi. 
Shu bilan birga O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlariga eksport 1,4 mlrd dollarni 
(o‘sish 20,3 foiz), importi esa 2,0 mlrd dollarni (o‘sish 18,9 foiz) tashkil etdi. 
2022 yilning yanvar-may oyi yakunida O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan 
savdo aylanma: 
– Qozog‘iston bilan tashqi savdo aylanmasi 2,1 mlrd. dollarni (o‘sish 9,9%) tashkil etib, 
eksport hajmi 624,7 mln. dollarga, import hajmi esa 1,5 mlrd dollarga yetdi. 
– Qirg‘iziston bilan tashqi savdo aylanmasi 589,2 mln. dollarni (o‘sish 38,5%) tashkil etib, 
eksport hajmi 483,0 mln. dollarga, import hajmi esa 106,2 mln dollarga yetdi. 
– Turkmaniston bilan tashqi savdo aylanmasi 418,2 mln. dollarni (o‘sish 9,8%) tashkil etib, 
eksport hajmi 91,8 mln. dollarga, import hajmi esa 326,4 mln dollarga yetdi. 
– Tojikiston bilan tashqi savdo aylanmasi 289,7 mln. dollarni (o‘sish 23,1%) tashkil etib, 
eksport hajmi 211,0 mln. dollarga, import hajmi esa 78,7 mln dollarga yetdi. 

Download 355 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling